Ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti
Ilmiy muammoning murakkablik darajasi quyidagilarga boqliq
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi Namuna
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot muammosini hal etish uchun, odatda, quyidagi talablar qo‘yiladi
Ilmiy muammoning murakkablik darajasi quyidagilarga boqliq:
1) ziddiyatlarga ega bo‘lgan va aniq maqsadga qaratilgan boshqaruv zarurati mavjud ob’ektlarning nisbiy murakkabligiga: 2) mazkur ziddiyatlarni hal etish uchun ijtimoiy ehtiyojlarning yetilganlik darajasiga: 3) muayyan sohadagi ilmiy va amaliy bilimlarning holatiga. Tadqiqot muammosini hal etish uchun, odatda, quyidagi talablar qo‘yiladi: -«muammoli» (izlangan, noma’lum) va «muammosiz» (ma’lum) orasidagi chegaraning yanada aniq bo‘lishi; -umumiy muammoga nisbatan muhim hamda nomuhimning bir-biridan keskin ajratilishi ; -umumiy muammoni unsurlarga taqsimlab, xususiy muammolar va ularning ustuvorligi bo‘yicha tartibga solish. Muammoning shakllanishi o‘z ortidan muayyan ob’ekt va tadqiqot predmetini tanlashni ergashtirib keladi. Ijtimoiy ziddiyatga ochiq-oydin yoki yashirin ega bo‘lgan hamda muammoli vaziyatni yuzaga keltiradigan har qanday narsa tadqiqot ob’ekti bo‘lishi mumkin. Sport fanida tadqiqot ob’ekti bilish jarayoni yo‘naltirilgan narsadir. Tadqiqot predmeti deb ob’ektning bevosita o‘rganiladigan, amaliy va nazariy nuqtai nazardan eng muhim xususiyatlari, jihatlari, xossalariga aytiladi. Misol tariqasida sport seksiyasiga bolalarni qabul qilish mezonlarini ishlab chiqishda tadqiqot muammosi, ob’ekti hamda predmeti qanday shakllanishini ko‘rib chiqamiz. Bu tadqiqotning muammosi bolalarni «kelajagi bor» va «kelajagi yo‘q»larga saralashning samarali mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.Tadqiqot ob’ekti –umumta’lim maktablarining quyi sinf o‘quvchilari. Tadqiqot predmeti- sport seksiyasiga bolalarni saralash me’zonlarini aniqlash. Ob’ektda tadqiqot predmeti bo‘lib xizmat qiluvchi qism ajralib turadi. Aynan shu narsaga dissertantning e’tibori qaratiladi, aynan tadqiqot predmeti dissertatsion ish mavzusini belgilaydi va tutil varaqda uning sarlavhasidek belgilanadi. Tadqiqot predmetini aniqlash mahorati tadqiqotchining, birinchidan, ob’ektning dolzarb dinamik holati sferasiga, ikkinchidan, ob’ektning tashkiliy tizimiga ta’sir ko‘rsatuvchi aloqa va elementlar sohasiga yaqinlashganligi bilan bog‘lanadi. Bayonni strukturaviy bosqichlari to‘g‘risida qisqacha aytib o‘tish va uning tuzilish mantiqini asoslab berish majburiy bo‘lmagan, lekin maqsadga muvofiq bo‘lgan jihat hisoblanadi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling