Ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi Namuna
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining vazifalari
- Kurs ishining tarkibiy tuzilishi
Kurs ishining maqsadi: Magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ob’ektlar va jarayonlarning namunaviy modellari va ularni tadqiqot qilish metodikalarini amalda qo‘llash va shu amalda qo‘llangan metodlarning eng samaralilarini amaliyotga joriy qilish. Kurs ishining ob’ekti: Jismoniy tarbiya darslarida va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayonida yoki kundalik ish jarayonidagi insonlar, kuzatish uchun: shug‘ullanuvchilar, o‘quvchi yoshlar Kurs ishining predmeti: jismoniy mashqlar va mehnat faoliyati jarayoni va shug‘ullanish va rivojlanish bosqichlari, metodlari Kurs ishining vazifalari: Ilmiy tadqiqotning nazariy tahlil va umumlashtirish, Pedagogik kuzatish, Eksperiment Matematik hisoblash ilmiy tadqiqot uslubiyati, Suhbat, intervyu haqida umumiy bayon qilish Jismoniy tarbiya ilmiy tadqiqot uslubiyati turlari va umumiy turkuminga tavsif berish; Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: kirish, 2 bob, 9 ta reja, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 1.1 Tadqiqot muammosi, ob’ekti va predmeti Ilmiy tadqiqot deganda, odatda, biron-bir yangi masalani barcha qonun- qoidalari bo‘yicha ishlab chiqish tushuniladi. Har qanday ilmiy tadqiqotning ikki asosiy belgisi bo‘ladi: birinchidan, tadqiq etiladigan masalaning hamda tadqiqot natijasida chiqariladigan xulosalarning yangiligi, ilgari o‘rganilgan masala to‘g‘risida yangi ma’lumotlarni aniqlash (ular masalalarni o‘zgacha talqin etishga imkon beradi); ikkinchidan, tadqiqotchi ilgari surayotgan xulosa va qoidalarning ishonchliligi. Ilmiy tadqiqot o‘zaro aloqador ikki qismdan iborat bo‘ladi. Birinchi qism – ishlanayotgan muammoni (masalani) tadqiq etish jarayonining o‘zi bo‘lib, uning maqsadi mazkur muammoni har tomonlama o‘rganishdan iborat. Odatda, bu jarayon tarkibiga o‘rganilayotgan muammo xususiyatiga mos materiallar yig‘ish, u haqdagi faktik ma’lumotlarni to‘plash, ularni tizimga solish, muammo haqida u yoki bu farazni o‘rtaga tashlash uchun sharoit yaratadigan muayyan tasavvurlarni ishlab chiqish, o‘rtaga tashlangan fikrlar va farazlarni ilmiy tajriba yo‘li bilan amaliyotda tekshirish, olingan ma’lumotlarni tahlil etish hamda umumlashtirish kiradi. Tadqiqotning ikkinchi qismi ilmiy izlanish natijalarining adabiy bayoni hisoblanadi. Tadqiqot natijalarining ishonchli tarzda asoslab berilishi, tadqiqotchi ilgari surgan qoidalar isbotlanishi uchun ularni talablar asosida shakllantirish, yagona umumiy fikr va dalillar tizimi bilan bog‘lash zurur. Ilmiy tadqiqotlarning samaradorligini oshirish uning tarkibidagi barcha asosiy unsurlarning sifatli qurilishiga bog‘liqdir. Har qanday tadqiqotning boshlang‘ich nuqtasi muammoli vaziyatdir. Muammoli vaziyat- odamlarning ehtiyojlari, qandaydir samarali amaliy yoki nazariy faoliyatlari haqida bilish bilan shu faoliyatlarni ruyobga chiqarish yo‘llari, vosita va usullarini bilmaslik orasidagi ziddiyatdir. Bu ,o‘z navbatida, muolajada qo‘llanadigan ob’ektlarning qonuniyatlari haqida bilimlar mavjud emasligiga borib taqaladi. Sport fanida tadqiqot muammosining predmet tomoni bu shunday ziddiyatki, unga barham berish yoki rivojlanishning mavjud muqobillaridan birini tanlash uchun maqsadga muvofiq harakatlarning tashkil etilishi talab qilinadi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling