Ta‟lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Siklli sinxronizatsiya (SS)


Download 1.79 Mb.
bet66/116
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1514322
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   116
Bog'liq
AXBOROT VA KODLASH NAZARIYALARI-converted

Siklli sinxronizatsiya (SS). Bu guruhli sinxronizatsiyaning o‗zginasi. Faqat farqi shundaki, guruhdagi birlik elementlar bitta ma‘lumotga (bitta yo‗nalishdagi) tegishlidir. Sikl esa turli yo‗nalishdan kelgan turli ma‘lumotlarni birlik elementlarning vaqt bo‗yicha tartibli joylashishi natijasida hosil qilinadi. Demak bu usulda sinxroimpulslar orqali sikllar bir - biridan ajratiladi.
SS qurilmalariga qo‗yiladigan talablar quyidagilardan iborat:

  1. SSning talab qilinadigan aniqligini ta‘minlash;

  2. Birinchi ulanishida hamda qisqa vaqtli tanaffuslardan so‗ng sinxronizmga kirish vaqti kichik bo‗lishi lozim;

  3. Sinxronizmga kiruvchi avtomatlar va aloqa vaqtida sinxronlash davom etilishini ta‘minlash;

  4. Axborotga sinxronlanuvchi ma‘lumotlarni kiritish hisobiga aloqa kanalining o‗tkazish qobiliyatini eng kam yo‗qotishlari (talofatlari);

  5. SS qurilmasining soddaligi va ishlash puxtaligi. SSning uzatish tizimlari ikkita turdan iborat:

    1. Sinxron (boshlanishi va uzunligi aniqlangan);

    2. Asinxron (boshlanishi fiksirlangan, blok uzunligi aniqlangan).

SSning qurilmasining o‗ziga xos xususiyatlari quyidagilardan tashkil topgan:

  1. Sikl bo‗yicha sinxronizm mezonlari, ya‘ni axborot elementlarida kodli kombinatsiyaning boshlanish va tugash momentlari bo‗lmaydi.

  2. Fazalashning mahsus signalini diskret kanaliga shakllantirish va uzatish zaruriyati tuzilmasi SS mezonlarini qabul qilishga xizmat qilishi mumkin.

  3. SS jarayoni faqat SS buzilish vaqtida amalga oshiriladi.

  4. Faza bo‗yicha maksimal farqi εmax = (n-1) τ0 ifodani tashkil etadi, bu yerda τ0 – birlik elementining davomiyligi, modulyatsiya tezligiga bog‗liqligi, n - blok uzunligi.

SS qurilmasi quyidagi belgi bo‗yicha tasniflanadi:

  • fazali kombinatsiyani uzatish usuli bo‗yicha;

  • ortiqchalikga, uzatkich tomonidan kiritilishiga bog‗liqligi bo‗yicha;

  • uzatkich va qabul qilgichning ishlash rejimiga bog‗liqligi bo‗yicha;

  • qabulda SSni ajratib olish usuli bo‗yicha;

  • xalaqit bo‗yicha himoyalanganlik bosqichi bo‗yicha;

  • jarayonlarni avtomatlashtirish bosqichi bo‗yicha.

  1. Fazali kombinatsiyani uzatish usuli bo‗yicha ikki turdan iborat:

    1. maxsus ajratilgan kanal fazali kombinatsiyani uzatish bilan SS qurilmasi;

    2. axborot uzatiladigan kanal bo‗yicha fazali kombinatsiyani uzatish bilan SS qurilmasi.

  2. Ortiqchalikga, uzatgich tomonidan kiritilishiga bog‗liqligi bo‗yicha ikki turdan iborat:

  1. doimiy ortiqchalik bilan SS qurilmasi. Bunda fazali kombinatsiya tizimning butun ishlash vaqti davomida doimo uzatiladi;

  2. o‗zgaruvchan ortiqchalik bilan SS qurilmasi. Bunda fazali kombinatsiya SS uchun kerak bo‗lgan vaqt kesimida vaqti-vaqti bilan uzatiladi.

  1. Uzatkich va qabul qilgichning ishlash rejimiga bog‗liqligi bo‗yicha uch turdan iborat:

  1. uzatkich va qabul qilgichning (sinxron tizimlar) uzluksiz ishlash bilan SS qurilmasi;

  2. uzatkich va qabul qilgichni bir marta ishga tushirish (start-stop) bilan SS qurilmasi.

  3. farqlarning yo‗nalishi va kattaligini aniqlash bilan siklli sinxronizatsiya qurilmasi.

  1. Xalaqit bo‗yicha himoyalanganlik bosqichi bo‗yicha ikki turdan iborat:

    1. fazali kombinatsiya elementlarining aloqa kanalidagi xatolardan himoya qilinmagan sK qurilmasi;

    2. fazali kombinatsiya elementlarining aloqa kanalidagi xatolardan himoya qilingan SS qurilmasi.

  2. Jarayonlarni avtomatlashtirish bosqichi bo‗yicha uch turdan iborat:

    1. qo‗lda ishga tushirish bilan SS qurilmasi;

    2. yarim avtomatlashgan holda ishga tushirish bilan SS qurilmasi;

    3. avtomatik tarzda ishga tushirish bilan siklli SS qurilmasi. Barcha SS qurilmalari ikki turga bo‗linadi:

  • markersiz;

  • markerli


Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling