Ta’lim va taraqqiyot


Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/214
Sana13.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1771155
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   214
Bog'liq
Тўплам 4

 Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37
 
160 
Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog'ni tashkil etilishi munosabati bilan 
(1991-1994-yillar) Toshkent shahrining markaziy maydonlaridan biri to'la 
rekonstruksiya qilindi. Bu yerda Mustaqillik va Navro'z bayramlari tadbirlari 
tantanali ravislida o‗tkaziladigan bo‗ldi. Bog‗ manzarasi sun‘iy ko‗l bilan yanada 
go‗zallashdi va so‗limlashdi. Bog‗ni rekonstruksiya qilishdan maqsad aholi va 
shahar mehmonlarini dam olishi uchun odatiy qulay shart-sharoitlar yaratishdan 
iborat edi. Davlatimiz Prezidenti takliflariga ko‗ra bog‗ning g‗arb tomonida, ya‘ni 
tinch dam olish joyida tasviriy va amaliy san‘at, kiyimlar modelini ko'rgazma qilish 
va boshqa maqsadlar uchun ko'rgazma paviloni bunyod etildi. 
Pavilon to‗g‗ri burchakli ayvon tipidagi inshoot bo‗lib, perimetrlari bo‗yicha 
yog‗och ustunlarga o‗rnatilgan. Atrof-muhit bilan aloqani yaxshilash va xonalarni 
yorug‗ qilish maqsadida inshootning tashqi devorlari o‗rniga vitraj qo‗llanildi. 
Bog‗-rog‗ yaratish san'atining an‘anaviy yechim usullariga murojaat qilish 
boshqa joylar shaharsozligidan ham o'rin egalladi. Andijonda «Bog‗i Bobur», 
Urganchda Amir Temur va shoirlar boglari, Namanganda Bobur skveri, Qo‗qonda 
Muqimiy va Furqat nomli bog'lar, Navoiy shahrida Alisher Navoiy nomli, Buxoroda 
Somoniy nomli bog‗ va Madaniy markaz shular jumlasidandir. O‗zbekistonning 
zamonaviy shaharlarida, xususan ularning loyihalarida sifat jihatdan yangicha 
yechim - tabiiy muhitni landshaft bilan boyitish masalasiga katta e‘tibor berildi. 
Vatanimizda ko'plab oromgohlar yaratildi. 
Me‘morlar shaharlarni yanada ko‗rkam qilish, binolar va inshootlarning 
zamonaviy va an‘anaviy yechimlarini uyg‗unlashtirish yo‗lida tinimsiz ijod qildilar. 
Ular izlanishlar olib borib, betakror loyihalar yaratdilar va yaratmoqdalar. 
Arxitektorlar, muhandislar, binokorlar va xalq ustalarining ijodiy hamkorligi yangi 
pag‗onaga ko‗tarildi. Yurtimizda haqiqiy arxitektura asarlarini, binolar va ularning 
komplekslarini barpo etib, Vatanimizning yanada obod bo‗lishida kattadan katta 
hissa qo‗shmoqdalar. Kelgusida O'zbekiston milliy me‘morchiligini yanada 
rivojlantirish, arxitekturada mahalliy shart-sharoitlarni to'la hisobga olish, qadimiy 
shaharlarimizning afsonaviy qiyofalarini tiklash maqsadida Yurtboshimizning 
bevosita tashabbuslari bilan avval ochilgan Toshkent arxitektura-qurilish va 
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutlari qatorida, Xiva davlat 
universiteti va Buxoro texnologiya instituti tarkiblarida arxitektura - qurilish 
univerasitetlari tashkil qilindi.
Mustaqillik sharofati bilan yurtimizda hozirgi vaqtda rivojlangan 
mamlakatlar arxitekturasi yutuqlarini hisobga olgan holda, zamonaviy qurilish 
materiallari (metall, beton, g‗isht, yog‘och, plastik, shisha singari zamonaviy 
materiallardan) va konstruksiyalaridan oqilona foydalanib, yangicha binolar va 
inshootlar barpo etilmoqda, rekonstruksiya ishlari rivojlanmoqda, me‘morchiliklar 
restravratsiyasi tubdan yaxshilanmoqda[4]. Milliy shart –sharoitlar, demografik 



Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling