Ta’lim va taraqqiyot
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Тўплам 4
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37 161 holatning o‗ziga xos jihatlarini e‘tiborga olib an‘anaviy zamonaviy uslublarni mohirona uyg‘unlashtirib kelayotgan me‘morlar va хаlq ustalari, an‘anaviy va zamonaviy konstruksiya va materiallarni qo‘llab ish ko‘rayotgan muhandislar, O‘zbekiston milliy me‘morchiligi va binokorligining ravnaqi, Vatan obodonchiligi yo‘lida ijodiy faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Tinimsiz izlanishlar olib borib, vaqt silsilasiga bardosh beradigan, keyingi avlodlarga ham xizmat qila oladigan mustahkam, g‘ururlansa arzigulik yangidan yangi binolar va inshootlar, ularning ansambllarini yaratish, shahar va qishloqlarimizning yanada ko‘rkam va obod qilish yo‘lida ijodiy mehnat qilmoqdalar. Bundan tashqari, Bugungi kunda yurtimizda yangi qurilayotgan ayrim binolarda milliylik ruhi sezilarli darajada namoyon etilgan. Binolarda ishlatilayotgan milliy ornamentlar va ularning zamonaviy ko‗rinishdagi talqini diqqatimizni o‗ziga jalb etadi. Shuni ta‘kidlash lozimki, binoda xoh u tarzda bo‗lsin, xoh interyerda, an‘anaviy dekorativ grafika elementlarining zamonaviy qiyofadagi ko‗rinishi binolarimizning ko‗rkiga ko‗rk qo‗shib turibdi. Bunday binolarimiz qatoriga yangi qurilgan Xalqaro forumlar saroyi, Yoshlar ijod markazi, O‘zbek Liboslar galereyasi, Xalq banki va yana ko‗plab mustaqillik yillarida bunyod etilgan binolarimizni kiritishimiz mumkin. Yuqorida sanab o‗tilgan binolar ichida Xalqaro forumlar saroyi shubhasiz Toshkentda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarning eng mahobatli va ulug‗vor ko‗rinishlaridan biridir. Binoning tashqarisiga nazar tashlasak, umuman olganda, u zamonaviy ruhda bajarilgan. Ammo oq marmardan ishlangan an‘anaviy shakldagi ustunlar, binoning karnizidagi sharafa, yog‗och o‗ymakorlik eshiklar, turli milliy uslubdagi dekorlar an‘anaviy me‘morchiligimiz bilan bog‗liqlikni ko‗rsatadi. ―Yoshlar ijod markazi‖ binosi zamonaviy minimalizm uslubida hal qilingan. Asosiy tarzning katta yuzasini oq devorlarga kontrast holda to‗q tus berilgan oynalar egallagan. Ammo bu tarzdagi asosiy kirish oldida milliy arxitekturaga xos bo‗lgan ustunli peshtoq tashkil qilingan. Ustunlar shaklan ko‗proq zamonaviy, dekorativ elementlar deyarli ishlatilmagan.Bino karnizida elementlari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling