Ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti
Kirish Mavzuning dolzarbligi
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi Namuna
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ob’ektlar va jarayonlarning namunaviy modellari va ularni tadqiqot qilish metodikalarini o‘rganish jarayonida jismoniy tarbiya sohasida o‘tkaziladigan ilmiy tadqiqotlarning tamoyillari va xususiyatlari, sport muammolarini tadqiq etish jarayonida qo‘llanadigan usullar, ularning tadqiqot yo‘nalishini to‘g‘ri tanlashdan, mavzularni to‘g‘ri shakllantirish, amalga oshiriladigan tadqiqotning maqsad va vazifalarini aniqlashtirishdan boshlab, yig‘ilgan ilmiy ma’lumotlarning tahlili va umumlashtirilishigacha - hamma asosiy bosqichlari hamda ketma-ketligi ko‘rib chiqilishi lozim. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yil 5-martdagi ,,Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risidagi” farmoniga asosan: Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmalarni yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida va respublikaning chekka hududlaridagi bolalarni jismoniy rivojlantirish darajasini kompleks o‘rganish, milliy genofondimizni bugungi holatini aniqlash bilan birga bolalarni sportning u yoki bu ruhiy moyilligiga qarab, jismoniy tarbiya va sportni ma’lum bir turi bo‘yicha yo‘naltirishdan iborat ekanligini takidlab o‘tdi. 1 Ilmiy tadqiqot materiallarini yig‘ish, to‘plash va bir tizimga keltirish kabi jihatlarga alohida e’tibor berilgan bo‘lib, bunda boshlovchi olimlar, odatda, ko‘p xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar. Sportchilarning musobaqa faoliyati ma’lumotlarini yig‘ish va tahlil qilish usubiyatlari, o‘quv-mashq jarayonini kuzatish usullari hamda trenirovka va musobaqa faoliyati jarayonida sportchi organizmining funksional holatini tashxislash usullari bayon qilish maqsadg muvofiq bo‘ladi. Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanishda yosh olimlar ko‘pchilik tadqiqotlarga xos bo‘lgan jiddiy kamchiliklardan har doim 1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг ,,Жисмоний тарбия ва спорт соҳасида давлат бошқаруви тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисидагиъъ ПФ-5368-сон Фармони. Тошкент ш. 2018-йил 5-март. ham qutula olmaydilar. Bulardan eng muhimi shuki, tadqiqot o‘quv-trenirovka jarayonining mohiyatiga chuqur kira olmay, go‘yo yuzada «sirg‘alib» yurgandek bo‘ladi, unda sportchining trener yoki jismoniy tarbiya o‘qituvchisi rahbarligida bajaradigan harakatlari tahlil qilinmaydi. Oqibatda, tadqiqot ko‘pincha tashqi omillarni qayd etish bilan cheklanib, o‘rganilayotgan muammoning qonuniyatlarini ochib bera olmaydi. Shunday qilib, kelib chiqishi amaliyotdan iborat bo‘lgan muammoni tadqiq etish teran ilmiy-nazariy dalil-isbotsiz o‘z natijalari bilan yana amaliyotga qaytadi. Har qanday ilmiy-tadqiqot ishining yakunlovchi bosqichi uni adabiy jihatdan shakllantirishdir. Ya’ni malum ilmiy ishni hamma tushunadigan soda va adabiy tilda bayon qilish zarur. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling