Ta’lim va taraqqiyot
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Тўплам 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keywords
- Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali 2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37
Ключевые слова: книга, произведение искусства, домашнее задание,
духовность, литература. Annotation: In the state rasskazыvaetsya about life and creativity Utkira Hoshimova, vneshego bolshoy vklad v razvitie sovremennoy uzbekskoy literatury, o ego proizvedeniyax dlya knijnikov i soderjanii obrazov v nix. Keywords: book, artwork, homework, spirituality, literature. Vatanimiz mustaqillikka erishgach, hayotimizning barcha sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. Mustaqillikning ilk yillaridanoq ma‘naviyatimiz, milliy yodgorliklarimiz va madaniyatimizni tiklashga yuksak e‘tibor qaratildi. O‘zbek adabiyotida o‘zining ma‘lum bir yuksak o‘ringa ega bo‘lgan O‘tkir Hoshimov ham badiiy adabiyotimiz merosiga ulkan hissa qo‘shgan darg‘alardandir. Noyob Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali 2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37 154 iste‘dod sohibi 1941-yil 5-avgustda Toshkentda tavallud topgan. Adibning ―Xazon bo‘lgan bahor‖, ―Inson sadoqati‖, ―Bahor qaytmaydi‖, ―Daftar hoshiyasidagi bitiklar‖ asarlari zamonaviy o‘zbek adabiyotida tub burilishlar yasadi. Zero, O‘tkir Hoshimov o‘tgan asrning ikkinchi yarmida o‘zbek adabiyotining yangilanishiga, zamonaviy o‘zbek adabiyotida yangicha davrni taraqqiy etishida bevosita o‘z asarlari bilan ulkan zamin yaratgan adiblardandir. O‘tkir Hohimov boshqalardan farqli o‘laroq, o‘z asarlari bilan nasriy bayonga lirik yo‘nalish, balandparvozlikdan holi kayfiyat, samimiylik, musiqiy ohang olib kirdi. Sobiq ittifoq davridagi mafkura tazyiqi tufayli bunday fazilatlardan mahrum bo‘lgan adabiyotimiz bu asrarlarni sahroda suvga muhtoj qolgan miskin misoli qabul qildi. O‘.Hoshimov asarlari bilan tanishib borilar ekan, undagi inson qalbiga beruvchi umidbaxsh tuyg‘ular aks etadi. Bu talqinda yozilgan asarlar zamonaviy o‘zbek adabiyotida yangicha ahamiyat kasb etdi. Yangi asr adabiyoti ixlosmandlari ongida vatanga mehr, yurtga sadoqat, burch va vafo kabi xislatlarni shakllanishi turtki bo‘ldi. Bu asarlarni o‘qigan har bir o‘quvchida tabiiy ravishda onaga, yor-u do‘stga mehr- muhabbat, urush va jaholatga nisbatan nafrat tuyg‘usini shakllanadi.Demak, bemalol aytish mumkinki, adabiyotimiz ixlosmandlari bu asarlar o‘qib, komil inson bo‘lib yetishishda ko‘mak bo‘la oladi. Zamonaviy adabiyotimiz mustaqillik sababli o‘zining asl o‘zanlarini namoyon etdi. Adibning asarlarida adabiy hodisalarga nisbatan estetik yondashuvning ustuvorligini, o‘ziga mos va xos xususiyatlar bilan yaratilganiga guvoh bo‘lamiz. O‘.Hoshimovning ―Urushning so‘nggi qurboni‖ asari bilan tanishar ekanmiz, undagi urush yillarini, xalqimizning boshiga tushgan og‘ir kunlarning guvohi bo‘lamiz. Shoikromning toliqqan holati, volidasi obrazidagi farzandini yo‘qotib qo‘yish qo‘rquvini, Shone‘matning ajal bilan olishayotgan, Shoikromning pushtalar orasida mukka tushib yotgan onasini ko‘rgandagi hayqirig‘i asarning qanchalar ta‘sirchanligiga yaqqol misoldir. Adibning ―Cho‘l havosi‖ qissasini o‘qib borar ekanmiz, ijodining ilk qadamlaridayoq inson ma‘naviyati, ruhiyati, hissiyoti, qalb haqiqati tadqiqotchisi sifatida ko‘rishimiz mumkin. Atoqli adib Abdulla Qahhor bu qissa bilan tanishgach shunday fikr bildiradi: ―Birdan lov etib alanga bilan boshlangan ijodning kelajagi porloq bo‘ladi‖. O‘.Hoshimov keyingi ijodida dolzarb ijtimoiy muammolar talqiniga ko‘proq moyillik bildirib, ayni zamonda bevosita ma‘naviyat, ruhiyat tahliliga bag‘ishlangan asrlar ustida ish olib bordi. O‘tkir Hoshimov asardan-asarga o‘sib borganini guvohi bo‘lamiz. Yozuvchining "Ikki eshik orasi" romani ham kitobxonlar tomonidan iliq kutib olindi. Roman 1986-yilning eng yaxshi asarlaridan deb topilib, Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‗lgandi. "Ikki eshik orasi" romanida o‗z davrining muhim muammolari qalamga olindi, o‗sha yillar voqea-hodisalariga munosabat bildirildi. Romanning asosiy qahramonlari ikkinchi jahon urushi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling