Ta’lim va tarbiya psixologiyasi. Oila psixologiyasi. Reja


Ta’lim jarayonida bilish jarayonlarini shakllantirish


Download 126.01 Kb.
bet4/13
Sana31.03.2023
Hajmi126.01 Kb.
#1312369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
13- mavzu

Ta’lim jarayonida bilish jarayonlarini shakllantirishga alohida e’tibor berish lozim. Zero bilish jarayonlari juda murakkab faoliyat bo’lib, unda jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga, abstrakt tafakkurdan amaliyotga o’tiladi, ana shundan so’ng ob’ektiv haqiqat bilib olinadi. Binobarin, biz birinchi navbatda ko’rib chiqishimiz lozim bo’lgan narsa o’quv materialini idrok qilish jarayonidir. Umumiy psixologiya kursidan ma’lumki, idrok bu narsa va hodisalarni sezgi organlariga ta’sir etishi natijasida ularning kishi psixikasida yaxlit obrazini paydo bo’lishi bo’lib, idrok etish jarayoni ta’limda turli formalarda o’qituvchining og’zaki hikoya qilishida, suhbat o’tkazishida, leksiya o’qishida, kinodars, televizion parcha, sxemalar va ko’rgazmali qurollar hamda boshqa qo’llanmalarni o’qitish tarzida o’tishi mumkin. Shuni alohida ta’kidlash lozimki; idrokni tarkib toptirishda o’quvchilarning yosh xususiyatlarini xisobga olish nihoyatda muhimdir. CHunki, fazoni, vaqtida va harakatlarni idrok etishda ham yosh xususiyatlarida turli farqlar mavjud bo’ladi.


O’qish motivlari




Motiv–inson xulq-atvorining ichki barqarorligi, harakatga undovchi tushunchadir.


Motivasiya esa xulq-atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni bo’lib, unga tashabbus, yo’nalganlik tashkilotchilik, qo’llab - quvvatlash kiradi.

Ta’lim jarayonida o’qish motivlari «nima uchun?», «nimaga?», «qanday maqsad bilan?» kabi savollar asosida yuzaga keladi. Motivlar birinchidan, o’quv faoliyatiga undasa, ikkinchidan, maqsadga erishish uchun zarur yo’l va usullar tanlashga yordam beradi. O’quv faoliyatida o’quv motivlar o’quvchilar tomonidan tanlanib, ular o’quvchining maqsadi, qiziqishi, kelajak rejalari bilan bevosita bog’liq bo’ladi. yosh davrlarida turlicha bo’ladi.




O’quv faoliyati motivasiyasining manbalari mavjud bo’lib, ularga quyidagilar kiradi.

Ichki manbalar. Ular insoniy tug’ma yoki orttirilgan ehtiyojlari bilan belgilanadi. Ulardan eng muhimi tug’ma informasiyaga bo’lgan ehtiyojdir. Orttirilgan ehtiyojlar esa gnostik va ijtimoiy ijobiy ehtiyojlar hisoblanadi.

Tashqi manbalar. Ular shaxsning ijtimoiy hayot shart – sharoitlari bilan belgilanadi.

Shaxsiy manbalar: bu shaxsning qadiryatlari sistemasi ustanovkalari g’oyalaridir. Bu manbalar har bir shaxs faoliyatida u yoki bu darajada mavjud. Ularning barchasi faoliyatning ketishiga ta’sir etib ta’lim jarayoning motivasiyasini tashkil etadi.

Talabalar ularning birinchisi bo’lib, jamiyatning shaxsdan talab qiladigan doimiy hulq -atvor bildiradi. Bog’cha, maktab, oila boladan juda ko’p ishlarni amalga oshirishni talab qiladi.


Ijtimoiy kutish har birimizdan ma’lum bilimlar, ko’nikmalar darajasini bo’lishi, zarurligini jamiyat kutishini bildiradi. Masalan bir yoshli bola yurishi kerak, 7 yoshdan u o’qishi kerak, 15 yoshdan u kasb tanlashi kerak deb hisoblaymiz. Imkoniyatlar–shaxs faoliyatini belgilovchi ob’ektiv shart– sharoitdir. Masalan, bolaning undan boy kutubxona uni kitob o’qishga undaydi.
V.A. Krutetskiy o’spirinlarda uchraydigan motivlarning qo’yidagilarni alohida ifodalaydi:
a) Biror o’quv faniga qiziqish; b) Vatanga foyda keltirish istagi;
v) Shaxsiy qobilyatni ro’kach qilish; g) Oilaviy an’analarga rioya qilish;
d) Do’st–birodarlarga ergashish; ye) Moddiy ta’minlash va hokozalar.



Download 126.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling