Ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi Namuna
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning vazifalari
1.2 Tadqiqot maqsadi va vazifalarini belgilash Tadqiqotning maqsadi nazariy-bilish yoki amaliy so‘nggi natijaga yo‘naltirilgan. Har qanday ilmiy tadqiqotning maqsadi muayyan muammoni yechishdir. Maqsad tadqiqotning yanada aniq maqsadlariga bo‘linadi. Ular tadqiqotchi tomonidan yuzaga kelgan muammoni nazariy jihatdan tahlil qilish hamda uning amaldagi yechilishi holatiga berilgan baho asosida qo‘yiladi. O‘rganilayotgan muammoning nazariyasi va amaliyoti holatini tahlil qilish, birinchi navbatda, ushbu masala yuzasidan mavjud adabiyotlar bilan keng tarzda tanishishni nazarda tutadi. Adabiy manbalarni o‘rganishda quyidagilarni oydinlashtirish lozim: -muallifning asosiy g‘oyasi, uning o‘rganilayotgan muammoga munosabatini aniqlash; -muallif fikrlarining an’anaviylaridan farqi nimada ekanligi, muammoni o‘rganishdagi yangiliklar; -muallifning qanday g‘oyalari yetarlicha dalillangan, qaysilari dalillanmagan; -qo‘shilish mumkin bo‘lmagan g‘oya, xulosa, tavsiyalar; -muammoning ishda o‘z aksini topmagan asosiy masalalari; -shu munosabat bilan mazkur muammoni o‘rganishni davom ettirish bo‘yicha qanday vazifalarni amalga oshirish zarur bo‘ladi? Adabiyotlarning bunday dastlabki tahlili olimga o‘z tadqiqoti bilan bog‘liq vazifalar loyihasini belgilab olish imkonini beradi. Tadqiqotning vazifalari quyidagi unsurlardan iborat bo‘lishi mumkin: -umumiy muammoga kiruvchi muayyan nazariy masalalarni hal etish: -mazkur muammoni hal etish amaliyotini ilmiy tajriba asosida o‘rganish, uning tipik holatlarini, nuqsonlarini, murakkabliklarini, ularning sabablarini, shuningdek, ilg‘or tajriba belgilarini ochib berish: -qo‘yilgan vazifani yechish uchun zarur choralar tizimini asoslash: -taklif etilgan choralar tizimini uning optimallik mezonlariga muvofiqligi nuqtai nazaridan ilmiy tajriba asosida tekshirish: -tadqiqot natijalaridan amaliyotda foydalanish uchun usuliy tavsiyanomalarni ishlab chiqish. Tadqiqotning vazifalari o‘z ahamiyatiga ko‘ra nisbatan (soizmerimo‘y) o‘lchovdosh, taqqoslash(salmog‘iga) mumkin bo‘lishi kerak. Juda yirik yoki birmuncha xususiy, ba’zan hatto avvalgi vazifaning unsuri bo‘lgan vazifalarning yonma-yon joylashib qolishidek tez-tez uchrab turdaigan holatga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Har qanday tadqiqotga qo‘yiladigan zaruriy talab-tadqiqot mavzusi nomlanishining, shuningdek, ob’ekti, predmeti, muammolari, maqsad va vazifalarining uning tuzilishiga mantiqiy muvofiqligidir. O‘rtaga tashlangan vazifalar yig‘indisi tadqiqot maqsadini yaxlit holda aks ettiradi. Ishning maqsadi tadqiqot muammosiga kat’iyan mos kelishi shart. Mantiq buzilgan joyda tadqiqotning tartibiga ham putur yetadi, bu esa vazifalarni to‘liq hal qilishga imkon bermaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling