Ta’lim va taraqqiyot
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Тўплам 4
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37 162 yiriklashtirilgan sharafa tarzga o‗ziga xos shakl bergan. Eski Juvada qad ko‗targan ―O‘zbek Liboslar galereyasi‖ tarzlari, an‘anaviy jamoat binolaridagi kabi, suvalmagan va yuqori qismi moviy gumbaz bilan yakun topgan. Binoni tashqi ko‗rinishi sarg‗imtir g‗ishtli devor, oq rangli sharafa va moviy rang gumbazning kompozitsion birligi vositasida xal qilingan. Asosiy tarzda katta yuzani zamonaviy arxitekturaga xos bo‗lgan vitrajlar egallagan. Binoning asosiy kirish qismidagi ikkita yog‗och o‗ymakorlik ustunlari bu bino arxitekturasini uning orqasida joylashgan eski ―Laylakli‖ masjid arxitekturasiga yanada yaqinlashtiradi. Ammo ustunlarni yog‗ochdan emas toshdan ishlansa maqsadga muvofiq bo‗lar edi. Umuman olganda, ―O‘zbek Liboslar galereyasi‖ eski shaxar tarixiy zonasida zamonaviy binolar arxitekturaviy dizayni yechimi qay tarzda bo‗lishiga misol bo‗la oladi. Poytaxtimizdagi yana bir diqqatga sazovor jamoat binolaridan biri bu yaqin o‗tmishda Toshkent shahar hokimiyati bo‗lgan hozirgi paytda Respublika Xalq banki boshqaruvi binosidir. Binoni ―ToshkentboshrejaLITI‖ instituti loyihalagan, muallif arx.F.Tursunov. Ushbu binoda an‘anaviy dekorativ ornament elementlari ko‗p qo‗llanilgan bo‗lib, buni ayniqsa binoning bosh tarz qismida ko‗rish mumkin. Bosh tarzning markaz qismida islimiy naqsh bilan bezalgan peshtoq binoning arxitekturaviy obrazini to‗la ifoda etishga yordam bergan. Peshtoqdagi naqshlarda, karnizdagi sharafalarda asosan bitta oq rang qo‗llanilgan. Bu tamoyil zamonaviy arxitekturaga xos va mana shu bino arxitekturasi mustaqillik yillari me‘morchiligida o‗ziga xos yo‗nalish ochib berdi. ―O‗zbekiston milliy akademik drama teatri‖ binosining qayta ta‘mirlanishi 2001 yil 30 avgustda bitdi. Binoning tashqi qiyofasi an‘anaviy me‘morchiligimizning zamonaviy talqini ko‗rinishida ishlangan. Marmar toshdan naqshinkor qilib ishlangan ustunlar, bino karniz qismidagi ornamentlar, serjilo oynalar, yog‗och o‗ymakorligi uslubida ishlangan kirish eshiklar va bino tepasidagi moviy gumbaz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling