Ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


 Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/29
Sana20.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1036100
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Bog'liq
Kurs ishi Namuna

2.6. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya 
metodlari. 
Jismoniy tarbiyaning o‘qitish predmeti sifatidagi maxsus bilim va harakat 
faoliyatlari o‘qituvchidan o‘qitishga xos ma’lum usullar va uslu biyatlar 
(metodlar)ni bilishni talab etadi. Ta’lim (o‘qitish)ning uslub lari ko‘p bo‘lishiga
karamay ularning xech biri universal emas. Ta’lim metodlarining tavsifini bilish
bu uslublar tarkibidan kulayini tanlab olishga, o‘qitish vazifalarini hal qilish 
uchun nisbatan samaralilarini ajratib olishga imkon beradi.
 
Usul - faoliyatning shunday usuliki, turli sharoitda, turli xil dagi
shug‘ullanuvchilar bilan keng doiradagi vazifalarni hal etish imko niyati bo‘ladi. 
Masalan: ko‘rgazmalilik metodi bilan harakat faoliyatlarini tanishtirish, uni 
takomillashtirishning(turli yoshdagi o‘quvchilar, kattalar bilan ishlashda) turli 
xildagi ta’lim vazifalarini hal qilish mumkin.
9
 
Metodik usul - bu pedagogning shunday ta’sir faoliyatiki, o‘qitishning 
qandaydir ma’lum bir sharoitida ta’limning xususiy vazi falarini (yoki uning bir
qismini) hal etish uchun qo‘llaniladi. Masalan: mashqni o‘quvchiga yonlamasiga-
o‘zi yon tomoni bilan turib ko‘rsatishi.
O‘z navbatida, agar metodlar kompleksi (so‘z bilan ifodalash, kurgaz
malilik va amaliy urgana boshlash) orkali qo‘yilgan vazifani hal qilish mumkin
bo‘lsa (masalan, sakrashga o‘rganishini), unda metodik usullar tizimi ta’limning 
aniq bir sharoititda metodlarni amalga oshirish, qo‘llashdek xizmatlarni utaydi 
(masalan, sakrashni ko‘rsatishda profillik ko‘rsatishni yoki old ko‘rinishi,
qolaversa, ikkala metodik usulni ham qo‘llashga to‘g‘ri keladi). Har bir 
metodning turli xil meto dik usullari bo‘lishi mumkin. Ular son-sanoksiz darajada 
ko‘p bo‘lib, ma’lum vaqt mobaynida ayrimlari yo‘q bo‘lib ketsa, ayrimlarining
ko‘rinishlari o‘zgaradi, o‘qituvchining ijodiy izlanishi, faoliyati nati jasida
yangilari ham vujudga kelib, amalda qo‘llaniladi. Ko‘pincha uki tish darajasiga
9
Маҳкамджанов. К.М. Жисмоний маданият назарияси ва методикаси. Дарслик. Тошкент. “Иқтисод -молия” 2008 йил.


xos me todik usullar xajmini o‘qituvchi (trener) tomonidan ko‘p bilish orkali 
gina farklash mumkin.
Tajribasiz o‘qituvchilarda ba’zan uslubiyat - metodik usulning tash ki 
alomatlarini o‘zida mujassamlagandek ko‘rinishi mumkin. Masalan: ayrim 
mashqlarni bo‘laklarga ajratib o‘rgatish ularning tizimini yarata olmaslikka olib 
keladi, natijalar kutilganday bo‘lmaydi. Bu usul ko‘p holda metodik usulga uxshash 
bo‘ladi.
Ta’limning metodlariga qo‘yilgan umumiy talablar. Har qanday konkret 
holatda u yoki bu metodni maqsadga muvofik holda qo‘llash qator talablarga rioya 
qilishni takazo etadi:
1. Metodning ilmiy asoslanganligi (oliy nerv faoliyati).
2. Qo‘yilgan vazifaga o‘qitishning muvofikligi.
Aniq vazifalarning oldindan belgilanmasligi ta’lim metodalari ni to‘g‘ri
tanlash imkonini bermaydi. Misol, darsda “kozyol” dan oyoklarni kerib tayanib
sakrashni o‘rgatish (o‘qitish) vazifasi qo‘yilgan bo‘lsa, metodni tanlash mumkin 
bo‘lmay qoladi (bo‘laklarga ajratish bilan va harakatni to‘la bajarish bilan o‘qitish
metodlariga tayanish mumkin holos). Nibatan aniq vazifa, masalan, “kozyol”
dan oyoklarni sakrashda kullar bilan “depsinish» ni o‘rgatish qo‘yilsa, mashqni 
bo‘laklarga ajratish bilan o‘rgatish metodini qo‘llashga imkoniyat paydo bo‘ladi.
3. Ta’limning tarbiyalash xarakterini shakillantirish. Har bir tanlangan
metod aynan shu harakat faoliyatini o‘qitishning faqat samarali jarayonini
ta’minlash nuqtai nazaridan gina baholanmay, tarbiya vazifalari pozitsiyasi talabiga 
qarab ham baxo lanishi zarur.
4. Metodlarning qo‘llanishi ta’lim sistemasidagi barcha prinsiplarning 
muvofikligi va amalga oshirilishiga tayanish i lozim. Metodni aloxida olingan
pritsip bilan aloqasini bir tomonlama izoxlash, tushuntirishga yo‘l quyib
bo‘lmaydi. Masalan: agar o‘qituvchi ko‘rsatish metodini kullagan bo‘lsa, uni


ko‘rgazmalilik prinsipini to‘la amalga oshirayotir degan xulo samiz noto‘g‘ri
bulardi. Ma’lumki, bu prinsip qator metodlar tizimi orkaligina amalga oshiriladi.
5. O‘quv materiali xususiyatining muvofikligi.
O‘qitish metodlari ma’lum darajada bo‘lsa-da jismoniy mashqlarni tur lariga 
bog‘liqdir, ayrim hollarda faqat so‘z bilan ifodalash metodining o‘zi kifoya
qilsa, nisbatan qiyin vazifalarda esa ko‘rsatish metodini ham kullab yuorishga
to‘g‘ri keladi. O‘ynaladigan, gimnastika, sport va turizm tarzidagi mashqlarni 
o‘qitish o‘zining xususiy metodlariga ega emas. Metodlar jismoniy mashqlarning 
barcha turlari uchun bir xildir. Shu bilan birga bu turlarning har qaysisi qandaydir 
darajada bo‘lsa-da, bir xil metodik usullardan foydalanishga yo‘nalgan bo‘lib
boshqalaridan nisbatan ozroq foydalaniladi. Bunday karamlilik qanchalar kam
bo‘lsa o‘qitish natijasi shuncha yaxshi bo‘ladi.
6. O‘quvchilar individi va guruxni tayyorgarligini muvofikligi. Masalan,
ayrim harakat faoliyatlarini o‘zlashtirishda yaxshi tayyorgarlikka ega o‘quvchilar
uchun qismlarga ajratib o‘rgatish metodini qo‘llash maqsadga muvofik emas,
nisbatan tayyorgar ligi mavjud bo‘lganlari uchun esa bu faoliyatni egallashni
yo‘llanma beruvchi mashqlar bilan boshlash kerak bo‘ladi. So‘z bilan ifodalash 
metodidan foydalanishda o‘quvchilar umumiy bilimi darajasi bir muncha yuqori
bo‘lsa, “viraj” bo‘ylab yugurishni tushuntirishda ularni fizika soxasi bo‘yicha 
bilimiga tayanishimiz mumkin uladi.
7. O‘qituvchi individual xususiyatlari va imkoniyatlarining muvofikligi.
Albatta, har bir pedagog ta’limning barcha metodlarini to‘la xajmda egallagan
bo‘lishi lozim. Shunga karamay, ba’zi o‘qituvchilar bir xil metodlarni yaxshi 
bilishsa, ayrimlari esa boshqasini yaxshi biladilar. Jismoniy tarbiya jarayonida bu
xususiyat larni aloxida xisobga olish zarur. Agar ma’lum holatda ikki xil 
metoddan bir xil natija chiqishi aniq bo‘lib kolsa, albatta, o‘qituvchi o‘zi puxta 
bilgan metodni qo‘llashi lozim.


8. Mashg‘ulotlar sharoitining muvofikligi. Masalan, maktabdagi darslarda 
tirmashib chiqishga o‘rgatish faqat bir-ikkita kanat mavjud holda amalga
oshirilsa, harakatni bir butunligicha to‘la o‘rgatish metodidan foydalanish samara
bermaydi chunki bu mashgu lot zichligini aytarli past bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Bunda so‘zdan foydalanish metodida o‘qituvchi zalning akustikasi va sport 
maydoning satxi ni xisobga olishi kerak.
9. Metodlarni turli tumanlaridan foydalanish talabi. Metodlarning xech
qaysisi yagona, asosiy va universal bo‘la olmaydi.
Metodlarning turli xilidan 
foydalanganda, ta’lim samaralirok bo‘ladi. Har bir metodning o‘ziga xos yaxshi
tomonlari bo‘lishini nazarda sokit qilib bo‘lmaydi. Faqat savodsiz 
o‘qituvchilargina ularni yomon qilishi mumkin. Ayrim pedagogik holatlarda samara 
berayotgan metodlar boshqa payitda umuman, yaroksiz, xatto zararli ham bo‘lib koli 
shi mumkin. Shuning uchun pedagogik jarayonda ta’limning tizimli metod laridan 
o‘rinli foydalanish kerak. Bu jarayonda metod larning kuchli (o‘rinli)
tomonlaridan foydalanib, bo‘sh(o‘rinsiz) jixatlarini ajratib tanlash lozim. Bu
nizom kachonki ko‘rsatish tushuntirish bilan, tushunti rish ifodalash bilan, 
ko‘rsatma va xokazolar bilan kushib olib borilsa, o‘quv-tarbiya jarayoni
amaliyotdagi ishlarda tasdiklanadi. Shug‘ullanuv chilarning barchasi uchun 
yaraydiga, barcha ish sharoitiga mos keladigan umuman yo‘q desak, xato kilmagan 
bo‘lamiz. Qaysi bir metodni universal metod sifatida yuqori baholasak, uni barcha 
o‘qituvchi kullay boshlaydi, bu, o‘z navbtida, o‘qituvchi ijodkorligini chegaralab 
qo‘yadi, o‘quvchining barcha imkoniyatlaridan foydalanish imkonini bermaydi. Bu 
fikr P.F. Lesgaft tomonidan obrazli tarzda ifodalangan: “aytish mumkinki: “Usul - 
bu men”. Usul shundan iboratki, bilimli, tushunadigan o‘qituvchi o‘z ishini o‘zi olib 
boraveradi”.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling