Ta’lim yo‘nalishi
IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Download 62.52 Kb.
|
SHGGA fan dasturi (2-kurs)
- Bu sahifa navigatsiya:
- V. Fan o‘qitilishiningnatijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
- VII. Kreditlarni olish uchun talablar
IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: Shaharlar geografiyasining shakllanishi va rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlar va ularning ilmiy tadqiqotlari Shahar tashkil qiluvchi va shaharga xizmat qiluvchi omillar. Shaharlarning vujudga kelishida geografik o‘rinning roli. Shaharlarning genetik tipologiyasi. Shaharlarning funksiyalari va funksiyalariga ko‘ra tiplari. O‘zbekiston shaharlarining funksional tipologiyasi. Shaharlar tasnifi va shaharlar piramidasi, uning shaharlarni rivojlantirishda tutgan o‘rni. O‘zbekistonning yirik, katta, o‘rta va kichik shaharlari. Shaharlarning urbanistik va hududiy tarkibi Shaharlarni joylashtirish sxemalari. “Optimal shahar” karta-sxemasini tayyorlash “Optimal shahar” karta-sxemasini tayyorlash. Shaharlarning hududiy tizimlari. Toshkent aglomeratsiyasi Megapolis va megalopolis haqida tushuncha. Global shaharlar va ularning jahon taraqqiyotida tutgan o‘rni. Jahon urbanizatsiyasi va uning mintaqaviy xususiyatlari. Yevropada urbanizatsiyaning rivojlanish xususiyatlari Osiyoning “sharqona” urbanizatsiyasi. O‘zbekistonning yangi shaharchalari va ularning rivojlanish muammolari. O‘zbek olimlarining shaharlar rivojlanishi muammolariga qo‘shgan hissasi. O‘zbekiston viloyatlari shaharlariga iqtisodiy-ijtimoiy geografik tavsif. Toshkent viloyati shaharlari. Samarqand viloyati shaharlari. Quyi Amudaryo rayoni shaharlari tasnifi. Farg‘ona vodiysi shaharlari funksiyalari. Janubiy iqtisodiy rayon shaharlari Zarafshon mintaqasi shaharlarining rivojlanish muammolari Viloyat markazlarining rivojlanish xususiyatlari. Monoshaharlar va ularning ixtisoslashuvi Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan karta-sxema tayyorlash va uni ma’ruza qilish tavsiya etiladi. V. Fan o‘qitilishiningnatijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba: fanning nazariy asoslari, asosiy tushuncha, g‘oya, usul, manba, qonuniyatlari haqida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi; shaharlarni tasniflash, tiplarga ajratish, shahar va ularning murakkab hududiy tizimlarini shakllanish, joylashish, rivojlanishining geografik jihatlariga oid nazariy bilimlarni bilishi va amaliyotda foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; shahar va shahar tizimlarigaoid statistik ma’lumotlarni to‘plash va umumlashtirish, tahlil qilish, baholash va tegishli xulosalar chiqara olish, funksional-zonalarga ajratish malakalariga ega bo‘lishi lozim. VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari: ma’ruzalar; amaliy ishlar; interfaol usullar; taqdimotlar qilish; individual loyihalar; jamoaviy ishlash. VII. Kreditlarni olish uchun talablar: Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish vajoriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish. Download 62.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling