22-mavzu: Jahon dehqonchiligi geografiyasi (1 soat (A2+: 2 soat))
Moddiy ishlab chiqarishning yetakchi ikkinchi tarmog‘i. Iqtisodiy jihatdan turlicha rivojlangan davlatlarda qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos rivojlanishi. Tovar va iste’mol qishloq xo‘jaligi. Don ekinlari. Bug‘doy, sholi va makkajo‘xori ekiladigan asosiy rayonlar. G‘alla eksport qiladigan asosiy mamlakatlar: AQSh, Kanada, Avstraliya, Fransiya, Argentina. Moyli ekinlar, ildizmevali ekinlar. Quvvat beruvchi, tolali o‘simliklar.
23-mavzu: Jahon chorvachilik va baliqchiligi (1 soat (A2+: 2 soat))
Chorvachilik, asosiy tarmoqlari: qoramolchilik, cho‘chqachilik, qo‘ychilik. Qishloq xo‘jaligi va atrof muhit. Baliqchilik. Dengizlarda, okeanlarda va daryolarda baliq tutish.
24-mavzu: Transport geografiyasi (1 soat (A2+: 2 soat))
Transport moddiy ishlab chiqarishning uchinchi yetakchi tarmog‘i. Jahon transport geografiyasi sistemasidagi geografik tafovutlar. Mamlakatlarning ikki guruhi: iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar va rivojlanayotgan mamlakatlar transporti. Avtomobil va temir yo‘llarning uzunligi va zichligi. Temir yo‘l uzunligiga ko‘ra yetakchi davlatlar. Suv transporti: dengiz transporti, dengiz savdo floti. Jahon portlari. Dengiz kanallari, bo‘gizlari. Ichki suv transporti. Havo transporti. Havo transporti eng rivojlangan davlatlar. Aeroportlar. Transport va atrof-muhit.
Do'stlaringiz bilan baham: |