Ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti
Matematik hisoblash ilmiy tadqiqot uslubiyati
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi Namuna
2.4. Matematik hisoblash ilmiy tadqiqot uslubiyati
Hozirgi kunda o‘tkazilayotgan ilmiy-tadqiqotlarning natijalarini ishonchliligini aniqlash, ularni qiyoslash, tasdiqlash va boshqalarda fanlarning barchasida tadqiqot lrning matematik hisoblash uslubiyotlaridan keng foydalan ilmoqda. Atrofimizni o‘rab olgan voqea-xodisalar, har qanday jarayonlarning ikki tomoni – sifat va miqdor tomoni mavjud. Ma’lumki, matematika voqelarning abstrakt shakldagi miqdor tomonini o‘rganadi. Shuning uchun ham matematik uslubiyotlardan foydalanishdan voz kechish tadqiqotchini masalaning faqatgina bir tomonini – sifat tomoninigina o‘rganishga, boshqachasiga aytganda, uni to‘la o‘rgana olmaslikka mahkum etadi. Tadqiqotga bunday yarim-yorti yondashish orqali o‘rganiladigan, tadqiq etiladigan muammoni aniqlash, maq sadni belgilash etapidagina yo‘l qo‘yilishi mumkin. Lekin tadqiqot jarayonini olib borishda hali aniqlanmagan, voqealarning soni, sifati va boshqa barcha tomonlari, jumladan, miqdor tomonlarini ham tadqiq etish muammosi turadi. 6 «Fan matematikadan foydalanishga muyassar bo‘lgandagina o‘zining takomiliga yetadi» - degan edi Pol Lafarg. Shunga ko‘ra jismoniy madaniyat nazariyasining tadqotlarida keyingi yillarda matematika fanlaridan foydalanilmoqda, lekin hozirgi paytda asosan matematik statistika ilmiy tadqiqot jarayonida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Matematik statistikadan biologiya masalalarini hal etishda o‘ziga xos ravishda qo‘llanilib, beometriya yoki variatsion statistika orqali yakuniy natijalar, xulosalar qilinmoqda va tasdiqlanmoqda. Tadqiqot natijasida olingan materiallarda uning son va miqdor jihatlari mujassamlashtiriladi. Raqamlar, ko‘rsatkich larning aniqligi tadqiqotchiga matematik jihatdan to‘g‘ri va aniq fikrlar, mulohazalar qilishga, tadqiqot jarayoni bo‘yicha taqqoslashlarda, umumlashtirishlarda aniq xulosalar chiqarishga yordam beradi. Agarda suzuvchilar yoxud basketbolchilarning eksperimental va nazorat guruhlarini yig‘ib, ular bilan kuch talab qiladigan mashqlar bilan shug‘llanish mashg‘ulotlarining samaradorligi tadqiq qilinsa, shug‘ullanuvchilarning jinsi, yoshi, sport mahorati darajasiga qarab, nazariy fikrlarni amaldagi holati haqida aniq ma’lumotlar tayyorlash mumkin. Shuning uchun matematika fanining matematik statistikasi jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti hamda qator sport fanlarining nazariyasi va uslubiyotida ilmiy amaliy masalalarni ijobiy hal qilish, o‘quv tarbiya va sport trenirovkasi jarayonini takomil- lashtirishda qayd qilingan ilmiy tadqiqot uslubiyoti muhim ahamiyat kasb etmoqda. 6 Маҳкамджанов. К.М. Жисмоний маданият назарияси ва методикаси. Дарслик. Тошкент. “Иқтисод -молия” 2008 йил . Ilmiy tadqiqot uslubiyotlari doimiy bo‘lmay, ular o‘z o‘rinlarini yangi va progressiv tadqiqot uslubiyotlariga bo‘shatib beradi. Barcha fanlar qatori jismoniy tarbiya fanining rivoji ko‘p jihatdan ilmiy tadqiqot uslublarining rivojlanganligi bilan bog‘liqdir. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling