Ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti
Eksperiment ilmiy tadqiqot metodi
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi Namuna
2.3. Eksperiment ilmiy tadqiqot metodi
Ilmiy tekshirishning bu metodi faqat tadqiqotchi tomo nidan uyushtiriladi va eksperimentda tadqiqotchining o‘zi aktiv aralashuvi orqali olib boriladi. Bu metod o‘rganilayotgan jarayonni maxsus, sun’iy yaratilgan sharoitda yoki o‘tkazilgan tajribani yana qaytadan takrorlash uchun imkoniyat yaratilishi bilan qulay. Uslubiyotning qulay yoki qimmatli tomoni ham ana shunda. Salbiy tomoni ham yo‘q emas. Ilmiy tadqiqot jarayonida o‘tkazilayotgan tajriba uchun maxsus sharoitni sun’iy yaratishda tadqiq qilinishi lozim bo‘lgan nazoratdagi masalaga oid bo‘lmagan, qo‘shimcha muammolar ham yuzaga kelishi mumkin. Bu ilmiy tadqiqot uslubiyotining salbiy tomonidir. Eksperimentni ob’ektiv o‘tkazish amaliyotida tabiiy, modulli va laboratoriya eksperimentlari, deb nomlangan xilla ridan foydalaniladi. 5 Tabiiy eksperiment tadqiq qilinayotgan nazoratdagi masala hayotiy sharoitda qanday holatda uchrasa, foydalanilsa, qo‘llanilsa, aynan o‘sha holatda olib boriladi. O‘tkazilayotgan tajribadan uning ishtirokchilari butunlay bexabar bo‘lsalar, tajriba natijasi shunchalar samarali bo‘lishi ilmiy- tadqiqotlarning shu uslubidan foydalanishda isbotlangan. Misol tariqasida o‘tkazilgan bir tadqiqot mazmuniga to‘xtalaylik: bir maktabning ikki sinfidagi jismoniy tarbiya darslarida dastur materialini o‘zlashtirilishi an’anaviy o‘qitish uslullari bilan, boshqasida esa maxsus tanlangan uslubiyotlar bilan olib borilib, natijani taqqoslash orqali qaysi sinfda samaradorlik yuqori bo‘lganligini aniqlash kerak bo‘lib qoldi. Nazorat guruhidagilar o‘tkazilayotgan tajribadan to‘liq xabardor bo‘lib, ko‘zlangan natija nimadan iborat ekanligi, bajarilayotgan mashqlarning qo‘llanishiga oid bilimlarga ega edilar. Tajriba guruhi odatdagidek sharoitda, mashg‘ulotlar qanday tartibda o‘tkazilsa, shunday muhitda shug‘ullandilar. Natija, ijobiy tomonga o‘sish tabiiy sharoitda shug‘ullan ganlarda samaradorroq bo‘lganligi kuzatildi. Nazorat guruhi o‘quvchilari tajribaga o‘zlari sun’iy aralashib, natijalarini yaxshilash maqsadida tadqiqot dasturida nazarda tutilmagan qo‘shimcha mashg‘ulotlarga qatnaganliklari, tajriba jarayonida tavsiya 5 Маҳкамджанов. К.М. Жисмоний маданият назарияси ва методикаси. Дарслик. Тошкент. “Иқтисод -молия” 2008 йил. qilinmagan vositalar, uslubiyotlardan foydalanganligi sababli tadqiqot dasturidan chiqib, sun’iy siljishlarga sabab bo‘ldilar. Modulli eksperiment metodidan foydalanishda kuzatuvchi hayotda uchraydigan oddiy sharoitdan bir oz o‘zgargan muhitni yaratib tajriba o‘tkazadi. Masalan, muskul kuchini o‘stirishda sportga yangi kelganlar bilan ish olib borilib, ular xaftada uch marta, alohida guruhlarga bo‘linib, birinchi guruhi yotgan xolatda shtangada mashq qilish, ikkinchi guruhi esa o‘zining tanasi og‘irligidan foydalanib, uchinchi guruhi faqat gantel ko‘tarish bilan oldindan tuzilib, shug‘ullanish uchun tavsiya qilingan mashqlardan foydalanib ma’lum, belgilangan muddat davomida mashq qiladilar. Har qaysi guruhning moduli alohida (shtanga, gavdasi og‘irligi, gantel) bo‘lib, bajariladigan mashqlar faqat yelka kamar muskullarining kuchini orttirishga yo‘naltirilgan. Eksperimentdan so‘ng natijalar taqqoslanib, samara bergan modul va uning mashqlari va foydalanilgan uslubiyotlarning effekti e’lon qilinadi va undan amaliyotda foydalanish tavsiya qilinadi. Laboratoriya eksperimentida shug‘ullanuvchilar kundalik hayotiy sharoitda, amaliyotida kam uchraydigan holatdagi tajribalarni yo‘lga qo‘yadi. Sun’iy ravishda eksperiment o‘tkazish muhiti, sharoiti hayotda uchraydigan holat yuzaga keltiriladi va o‘rganilishi lozim bo‘lgan muammoning tajribasi o‘tkaziladi. Masalan, jismoniy tayyorgarligi teng ikki guruh olinib, ulardan birining mashg‘uloti laboratoriyada, ikkinchisiniki esa oddiy tabiiy sharoitda olib boriladi. Bu tajribaning qulayligi tajribaning laboratoriya sharoitida yangitdan takrorlay olish mumkin ekanligidadir. Uslubiyotning salbiy tomoni tajriba o‘tkazuv chining tajribada aynan o‘zining ishtiroki bo‘lib, tadqiqotchini ob’ektiv bo‘lmagan yakuniy xulosalarga ham olib kelishi mumkin. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling