Ta’lim va taraqqiyot
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Тўплам 4
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37 159 «Interkontinental» mehmonxonasi Amir Temur ko'chasida joylashgan bo‗lib, u 10 qavat, 246 xonadan tashkil topgan. Milliy bank binosi mamlakatimiz mustaqil rivojlanishining ramzi sifatida ko‗kka bo'y cho‗zgan. Zamonaviy hajmiy kompozitsiya va dizaynga ega. Mamlakatimiz me‘morchiligidagi yangi yo'nalishlarni belgilab berdi. Toshkentning noyob me‘moriy va konstruktiv yechimdagi teleminorasi yaqinida Tennis korti bunyod etilgan. Uch ming o‗ringa mo‘ljallangan bu yopiq tennis korti binosi o‗ziga xos arxitekturaviy va funksional yechimi bilan jahonning eng yaxshi sport inshootlaridan qolishmaydi. U o'ziga xos shaklda metall konstruksiyalardan bunyod etilgan. To‗siq konstruksiyalarida zamonaviy materiallar ishlatilgan. «Interkontinental», «Sheraton», «Meridian», Buxoroda «Buxoro», Samarqandda «Afrosiyob», Toshkentda rekonstruksiya qilingan «O‗zbekiston», «Yoshlik», «Dedeman» singari mehmonxonalar dunyo standartlariga to‗la javob beradi. Ularda o‗ziga xos milliylik va umumbashariy umumiylik o‗z aksini topgan. Istiqlol yillarida mamlakatimiz poytaxti – Toshkent shahri ham tom ma'noda kundan kunga rivojlanib, o‗zgacha chiroy ochdi. Toshkentda ko‗plab zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari, turarjoy binolari, madaniy-maishiy obyektlar, maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, bolalar sport maskanlari, banklar, bozorlar, to‗yxonalar, supermarketlar, minimarketlar va boshqa xildagi binolar va inshootlar bunyod etildi. O‗nlab bog‗lar, oromgohlar va dam olish maskanlari yaratildi. Toshkentning eski shahri ham yanada ko‗rkalamlashdi. Toshkent shahrining obro‗ - e‘tibori butun dunyoga taratib «Sharq darvozasi» deb tan olindi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi va bevosita rahbarligida mazmunan va shaklan tamomila yangi Mustaqillik maydoni barpo etildi. Bu yerda keng ko‗lamdagi qurilish va obodonlashtirish ishlari bajarildi. Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi binolari tubdan rekonstruksiya qilindi. O‗zbek milliy me‘morchiligining elementlarini o‗ziga jo etgan salobatli Senat binosi O‗zbekiston poytaxtining Bosh maydoniga o‗zgacha me‘moriy mazmun baxsh etdi. Senat, Vazirlar Mahkamasi va Moliya vazirligi binolari birgalikda maydonning me‘moriy kompleksini shakllantirdi. Maydon kompozitsiyasi takrorlanmas tashqi qiyofaga ega bo‗lib, arxitektura kompozitsiyasining markazini tashkil etadi. Bosh maydonga kiraverishda «Ezgulik arkasi» bunyod etildi. O‗n olti marmar ustunni tutashtirib turgan mahobatli arka tomon eltuvchi oppoq yo'lak, tepasida charx urayotgan turnalar, behadik laylaklar katta ma‘noni ko‗zlab ishlandi. Istiqlolning dastlabki kunlarida o'rnatilgan yer sharining ramziy timsoli - «Mustaqillik monumenti» dunyoda O'zbekiston degan yangi davlat paydo bo‗lganining, o‗zbek xalqini chin ozodlikka erishganinig yorqin ifodasi bo'ldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling