Ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti
Suhbat, intervyu olish va so‘rovnomadan foydalanish usullari
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi Namuna
2.5. Suhbat, intervyu olish va so‘rovnomadan foydalanish usullari
Pedagogika amaliyotida tadqiqotning quyidagi so‘rov usul lari keng qo‘llaniladi: suhbat, intervyu olish va so‘rovnomadan foydalanish. Usullarning bu guruhi sub’ektiv hisoblanadi, chunki u respondentdan (so‘rovda ishtirok etuvchidan) olinadigan og‘zaki axborotga asoslanadi. Suhbat - o‘rganilayotgan masalani ikki tomonlama (yoki ko‘p tomonlama) muhokama qilish yo‘li bilan shaxsni o‘rganish va axborot olish usulidir. Suhbat usulidan xatti- harakatlarni muhokama qilish va tahlil etish hamda shaxsning ma’naviy bahosini ishlab chiqishda foydalaniladi. 7 Intervyu- maqsadli savollar tizimiga respondentning og‘zaki javoblarini olishga asoslangan axborot olish usuli tushuniladi. 1. So‘rovnomadan foydalanish - ilmiy tadqiqot usullari dan biri bo‘lib, uning yordamida tadqiqotchi so‘roqla nuvchining og‘zaki xabarlari zamiridagi ma’lumotlarga ega bo‘ladi. So‘rovnomadan foydalanish tadqiqotchi tomonidan izchillik asosida tuzilgan savollarga so‘raluvchidan yozma axborot olish jarayoni bo‘lib, tadqiqotning eng keng tarqalgan, matematik ishlov berish ancha qulay bo‘lgan, ko‘p sonli so‘raluvchilarni qamrab olishga imkon beradigan usulidir. Bu usuldan foydalanish uchun F.A.Kerimovning “Sport sohasidagi ilmiy tadqiqotlar” nomli jismoniy tarbiya fakul teti magistrantlari uchun yozilgan darsligidan 8 foydalandik. Muallif so‘rovnomalarni tayyorlash bo‘yicha tadqiqotchiga qo‘yidagi qator talablardan foydalanishni tavsiya qiladi: 7 Саломов. Р.С. Спорт машғулотнинг назарий асослари. Ўқув қўлланма. Тошкент. ЎзДЖТИ, 2005 йил 8 . Керимов Ф.А. Спорт соҳасидаги илмий тадқиқотлар. Т.. «Зар қалам». 2004.. a) o‘rganilayotgan hodisani eng aniq tavsiflab beradigan va ishonchli axborotlar olishga sharoit yaratadigan savollarni tanlab olish; b) to‘g‘ridan-to‘g‘ri savollar bilan bir qatorda qo‘shimcha savollar, ochiq va yopiq savollardan foydalanish (keyingi bo‘limga qarang); v) savol tuzishda so‘raluvchining istagini qondiruvchi savollarga javob beradigan javoblarni olishiga intilishini qondirmaslik va unga yo‘naltirilgan javoblarni kiritishning oldini olish; g) savollar ma’nosini ikki xil tushunish ehtimolini bartaraf qilish. d) so‘rovnomadagi savollarning tushunarliligi daraja sini oz sonli tekshiruvchilar guruhida oldindan sinab ko‘rish va savollar mazmuniga, zarur bo‘lsa, lozim bo‘lgan o‘zgarti rishlar kiritish. ye) so‘rovnoma asosida fikr olish usulidan foydalanishda ishonchli axborotga ega bo‘lish uchun tekshiriluvchilarning ko‘p bo‘lishini ta’minlash. Oqilona ishlab chiqilgan so‘rovnoma tadqiqotchi uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: tanlangan muammodagi tadqiqot uchun eng dolzarb yo‘nalishlarni aniqlash, muammo mohiyatini aniq maqsad asosida tekshirishni tashkil qilish; o‘tkaziladigan ilmiy tajriba maydonini imkon qadar toraytirish; farazlarni ifodalash uchun ishonchli amaliy dalillar olish; o‘rganilayotgan hodisaning tasodifan ko‘zga tashlanadigan ayrim jihatlarini emas, balki tipik manzarasini ochib berish; muayyan o‘quv-mashqlanish muammosini hal etishda trener yoki sportchi faoliyatidagi tipik kamchiliklarni aniqlash; ularning mazkur faoliyati uchun tipik murakkabliklarni ochish; aniqlangan kamchiliklar va qiyinchiliklarning sabablarini o‘rganish; o‘rganilayotgan masalalarni hal etishda trenerlik tajribasining ijobiy tipik jihatlarini yuzaga chiqarish. So‘rovnoma asosida fikr olish turlari. So‘rovnoma orqali fikr olishning rang- barang turlari mavjud bo‘lib, ularni muayyan belgilariga ko‘ra guruhlarga taqsimlash mumkin. Uning quyidagi turlari bor: - hajmiga ko‘ra, ya’ni so‘roq qilinuvchi respondentlar miqdoriga ko‘ra, o‘z navbatida bu tur yalpi hamda alohida ajratib olinganlar bilan o‘tkaziladi; - tadqiqotchining respondent bilan muomala qilish usuliga ko‘ra so‘rovnoma asosida fikr olish shaxsiy (yuzma-yuz), guruhli, alohida va sirtqi bo‘lishi mumkin; - tarqatish usuliga ko‘ra - pochta orqali yuboriladigan yoki tarqatma bo‘ladi. Yalpi, birvarakayiga hammadan bir vaqtda so‘rash usuli respondentlarning hammasiga yoppasiga so‘rovnomalar tarqatishni nazarda tutadi. Bu usul boshqalariga nisbatan ancha keng tarqalgandir. Individual so‘rov o‘tkazish usuli tadqiqotchi bilan so‘raluvchining bevosita muomalasiga asoslanadi, ya’ni so‘rovnoma to‘ldirilayotgan paytda tadqiqotchi ham ishtirok etadi. Bu usul varaqalarning to‘g‘ri to‘ldirilishi hamda go‘liq qaytarib berilishi uchun imkon yaratadi. Guruhli usulda so‘raluvchilarnig katta guruhini bir vaqtning o‘zida so‘rovdan o‘tkazish mumkin bo‘ladi.Bu qisqa vaqt ichida iloji boricha ko‘proq material to‘plashga imkon yaratadi. Ammo bu tur ham muayyan nuqsonlarga ega: jamoaviy suhbat, masalalarni muhokama qilish, so‘rovnoma asosida fikr olish samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Alohida so‘rov o‘tkazish respondentlarning navbatma - navbat javob berishini nazarda tutadi. Sirtqi so‘rov usulida respondentlar tadqiqotchining ishti rokisiz savollarga javob beradilar. Pochta orqali so‘rov o‘tka zishda respondentlar so‘rovnomalarni pochta orqali oladilar va yana shu yo‘l bilan ularni tadqiqotchilarga qaytaradilar. Bunda respondentlar miqdorini yanada ko‘paytirish mumkin, ammo maz kur usulning kamchiligi shundaki, so‘rovnomalarning ozgina qis migina qaytariladi, shuningdek, ularning mustaqil ravishda to‘ldirilganiga qat’iy ishonch bo‘lmaydi. Biroq qaytarilgan so‘rovnomalar miqdorini ayrim nozik jihatlarga e’tibor bergan holda ko‘paytirish ham mumkin, masalan, respondentga jo‘nati layotgan xatga manzil yozilgan xatjild qo‘shib yuboriladi va h.k. Tarqatma usulda respondent so‘rovnomani olgach, uni uyida to‘ldiradi va mustaqil ravishda tadqiqotchiga qaytarib beradi. So‘rovnomadagi savollarning to‘g‘ri tuzilishi ularga berilgan javoblarnining aniqligi, so‘ralayotgan muammo masalasini to‘g‘ri hal qilish, savollarning mazmuniga ko‘ra mukammalroq fikrlarni aniqlash imkonini beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling