Ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


 Matematik hisoblash ilmiy tadqiqot uslubiyati


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/29
Sana20.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1036100
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
Kurs ishi Namuna

2.4. Matematik hisoblash ilmiy tadqiqot uslubiyati 
Hozirgi kunda o‘tkazilayotgan ilmiy-tadqiqotlarning natijalarini ishonchliligini 
aniqlash, ularni qiyoslash, tasdiqlash va boshqalarda fanlarning barchasida tadqiqot lrning 
matematik hisoblash uslubiyotlaridan keng foydalan ilmoqda. 


Atrofimizni o‘rab olgan voqea-xodisalar, har qanday jarayonlarning ikki tomoni – 
sifat va miqdor tomoni mavjud. Ma’lumki, matematika voqelarning abstrakt shakldagi 
miqdor tomonini o‘rganadi. Shuning uchun ham matematik uslubiyotlardan foydalanishdan 
voz kechish tadqiqotchini masalaning faqatgina bir tomonini – sifat tomoninigina 
o‘rganishga, boshqachasiga aytganda, uni to‘la o‘rgana olmaslikka mahkum etadi. 
Tadqiqotga bunday yarim-yorti yondashish orqali o‘rganiladigan, tadqiq etiladigan 
muammoni aniqlash, maq sadni belgilash etapidagina yo‘l qo‘yilishi mumkin. Lekin
tadqiqot jarayonini olib borishda hali aniqlanmagan, voqealarning soni, sifati va boshqa 
barcha tomonlari, jumladan, miqdor tomonlarini ham tadqiq etish muammosi turadi.
6
«Fan matematikadan foydalanishga muyassar bo‘lgandagina o‘zining takomiliga 
yetadi» - degan edi Pol Lafarg. Shunga ko‘ra jismoniy madaniyat nazariyasining 
tadqotlarida keyingi yillarda matematika fanlaridan foydalanilmoqda, lekin hozirgi paytda 
asosan matematik statistika ilmiy tadqiqot jarayonida muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Matematik statistikadan biologiya masalalarini hal etishda o‘ziga xos ravishda 
qo‘llanilib, beometriya yoki variatsion statistika orqali yakuniy natijalar, xulosalar 
qilinmoqda va tasdiqlanmoqda.
Tadqiqot natijasida olingan materiallarda uning son va miqdor jihatlari 
mujassamlashtiriladi. Raqamlar, ko‘rsatkich larning aniqligi tadqiqotchiga matematik 
jihatdan to‘g‘ri va aniq fikrlar, mulohazalar qilishga, tadqiqot jarayoni bo‘yicha 
taqqoslashlarda, umumlashtirishlarda aniq xulosalar chiqarishga yordam beradi.
Agarda suzuvchilar yoxud basketbolchilarning eksperimental va nazorat guruhlarini 
yig‘ib, ular bilan kuch talab qiladigan mashqlar bilan shug‘llanish mashg‘ulotlarining 
samaradorligi tadqiq qilinsa, shug‘ullanuvchilarning jinsi, yoshi, sport mahorati darajasiga 
qarab, nazariy fikrlarni amaldagi holati haqida aniq ma’lumotlar tayyorlash mumkin. 
Shuning uchun matematika fanining matematik statistikasi jismoniy madaniyat nazariyasi 
va uslubiyoti hamda qator sport fanlarining nazariyasi va uslubiyotida ilmiy amaliy 
masalalarni ijobiy hal qilish, o‘quv tarbiya va sport trenirovkasi jarayonini takomil- 
lashtirishda qayd qilingan ilmiy tadqiqot uslubiyoti muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
6
Маҳкамджанов. К.М. Жисмоний маданият назарияси ва методикаси. Дарслик. Тошкент. “Иқтисод -молия” 2008 
йил
.


Ilmiy tadqiqot uslubiyotlari doimiy bo‘lmay, ular o‘z o‘rinlarini yangi va progressiv 
tadqiqot uslubiyotlariga bo‘shatib beradi. Barcha fanlar qatori jismoniy tarbiya fanining 
rivoji ko‘p jihatdan ilmiy tadqiqot uslublarining rivojlanganligi bilan bog‘liqdir. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling