Ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi Namuna
- Bu sahifa navigatsiya:
- Usulning qayta takrorlanishi darajasini aniqlashning ikki yo‘li bor.
4.Usul qayta takrorlana oladigan (ishonchli) bo‘lishi, ya’ni quyidagi shartlar bajarilganda, aynan bir xil natijalar bera olishi kerak: a) tadqiqotlarning bir tajribachi tomonidan shug‘ullanuvchilar bilan ko‘p bora o‘tkazilishi; b) tadqiqotlarning bir tajribachi tomonidan shug‘ullanuvchilarning turli (o‘xshash) guruhlarida o‘tkazilishi; v) tadqiqotlarning turli tajribachilar tomonidan shug‘ullanuvchilarning bir guruhida o‘tkazilishi. Usulning qayta takrorlanish darajasi u o‘rganilayotgan hodisani qandaydir miqdoriy ko‘rsatkichlarda baholash imkonini bergan hollarda aniqlanadi. Usulning qayta takrorlanishi darajasini aniqlashning ikki yo‘li bor. Birinchi yo‘lda bir necha o‘xshash guruhlarda yoki bir necha tadqiqotchi tomonidan olingan arifmetik ko‘rsatkichlarning o‘rtacha xatolari taqqoslanadi. Agar ikki yoki undan ortiq arifmetik kattaliklar tebranishlari o‘zaro muvofiq kelsa, takrorlanish usuli darajasi yetarli hisoblanadi. Ikkinchi yo‘lda shug‘ullanuvchilarning o‘xshash guruhlarida olingan ko‘rsatkichlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik koeffitsienti hisoblanadi. Bog‘liqlik koeffitsienti 0,9 va undan yuqori bo‘lgan hollarda usullarning qayta takrorlanishi darajasi yuqori, koeffitsient 0,6 dan kichik bo‘lsa past sanaladi. Har qanday tadqiqot uchun ham usulning qayta takrorlanish darajasini aniqlash juda muhim. Agar u hisoblab chiqilmagan bo‘lsa, o‘lchashlar natijasida olingan ko‘rsatkichlarning ishonchliligi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Ayrim nazorat mashqlarining takrorlanish darajasi past bo‘lishiga bir qancha sabablar bor: tekshiriluvchilar jismoniy tayyorgarligining bo‘shligi, o‘lchashlar o‘tkazishda aniq usuliyatlarning yo‘qligi, dastlabki holatni va harakat texnikasining boshqa unsurlarini aynan takrorlash mumkin emasligi, o‘lchash asboblari aniqligida, tadqiqotchilarning shaxsiy imkoniyatlarida tafovutlar mavjudligi shular jumlasiga kiradi. 5. Agar tadqiqot o‘z mohiyatiga ko‘ra pedagogik ilmiy tajribaning qo‘llanishini ko‘zda tutsa, u ilmiy ish tarkibiga kiritilishi kerak. 6. Tadqiqot bir emas, bir necha usul asosida, agar tadqiqotning vazifalari talab etsa, u holda fiziologik, psixologik va boshqa usullar bilan uyg‘unlikda olib borilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tadqiqotni bir necha usulda olib borish hodisani yanada chuqur, ob’ektiv va har tomonlama o‘rganishga yordam beradi. Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, pedagogik tadqiqotlarda pedagogik usullar yetakchi hisoblanadi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling