Ta’lim yo‘nalishi


-mavzu.Shaharlar bosh rejasi


Download 62.52 Kb.
bet4/8
Sana02.06.2024
Hajmi62.52 Kb.
#1835800
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SHGGA fan dasturi (2-kurs)

12-mavzu.Shaharlar bosh rejasi
Shaharlarning Bosh rejasi, uni tuzishdagi asosiy vazifa va maqsadlar.Shahar planlari (Katta London, Katta Parij, Tokio.). O‘zbekistonda shahar qurilishi masalalari va yirik shaharlarining planlari (Katta Toshkent, Samarqand va b.).
13-mavzu. O‘zbekiston shaharlari geografiyasi
O‘zbekistonning turli mintaqalarida shaharlarning vujudga kelish va rivojlanish xususiyatlari. Respublika shaharlarining shakllanishida relef, iqlim, gidrografik va boshqa omillar. Iqtisodiy rayon va viloyatlarning shaharlar bilan ta’minlanishi. Shahar va shaharchalarning funksiyalari va mamlakat taraqqiyotida tutgan o‘rni. Yangi shaharchalar (agroshaharlar), ularning rivojlanish muammolari. O‘zbekiston shahar va shaharchalari toponimikasi.
14-mavzu. O‘zbekistonda urbanizatsiya muammolari
O‘zbekiston va uning hududlarida urbanizatsiya jarayoni, rivojlanish bosqichlari va ularning xususiyatlari. O‘zbekistonda urbanizatsiya muammolari va uni hal etishga oid chora-tadbirlar.
15-mavzu. O‘zbekiston shaharlari tarkibi
Iqtisodiy rayon va viloyatlarning shaharlar bilan ta’minlanishi. Shaharlarning urbanistik va hududiy-urbanistik tarkibi. Respublikada shaharlarni hududiy tashkil etish, rivojlanishini takomillashtirish va boshqarish, unga oid Prezident farmonlari, davlat qarorlari.
16-mavzu. Toshkent iqtisodiy rayoni shaharlari
Iqtisodiy rayon shahar va shaharchalari tarkibi va tavsifi, shaharlashish darajasi, shakllanish tarixi. Shaharlar vujudga kelishidagi asosiy shart-sharoit va omillar, shaharlarning shakllanishi va rivojlanishida “havza” omili (Chirchiq va Ohangaron havzasi shaharlari), “poytaxtlik” omili. Angren maxsus industrial zonasining shahar rivojlanishiga ta’siri.
17-mavzu.Toshkent shahrining shakllanish va rivojlanish xususiyatlari
Toshkent shahrining milliy iqtisodiyotda tutgan o‘rni, ilmiy-texnik, innovatsion, ishlab chiqarish va demografik salohiyati. Toshkent aglomeratsiyasining shakllanish va rivojlanish xususiyatlari, yo‘ldosh shaharlari.

Download 62.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling