6.4. Integrasiyalashuviga ko'ra axborot tizimining sinflari
Axborot tizimi integrasiyasi quyidagi jadvalda keltirilgan.
|
Mahsuldorlik
|
Samaradorlik
|
Ishga oid integrasiya
|
Ichki fokus
|
Ma’lumotlarni an’- anaviy qayta ishlash (hisob-kitob, to’lov
vedomostlari)
|
Eng asosiy operasion tizim- lar (on-line, aniq vaqt, MIS)
|
Ichki integrasiya (end- to end aloqasi)
|
Tashqi fokus
|
Ma’lumotlarni elek- tron usulda almash- tirish (to’g’ridan-
to’g’ri kodlash)
|
Jarayonlarni rasionalizasiya- lash. Axborotlarni bo’lish
|
Tashqi integrasiya
(taklif maqsadini optimizasiyalash)
|
|
Joriy biznes shaklini qabul qiladi
|
Biznes shaklini
o’zgartiradi.
|
Kompyuter axborot tizimlarining korxonalar boshqaruv jarayonlariga joriy etilishi uning barcha boshqaruv pog’onalarini axborot ta’minoti bilan yuqori darajada ta’minlanishiga olib kelmoqda. Korxonalar boshqaruvida bo’layotgan o’zgarishlar avvalom bor zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga bo’lib, boshqaruv jarayonlari ham ularga nisbatan parallel o’zgarmoqda. Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, korxonalarning axborot arxitekturasi undagi biznes-arxitekturaga to’liq mos kelishi kerak, aks holda ularni harid qilish uchun qilingan harajatlar foyda keltirmaydi. Shuning uchun ham axborot tizimlarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va joriy qilish bo’yicha korxonaning axborotlashtirish strategiyasi bo’lishi kerak. Ushbu strategiya korxonaning ixtisoslashishini, maqsadlari va yutuqlarga erishish omillarini e’tiborga olib, ular axborot tizimlari asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |