Ta’lim va taraqqiyot
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Тўплам 4
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37 163 teatr tarziga betakror chiroy baxsh etib turibdi. Teatr binosi ichki interyeri ham tashqi ko‗rinishidan qolishmaydi. Vestibyul shiftidagi gumbazning ichki qismiga ganch o‗ymakor ustalari tomonidan mohirona tarzda o‗zgacha jilo berilgan. Asosiy tomosha zali shiftidagi sferik gumbaz ichida moviy osmon tasvirlangan. Devorlar bezagida turli ornamentlarimizdan foydalanilgan. Xulosa qilib aytganda, yurtimizda qad ko‗tarayotgan zamonaviy bino va inshootlarda an‘anaviy me‘morchilik ornamentlari, uslublarida qo‘llaniladigan bezaklarning o‘ziga xosligi va ularning yangicha shaklda ishlatilganligi haqida bayon etilgan. Zamonaviy me‘morchilikda milliy me‘morchilik an‘analari aks etgan bezaklar, gumbaz, fasad, devor, interyeri bugungi kun talabiga javob bera oladigan holda, nafis, jozibador va shu bilan bir qatorda mahobatli bo‘lib ko‘rinishini ta‘minlamoqda. Islimiy va geometrik naqsh turlari maxsus sa‘nat darajasiga ko'tarilib ulardan foydalanish an‘anaga aylandi. Buxoro naqshlari o‘zining jozibadorligi va tabiiy iqlim sharoitlariga mos ravishda yorqin tusda ishlanishi bilan alohida ajralib kelgan. Bundan tashqari, me‘morlar nafaqat interyer, balki tarz yechimlarida ham ganch, yog‗och o‗ymakorligi, sangtaroshlik, girix va islimiy kompozitsiyalarga ijodiy yondoshib, zamonaviy va shu bilan birga yetuk arxitekturaviy-badiiy obrazga ega binolar yaratishmoqda. Tabiiy iqlim va geografik shart – sharoit hamda imkoniyatlarni xisobga olib, shu yer iqlim sharoitiga mos tushadigan shaharsozlik an‘analari, binolar turlari, qurilish ansambllari qurilmoqda. Geometrik uyg'unlashtirish va mutanosiblikni qo‗llash tufayli go'zal imoratlar barpo etilmoqda. O‗zbekistonda barpo etilayotgan har qanday zamonaviy me‘morchilik binolari o‘zining turli-tumanligi, bir-biriga o‘xshamasligi, ularda ishlangan naqqoshlik, o‘ymakorlik, ganchkorlik, tasviriy va amaliy be‘zak san‘ati namunalari takrorlanmasligi va nafisligi bilan alohida ajralib turadi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling