Ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/29
Sana20.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1036100
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
Kurs ishi Namuna

Bibliografiya nashr qilingan adabiyotlarni tartibga soladi va ro‘yxatini tuzib chiqadi. 
Retrospektiv uslub orqali ularni sistemaga solib ma’lum davrga oid adabiyotlarning 
ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha yangilikla riga qisqa izoh beradi. 
Bundan tashqari, tadqiqotchi “bibliografik tavsifnoma” dan ham foydalanadi. 
Tavsifnoma nashrdan yangi chiqqan adabiyotlar uchun yozma ravishda yoki referat sifatida 
- ilmiy ish natijasini qisqartirgan holda matnini tayyorlaydi, unga izoh beradi. 
Tadqiqotchining ilk faoliyati bibliografik izlanish lardan iborat bo‘lib, o‘rganilishi 
yoki tadqiq qilinishi lozim bo‘lgan muammoning farazi, undan yuzaga kelishi mumkin 
bo‘lgan noaniqliklar, qarama-qarshiliklar ustida nazariy baxs, qiyoslashlar qilish imkoniga 
ega bo‘ladi. 
Nazariy tahlil va umumlashtirishning yana bir uslubi hujjat materiallari ustida 
ishlashdir. Jismoniy tarbiya jarayonining mazmun, tashkiliy tomonlari asosan mashg‘ulotlar 
uchun tuzilgan rejalar, ularni amalga oshirish uchun dasturlar, ishchi dasturlar, 
3
Саломов. Р.С. Спорт машғулотнинг назарий асослари. Ўқув қўлланма. Тошкент. ЎзДЖТИ, 2005
йил - 238 б.


mashg‘ulotlarning texnologik xaritalari, mashg‘ulot (dars)larning konspektlar, murabbiylar, 
tarbiyachi yoki o‘qituvchilarning kundaliklari, haftalik, oylik, choraklik, yillik hisobotlar va 
shunga o‘xshashlarda ifodalanadi. 
Albatta, ular jismoniy tarbiya amaliyotining mashg‘ulot larini nazarda tutgan holda 
tuziladi, yoziladi. Ularni ilmiy jihatdan chuqur o‘rganish orqali tadqiqotchida kutilmagan 
ilmiy farazlar, hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar yoki ularning yechimiga oid natijalar, 
xulosalarni o‘rganish imkoniyati yuzaga kelib qolishi mumkin. 
Masalan, jahonning kuchli sportchilarini tayyorlash va ularning katta sport natijalariga 
erishishdagi shug‘ullanish rejalarini solishtirish, malakali sportchilarning kunda liklari, 
haftalik, oylik, yillik jismoniy yuklamalarning hajmi, miqdori, bajarish intensivligi va 
boshqalar tadqiqot chiga izlanishlari uchun manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Ilmiy tadqiqot uchun musobaqa materiallari, ularning hisobotlari, ko‘p yillik 
trenirovka mashg‘ulotlarining hujjatlari, ularning natijalarini tahliliy o‘rganish ham ilmiy 
tadqiqotlar ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi. 
Ilmiy maqsadda tuzilgan turli xildagi sotsiologik so‘rov anketalari, ularni qayta 
ishlash orqali olingan natijalar, yakuniy xulosalar ham hujjat materiallari bo‘lib xizmat 
qilishi mumkin.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling