Ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


 Eksperiment ilmiy tadqiqot metodi


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/29
Sana20.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1036100
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Bog'liq
Kurs ishi Namuna

2.3Eksperiment ilmiy tadqiqot metodi 
Ilmiy tekshirishning bu metodi faqat tadqiqotchi tomo nidan uyushtiriladi va 
eksperimentda tadqiqotchining o‘zi aktiv aralashuvi orqali olib boriladi. Bu metod 
o‘rganilayotgan jarayonni maxsus, sun’iy yaratilgan sharoitda yoki o‘tkazilgan tajribani 
yana qaytadan takrorlash uchun imkoniyat yaratilishi bilan qulay. Uslubiyotning qulay yoki 
qimmatli tomoni ham ana shunda. Salbiy tomoni ham yo‘q emas. 
Ilmiy tadqiqot jarayonida o‘tkazilayotgan tajriba uchun maxsus sharoitni sun’iy
yaratishda tadqiq qilinishi lozim bo‘lgan nazoratdagi masalaga oid bo‘lmagan, qo‘shimcha 
muammolar ham yuzaga kelishi mumkin. Bu ilmiy tadqiqot uslubiyotining salbiy tomonidir. 
Eksperimentni ob’ektiv o‘tkazish amaliyotida tabiiy, modulli va laboratoriya 
eksperimentlari, deb nomlangan xilla ridan foydalaniladi.
5
Tabiiy eksperiment tadqiq qilinayotgan nazoratdagi masala hayotiy sharoitda qanday 
holatda uchrasa, foydalanilsa, qo‘llanilsa, aynan o‘sha holatda olib boriladi. 
O‘tkazilayotgan tajribadan uning ishtirokchilari butunlay bexabar bo‘lsalar, tajriba natijasi 
shunchalar samarali bo‘lishi ilmiy- tadqiqotlarning shu uslubidan foydalanishda 
isbotlangan. 
Misol tariqasida o‘tkazilgan bir tadqiqot mazmuniga to‘xtalaylik: bir maktabning 
ikki sinfidagi jismoniy tarbiya darslarida dastur materialini o‘zlashtirilishi an’anaviy o‘qitish 
uslullari bilan, boshqasida esa maxsus tanlangan uslubiyotlar bilan olib borilib, natijani 
taqqoslash orqali qaysi sinfda samaradorlik yuqori bo‘lganligini aniqlash kerak bo‘lib qoldi.
Nazorat guruhidagilar o‘tkazilayotgan tajribadan to‘liq xabardor bo‘lib, 
ko‘zlangan natija nimadan iborat ekanligi, bajarilayotgan mashqlarning qo‘llanishiga oid 
bilimlarga ega edilar. Tajriba guruhi odatdagidek sharoitda, mashg‘ulotlar qanday tartibda 
o‘tkazilsa, shunday muhitda shug‘ullandilar. Natija, ijobiy tomonga o‘sish tabiiy sharoitda 
shug‘ullan ganlarda samaradorroq bo‘lganligi kuzatildi. Nazorat guruhi o‘quvchilari
tajribaga o‘zlari sun’iy aralashib, natijalarini yaxshilash maqsadida tadqiqot dasturida
nazarda tutilmagan qo‘shimcha mashg‘ulotlarga qatnaganliklari, tajriba jarayonida tavsiya 
5
Маҳкамджанов. К.М. Жисмоний маданият назарияси ва методикаси. Дарслик. Тошкент. “Иқтисод -молия” 2008 
йил.


qilinmagan vositalar, uslubiyotlardan foydalanganligi sababli tadqiqot dasturidan chiqib, 
sun’iy siljishlarga sabab bo‘ldilar. 
Modulli eksperiment  metodidan foydalanishda kuzatuvchi hayotda uchraydigan oddiy 
sharoitdan bir oz o‘zgargan muhitni yaratib tajriba o‘tkazadi.
Masalan, muskul kuchini o‘stirishda sportga yangi kelganlar bilan ish olib borilib, ular 
xaftada uch marta, alohida guruhlarga bo‘linib, birinchi guruhi yotgan xolatda shtangada 
mashq qilish, ikkinchi guruhi esa o‘zining tanasi og‘irligidan foydalanib, uchinchi guruhi 
faqat gantel ko‘tarish bilan oldindan tuzilib, shug‘ullanish uchun tavsiya qilingan 
mashqlardan foydalanib ma’lum, belgilangan muddat davomida mashq qiladilar. Har qaysi 
guruhning moduli alohida (shtanga, gavdasi og‘irligi, gantel) bo‘lib, bajariladigan mashqlar 
faqat yelka kamar muskullarining kuchini orttirishga yo‘naltirilgan. Eksperimentdan so‘ng 
natijalar taqqoslanib, samara bergan modul va uning mashqlari va foydalanilgan 
uslubiyotlarning effekti e’lon qilinadi va undan amaliyotda foydalanish tavsiya qilinadi. 
Laboratoriya eksperimentida shug‘ullanuvchilar kundalik hayotiy sharoitda, 
amaliyotida kam uchraydigan holatdagi tajribalarni yo‘lga qo‘yadi. Sun’iy ravishda 
eksperiment o‘tkazish muhiti, sharoiti hayotda uchraydigan holat yuzaga keltiriladi va 
o‘rganilishi lozim bo‘lgan muammoning tajribasi o‘tkaziladi. Masalan, jismoniy 
tayyorgarligi teng ikki guruh olinib, ulardan birining mashg‘uloti laboratoriyada, 
ikkinchisiniki esa oddiy tabiiy sharoitda olib boriladi.
Bu tajribaning qulayligi tajribaning laboratoriya sharoitida yangitdan takrorlay 
olish mumkin ekanligidadir. Uslubiyotning salbiy tomoni tajriba o‘tkazuv chining tajribada 
aynan o‘zining ishtiroki bo‘lib, tadqiqotchini ob’ektiv bo‘lmagan yakuniy xulosalarga ham 
olib kelishi mumkin. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling