Ta’lim va taraqqiyot
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Тўплам 4
Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37 158 Shahrisabz, Xiva, Qo'qon, Toshkent, Termiz, Navoiy va boshqa shaharlarda ham restavratsiya ishlari rivojlanib ketdi. Toshkent shahrida tarixiy Baroqxon madrasasi joylashgan hududda milliy uslubdagi ulug‗vor inshoot – Hazrati Imom arxitekturaviy ansambli xalqimizga taqdim etildi [2]. Ta‘kidlash joizki, ushbu yangi masjid binosi atigi 100 kun ichida qurib bitkazildi. YUNESKO ning butun insoniyat uchun bebaho bo‘lgan tarixiy shaharlari ro‗yxatidan o‗rin egallagan Buxoro va Xiva shaharlari qatoriga Samarqand va Shahrisabz kiritildi. 2007-yilda Toshkent shahri islom madaniyatining poytaxti deb e‘lon qilindi. Toshkent, Shahrisabz va Samarqand shaharlariga Amir Temur haykallari o‗rnatildi. Imom al-Buxoriy, al-Farg‗oniy, al-Moturdiy, al-Marg‗inoniy, at-Termiziylarga bag‗ishlangan me‘moriy majmualar, Toshkentda «Shahidlar xotirasi» yodgorligi va boshqa obidalar barpo etildi. Bu inshootlarning bunyod etilishida an‘anaviy shakllar (arka, qobiqli hajm, gumbaz va hokazo) qo‗llanildi va rivojlantirildi, bog‗-rog‗lar yaratish san‘ati takomillashdi, arxitektura va san‘atning tarixiy an‘anaviy bog‘liqligi rivoj topdi (ornamentli pardozlash, fasadlarga plastik ishlov berish, ganch, yog‗och o‗ymakorligi va hokazo). 2005-yilda Shohi Zinda, Bibixonim majmualari orasidagi buyum bozori o‗rnida obodonlashtirilgan yangi xiyobon tashkil etildi. Samarqand viloyat hududida joylashgan boshqa tarixiy, me'moriy obidalarga ham, katta hajmdagi ilmiy izlanishlar va ta'mirlash ishlari olib borildi. Zamonaviy me‘morchilikda milliy me‘morchilik tarixiy an‘analari qator jamoat binolarining arxitekturaviy badiiy qiyofasida o‗z o‗rnini topdi. Toshkentdagi Oqsaroy, Temuriylar muzeyi, Qatag‗on qurbonlari muzeyi (2001-yil), O‗zbekiston milliy akademik drama teatri (2001-yil), Nukusdagi Berdaq muzeyi (2001-yil) va boshqalar ana shular jumlasidandir. Mumtoz yo‗nalishdagi milliy me‘morchilikning o‗ziga xos yechimi Toshkent shahari hokimiyati binosi, Oliy Majlis binosi, Toshkentdagi forumlar binosi (2009-yil) arxitekturasida o‗z o'rnini topgan. Birinchi ikkala binoda bayroq shtokli yirik gumbazlar qo‘llanilgan. Binolarning intereridan ganch, yog‗och o'ymakorlik ishlari va tasviriy san‘at namunalari o‗z o‗rnini topgan. Mustaqillik davrida zamonaviy arxitekturada yangicha uslub yuzaga keldi. 1998-2001-yillarda bunyod etilgan «Interkontinental» mehmonxonasi, biznes markazi, O‗zbekistonning milliy banki, «Radisson» mehmonxonasi va qator boshqa binolarda yangicha stil o‗z ifodasini topgan[3]. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling