Ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti
Pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot uslubiyoti
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi Namuna
2.2. Pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot uslubiyoti Tadqiqotchi qo‘llayotgan bu uslubiyotning ijobiy tomoni shundaki, izlanuvchining o‘zi tadqiqotda aynan ishtirok etmaydi. Tadqiq qilinuvchilarni tadqiqot o‘tkazilishidan xabardorligi, tadqiqot natijasiga salbiy ta’sir qilishi tadqiqotlar o‘tkazish amaliyotidan ma’lum. 4 Hayotdagi oddiy kuzatishdan farqli o‘laroq, tadqiqot olib borishda foydalaniladigan bu uslubiyot kuzatish predmetini aniq ajratib o‘rganadi, kuzatilayotgan va undan kutilgan, aniqlangan dalillarni tezlik bilan hisobga olib, lozim bo‘lgan tizimga soladi, qayta ishlaydi va uni izlanish jarayonida qo‘llashi oson kechadi. Maxsus bayonnomalar, yozuvdagi shartli ifodalagichlar tadqiqot jarayonining kechishini osonlashtiradi. 4 Саломов. Р.С. Спорт машғулотнинг назарий асослари. Ўқув қўлланма. Тошкент. ЎзДЖТИ, 2005 йил. Barcha ilmiy kuzatishlar natijasi kuzatuvchining shaxsiy qobiliyatigagina bog‘liq bo‘lmasligi lozim, chunki o‘rganilayotgan dalillar, ularni natijalari ko‘pchilikda turlicha fikr hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu uslubiyotning qulay tomoni shundaki, bir vaqtning o‘zida bir necha kuzatuvchi bir ob’ektni kuzatishi va natijalarni solishtirib ob’ektiv xulosa chiqarish uchun imkoniyat yaratadi. Pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot uslubining tadqiqotchiga qulaylik tug‘diruvchi ijobiy tomonlaridan biri shundaki, jarayonga texnik vositalarni qo‘llash, ulardan foydalanishni yo‘lga qo‘yishning mumkinligidir. Kuzatish jarayonida sodir bo‘lgan bahsli, munozarali holat larni olingan foto surat, kinosyomka, video, magnit tasmasi yozuvi va boshqalar orqali qayta kuzatuvlarni tashkillab baxsli, munozarali xulosalarga lozim bo‘lgan tuzatishlarni qilish mumkin buladi. Eng muhimi, xulosalarning ob’ektivligiga eri shishning mumkinligi, harakatlarning ijrosidagi kamchiliklar yoki yangiliklarni takroriy ko‘rish imkonini mavjudligidir. Lekin qator sport turlari, harakat faoliyati va harakat aktini baholashda bahslar, munozaralar qilishga to‘g‘ri keladi. Xulosalar sub’ektiv bo‘lib yakuniy xulosa natijasiga salbiy ta’sir qilish hollari ham uchraydi. Hozirgi zamon jismoniy madaniyat nazariyasida harakat larning ijrosi, bajarilishidagi ayrim dalillar va ular haqidagi xulosalarda noaniqlikka yo‘l qo‘yilishi kuzatiladi. Masalan, badiiy gimnastika, akrobatika, suvga sakrash, figurali uchish va boshqalarda harakatni ifodalanishining bayoni faqat ko‘z bilan baholanadi. Qator hakamlarning har biri o‘z fikrini subektiv xolatda o‘zicha bayon qiladi, umumiy xulosa umumlash tirilib, so‘ng yakuniy baholar qo‘yiladi. Pedagogik kuzatish uslubiyoti tadqiqotchi yoki kuzatuvchidan o‘ta kuchli salohiyatni talab qiladi. Pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot uslubida nisbatan keng foydalaniladigan uslublardan biri, natijani aniq hisobga olish uslubiyotlaridan biri x r o n o m ye t r l a sh d i r. «Xrono»-vaqt, «metr»-o‘lchov demakdir. Bunda harakatni bajarish uchun sarflangan vaqtga qarab natija tahlil qilinadi. Masalan, 800 metrga yugurishda har bir 100 metr uchun sarf bo‘lgan vaqt yoki dars, trenirovka mashg‘ulotining boshidan oxirigacha mashg‘ulot zichligini aniqlash maqsadida mashg‘u lotning asosiy vaqti samarasiga baho berish uchun xronomerlashdan foydalaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling