II. BOB. JISMONIY MADANIYAT JARAYONINING ILMIY-
TADQIQOT USLUBIYOTLARI
2.1
Ilmiy tadqiqotning nazariy tahlil va umumlashtirish uslubiyoti
Jismoniy madaniyat nazariyasi yoki har qanday fan yo‘nalishi bo‘yicha olib
borilayotgan ilmiy tadqiqotlar o‘rganilayotgan muammo bo‘yicha adabiyot materiallarini
nazariy tahlil qilish va umumlashtirishdan boshlanadi.
Ma’lumki, nazariy tahlil va umumlashtirish muammoning o‘zagi, hozirgi kundagi
holati, uni adabiyot materiallarida yoritilganligi darajasini o‘rganish uchun qo‘l keladi.
Hozirgi kundagi chop etilayotgan adabiyot materiallarini hajmi kattaligi uchun ularni to‘liq
o‘rganib chiqish juda qiyin. Chunki olib borilayotgan tadqiqotlarning yakuniy natijalarining
o‘zi har 4-5 yilda yana bir necha boraga ko‘payayotganligi hozir sir emas. Bundan tashqari
tadqiqotlar haqidagi ilmiy jurnallardagi maqolalar, internet ma’lumotlari hajmining bir
necha marotaba ko‘payishi tadqiqotchining vaqt byudjetiga ta’sir qilmoqda. Hozirgi kun
amaliyotida sinalgan, o‘zini oqlagan, tadqiqotchiga yaqin yordamchi sanalgan fan -
“bibliografiya” tadqiqotchining vazifasini biroz yengillashtirmoqda.
3
Do'stlaringiz bilan baham: