Ta’lim vazirligi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
Download 26.71 Kb.
|
Tur evolutsiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ular qiyofadosh
- Fiziologik mezon.
- Biokimyoviy mezon.
- Geografik mezon.
- Ekologik mezon.
- Genetik mezon.
Tur mezonlari.
Turga mos belgi xossalari yigindisi tur mezonlari deb ataladi. Tur mezonlari tubandagilar: Morfologik mezon. Morfologik mezon bir turga kiruvchi individlarning tasiri va ichki tomonidan oxshashligi ifodalanadi. Qora qarga va ola qarga har hil turlarga mansub. Ularni siz tashqi tomondan farqlay olasiz. Shu bilan bir qatorda tashqi tomonidan bir- biriga juda oxshash, lekin ozaro chatishmaydigan turlar ham uchraydi. Ular qiyofadosh turlar deyiladi.Chunonchi drozofilada 2 ta , bezgak chivinida va qora kalamushda ham 2 ta qiyofadosh turlar malum. Binobarin, morfologik mezonning ozgina turni farq qilish uchun yetarli emas.Lekin morfologik mezon uzoq vaqt turlarni aniqlashda asosiy va yagona hisoblangan.( 24- rasm). Fiziologik mezon. Bu turga kiruvchi individlarda hayotiy jarayonlar, ayniqsa kopayishining oxshashligi boladi. Har hiltur vakillari bir- biri bilan chatishmaydi, chatishsa ham nasl bermaydi. Turlarning chatishmasigi jinsiy organlar tuzulishidagi farqlar, kopayish muddatining turlicha bolishi bilan izohlanadi. Bu oz- ozidan fiziologik mezon ham turlarning bir- biridan farq qilishi uchun yetarli emasligini korsatadi. Biokimyoviy mezon. Har hil turga kiruvchi organizmlar ozining kimyoviy tarkibi, oqsil, uglevod, peptidlar, nuklein kislotalar va boshqa organik moddalari bilan farq qiladi. Lekin asosiy farq har bir tur uchun xos irsiy material DNK molekulalari va hujayradagi oqsillarning sifati va miqdoridagi farqdadir. Organizmlarning qaysi turiga kirishini aniqlash uchun ulardagi nuklein kislotalari farqini belgilash hal qiluvchi ahamiyatga ega bolishi mumkin. Geografik mezon. Tur tarqalgan hudud katta yoki kichik, har joyda yoki yoppasiga bolishi mumkin. Lekin bazan turlarning ishgol qilingan areali nihoyatda keng maydonni egallashi mumkin. Bu esa oz navbatida geografik mezon boshqa mezonlar kabi turning oziga xos belgisi bola olmasligini korsatadi. Ekologik mezon. Mazkur mezon ostida har bir turga kiruvchi organizmlarning konkret muhit sharoitida yashashi, unga mosjashganligini tushunishlozim. Masalan dalalar, otloqlarda zaharli ayiqtovon, sernam yerlarda sudraluvchi ayiqtovon, daryo, kolmak chetlarida, botqoqliklarda achishtiradigan ayiqtosh turlari uchraydi. Genetik mezon.Bu mezonda har bir turga xos xromosomalar soni, tuzilishi, maxsus boyoqlar bilan boyalishi tushuniladi. Qora kalamushning ikkita qiyofadosh turining birida 38, ikkinchisida 42 xromasoma bor. Genetik mezon barqaror bolsada, bu oxshashlik nisbiy sanaladi.Birdan tashqari har hil turlarda xromosomalar soni teng bolishi mumkin. Masalan karam va turpda 18 tadan xromasoma bor. Yuqorida qayd qilingan mezonlardan birontasi ham har yoqlama hisoblanmaydi. Shu bois turlarni aniqlashda ularning hammasidan yoki kopchiligidan foydalanish talab qilinadi. Download 26.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling