Ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


  Tadqiqot usullariga qo‘yiladigan umumiy talablar


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/29
Sana20.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1036100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Kurs ishi Namuna

1.3 
Tadqiqot usullariga qo‘yiladigan umumiy talablar 
Tadqiqotning qaysi usulidan foydalanish masalasi har bir alohida holatda 
ularning qay biri maqsadga muvofiqligidan kelib chikib hal etiladi. Ashmarin B.A. 
(1978) u yoki bu usulning yaroqliligini aniqlash uchun 10 ta umumiy talabni 
qo‘llashni taklif etdi.
2
1.Usul yo‘ldosh omillar ta’siriga muayyan darajada barqaror bo‘lishi lozim. 
Buning ma’nosi shuki, usul tadqiq etilayotgan omillarning ilmiy tajribaga oid 
omillar ta’siri ostida namoyon bo‘ladigan holatinigina aks ettirishga qobil bo‘lishi 
kerak. 
Shunga muvofiq ravishda u yoki bu ko‘rsatkichdagi o‘zgarishning 
ishonchliligini baholab borish, ya’ni natijalarda xaqiqatan ham barqaror o‘zgarishlar 
aks etdimi yoki bu tasodifmi ekaniga e’tiborni qaratish zarur. Usulning 
barqarorligini aniqlashda tadqiqot natijalariga matematik ishlov berish katta 
ahamiyatga ega.
2.Usul o‘rganilayotgan hodisalarga nisbatan ma’lum darajada saylab olish 
xususiyatiga ega bo‘lishi va tadqiqotning vazifasiga ko‘ra nimalar zarur bo‘lsa, 
shularni aks ettira olishi kerak. 
Saylab oluvchi usul 2 yo‘l bilan o‘rnatiladi: 
a) o‘lchov birliklarida ifodalanmaydigan harakat voqeligi natijalarini 
(gimnastika, sport o‘yinlari, yakkakurash sport turlari) nazariy tahlil qilish yo‘li 
bilan; 
b) tadqiqot usuli ko‘rsatkichlari hamda maxsus tayyorgarlik predmeti bo‘lgan 
(yugurish, suzish, uloqtirish va b.) faoliyatning natijalari orasidagi bog‘lanishlar 
o‘lchamlarini hisoblash yo‘li bilan. 
3.Usul ko‘lamdor bo‘lishi, ya’ni eng ko‘p ma’lumot bera olishi lozim. 
Usulning yetarlicha ko‘lamdorligi hodisaning xaqiqiy holatini tasvirlash imkonini 
beradigan hajmdagi ma’lumotlarni olish uchun sharoit yaratadi. Usulning ko‘lami 
keng bo‘lsa, u yo‘ldosh omillar ta’siriga ko‘proq bardosh bera oladigan bo‘ladi. 
2
«Жисмоний тарбия ва спорт фаолиятида илмий тадқиқот ишларини ташкил қилиш» фанидан 1-босқич талабалари учун 
ўқув услубий мажмуа термиз – 2019

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling