Ta’lim yo‘nalishi


-mavzu. Shaharlarning hududiy tizimlari


Download 62.52 Kb.
bet3/8
Sana02.06.2024
Hajmi62.52 Kb.
#1835800
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SHGGA fan dasturi (2-kurs)

7-mavzu. Shaharlarning hududiy tizimlari
Shahar aglomeratsiyalari, ularning vujudga kelish shart-sharoitlari, shakli va mezonlari. Shahar aglomeratsiyalari vujudga kelishining ikki turi (G.Lappo metodikasi). Jahondagi yirik shahar aglomeratsiyalari va ularning shakllanish mexanizmlari. Shaharlarning dinamik rivojlanish modellari (J.Forrester, K.Doksiadis, N.Ladovskiy va b.). Konurbatsiya, megalopolislar va urbanizatsiyalashgan hududlar, zona va rayonlar, ularning vujudga kelish bosqichlari.
8-mavzu.O‘zbekiston shahar aglomeratsiyalari
O‘zbekistonda shahar guruhlari va shahar aglomeratsiyalarining shakllanish va rivojlanish bosqichlari.O‘zbekiston shahar aglomeratsiyalarining delimitatsiyasi. Shahar aglomeratsiyalarining o‘ziga xos sotsial, iqtisodiy, innovatsiya, infratuzilma, geoekologik va nozogeografik muhit ekanligi. O‘zbekistonda shahar aglomeratsiyalarining rivojlanish muammolari.
9-mavzu. Urbanizatsiya tushunchasi, uning turlari
Urbanizatsiyaning murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayon ekanligi, asosiy va yordamchi ko‘rsatkichlari (V.Pokshishevskiy, B.Garne, Ye.Persik va b.larning qarashlari). Urbanizatsiyaning kelib chiqishi va tarqalishi, turlari. Industrial urbanizmdan oldingi vaziyat. Zamonaviy urbanizatsiya.
10-mavzu.Urbanizatsiyaning mintaqaviy xususiyatlari
Yevropa mamlakatlaridagi klassik urbanizatsiya va sharqona urbanizatsiya, “real” va “soxta urbanizatsiya” tushunchasi.Jahon davlatlarining urbanizatsiya darajasiga ko‘ra guruhlanishi. Urbanizatsiyaning sotsial-iqtisodiy, demografik, transport va ekologik muammolari. O‘zbekistonda urbanizatsiyaning rivojlanish tarixi va bugungi holati, muammolari.
11-mavzu. Shaharsozlik masalalari
Shaharsozlik va rayon planirovkasi haqida tushuncha. Shaharsozlik g‘oyalarining rivojlanishi: shahar va shahar aglomeratsiyalarini joylashtirish va rivojlantirish sxemalari ( V.Kristaller, A.Lyosh, P.Izard, X.Xagget, A.Kol, X.Xoyt, P.Polyan va b. modellari),
Shahar va shahar aglomeratsiyalarining hududiy tarkibi. ”Optimal shahar” tushunchasi.Bozor munosabatlari sharoitida shahar qurilishi masalalari.

Download 62.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling