Ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


 Tajribachi tadqiqot usulini material yig‘a boshlashdan avval egallab olishi  lozim.  8


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/29
Sana20.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1036100
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
Kurs ishi Namuna

7. Tajribachi tadqiqot usulini material yig‘a boshlashdan avval egallab olishi 
lozim. 
8. Har bir yangi usul dastlab, uning samaradorlik darajasini aniqlash uchun 
sinovdan o‘tkazilishi kerak. Bu yangi usul yordamida olingan ko‘rsatkichlarni ilgari 
qo‘lga kiritilganlari bilan taqqoslash imkonini beradi. 
9. Tadqiqotning har qanday usuli avvaldan ish sharoiti yaratilishini, jumladan, 
olingan ma’lumotlarni qayd etish uchun hujjatlarning ishlab chiqilishini ham talab 
etadi. 
10. Tadqiqotlarni takrorlashda usullardan foydalanishning aynan o‘xshash 
sharoitlarini yaratish shart. 
Tadqiqot usullarini tanlashda yuqorida sanab o‘tilgan talablarga rioya qilish 
olingan ma’lumotlarning xolis bo‘lishi uchun zamin hozirlaydi va tadqiqot 
natijalarining ishonchliligini oshiradi. 


II. BOB. JISMONIY MADANIYAT JARAYONINING ILMIY-
TADQIQOT USLUBIYOTLARI 
2.1 
Ilmiy tadqiqotning nazariy tahlil va umumlashtirish uslubiyoti 
Jismoniy madaniyat nazariyasi yoki har qanday fan yo‘nalishi bo‘yicha olib 
borilayotgan ilmiy tadqiqotlar o‘rganilayotgan muammo bo‘yicha adabiyot materiallarini 
nazariy tahlil qilish va umumlashtirishdan boshlanadi.
Ma’lumki, nazariy tahlil va umumlashtirish muammoning o‘zagi, hozirgi kundagi 
holati, uni adabiyot materiallarida yoritilganligi darajasini o‘rganish uchun qo‘l keladi. 
Hozirgi kundagi chop etilayotgan adabiyot materiallarini hajmi kattaligi uchun ularni to‘liq 
o‘rganib chiqish juda qiyin. Chunki olib borilayotgan tadqiqotlarning yakuniy natijalarining 
o‘zi har 4-5 yilda yana bir necha boraga ko‘payayotganligi hozir sir emas. Bundan tashqari 
tadqiqotlar haqidagi ilmiy jurnallardagi maqolalar, internet ma’lumotlari hajmining bir 
necha marotaba ko‘payishi tadqiqotchining vaqt byudjetiga ta’sir qilmoqda. Hozirgi kun
amaliyotida sinalgan, o‘zini oqlagan, tadqiqotchiga yaqin yordamchi sanalgan fan - 
“bibliografiya” tadqiqotchining vazifasini biroz yengillashtirmoqda.
3

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling