Talimiy; : Yuksak insoniy fazilatlar mohiyatini anglatish, ularga ongli munosabatda bo’lish, hamma millat vakillariga yaxshi munosabatda bo’lish bilimini shakllantirish. Tarbiyaviy


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi


Download 123.42 Kb.
bet3/7
Sana16.04.2020
Hajmi123.42 Kb.
#99773
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
odobnoma 4-sinf konspek


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

Televizordan ko‘rgan, radiodan eshitgan lavhalaridan ma’lumotlar tushunib aytib

bera olish.



  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

kun tartibiga rioya qilish;

kattalarni hurmat qilish;



  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish;

  • Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:

orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiyena talablariga doimo

rioya qilish.


Darsning usuli: Yangi bilim beruvchi, suhbat

Darsning jihozi: : Amaliy sanat turlariga oid rasmlar, odobnoma kitobi.

T/r Dars bosqichlari, mazmuni Vaqti

1. Salomlashuv. Mashg'ulotning borishi haqida tushuncha berish 2 minut

2 Kirish suhbati 20 minut

3. Sharq mutafakkirlarining hikmatli so'zlaridan hikoya qilib berish. 15 minut

4. Mavzu bo'yicha o'quvchilar bilimlarini, tushunchalarini aniqlash 5 minut

5. Mashg'ulotniyakunlash, mustaqil ish uchun topshiriq berish 3 minut


Tashkiliy qism; O quvchilarni darsga ishtiroki, va tayyorgarligini nazorat qilish O'tilgan mavzuni so'rash; Uyga berilgan vazifani tekshirib baholash.

III.Yangi mavzuning bayoni; Darsni amaliy sanat turlarigaoid rasmlarni ko'rsatishdan boshlayman. Rasm asosida quyidagi savolarni berib o quvchilar fikrini eshitib mustahkamlayman.

Xalqaro xotin-qizlar kuni. 8-mart Navro'z umumxalq bayrami

O'qituvchi va murabbiylar kuni. 1- sentabr Mustaqillik bayrami.Konstitutsiya kuni

Ramazon va Qurbon hayiti

Bayramlar inson hayotida muhim o'rin egallaydi. Bunday kunlarda insonlar bir-birlariga mehr-oqibat ko'rsatadilar, do'stlik rishtalarini bog'laydilar, ezgu maqsad va g'oyalar atrofida jipslashadilar.Har bir xalqning sevib nishonlaydigan bayram va marosimlari bor. O'zbek xalqi Yangi yil, Navro'z, Mustaqillik, O'qituvchilar va murabbiylar, Xotin-qizlar kuni singari bayramlarni, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan sanani katta tantana va shodiyona bilan nishonlaydi. Bundan tashqari, mamlakatimizda Ramazon va Qurbon hayiti singari diniy bayramlar ham keng nishonlanadi. «Bayram — xalqning shodlik va xursandchilik kunidir», degan edi buyuk ajdodlarimizdan biri Mahmud Qoshg'ariy.

Odamlar juda qadim zamonlarda turli munosabat bilan marosimlar o'tkazishgan. Keyinchalik ular bayramlarga aylangan. Masalan, Navro'z bayrami bahorgi teng kunlik, ya'ni kun bilan tun teng bo'lgan, tabiat ayni uyg'onadigan paytda nishonlan-gan. Qadim zamonlarda odamlar uchun qishda issiq boshpana, oziq-ovqat topish muammo bo'lgan. Shuning uchun bahor kelib, kunlar isishi ular uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan va bu kunni bayram qilishgan. Bayram kuni jang-u jadallar, urushlar to'xtatilgan, arazlashganlar yarashgan, aybdorlarning gunohi ke-chirilgan. Xalqimizda avioddan aviodga o'tib kelay O'tilgan ajoyib an'ana va oilaviy marosimlar ham bor. Chaqaloqqa atab qilinadigan beshik to'yi, sunnat to'yi, muchal to'yi va nikoh to'yi shular jumlasidandir. Ayrim viloyatlarda go'dakning chillasi chiqishi, sochi olinishi, tishi chiqishi, yurib ketishi bilan bog'liq marosimlar ham o'tkaziladi. Ushbu marosim va an'analar oila mustahkamligi, totuvligi, avlodlar bardavomligi uchun xizmat qiladi.

ULANADI BAYRAMLAR

Po'lat Mo'min

Bayramlarga bayramlar, Bayram bo'lib bahona, Ulanadi, qaranglar Ulanadi quvonchlar. Shodligimiz bu damlar, Do'stlar kulib do'stona, Qo'shiq bo'lib jaranglar. Oshar у ana ishonchlar. Bayramlarga bayramlar, Bayramlarga bayramlar, Chiroyini sochadi. Ulanadi, qaranglar. Tabriklashib odamlar, Shodligimiz bu damlar, Dilga dilni ochadi. Qo'shiq bo'lib j aranglar.

Yangi mavzuni mustahkamlash;_

1. Yurtimizda qanday diniy bayramlar nishonlanadi?

A) Navro'z bayrami;

B) Ramazon va Qurbon hayiti bayrami;

D) Mehrjon bayrami;

E) Xotira va Qadrlash kuni.

2. «Bayram — xalqning shodlik va xursandchilik kunidir». Bu so'zlar qaysi mutafakkirga tegishli?

A) Yusuf Xos Hojibga; B) Alisher Navoiyga;

D) Mahmud Qoshg'ariyga; E) Abu Rayhon Beruniyga. _

Uyga vazifa;
l.O'zbekistonda qanday bayramlar nishonlanadi?

2.Sizga ko'proq qaysi bayram yoqadi? Nima uchun?

3.Qaysi bayram ezgulik, mehr-oqibat, saxovat timsoli? Javobingizni izohlab bering.

4. «Ulanadi bayramlar» she'rida shoir bayramlarning qaysi jihatlariga e'tibor qaratgan?

5.Bayram va marosimlarda inson o'zini qanday tutishi kerak?

Fan:Odobnoma

Sana:_______________

12-. MAVZU:MEROSIMIZ FAXRIMIZ

DARSNING MAVZUSI;. MUSIQANING INSON HA YOTIDAGI O'RNI

CHOLG'U ASBOBLARI

Darsning maqsadi; ta limiy; DTS talablari asosida dars o'tish. Musiqaning inson hayotidagi o'rni qay darajada ahamiyatga ega ekanligi haqida o'quvchilarni tushuntirish.

Tarbiyaviy; O'quvchilarni vatanga vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Ulardagi vatan haqidagi tushunchalarini boyitib, uni ko'z qorachig'iday asrab-avaylash lozimligini tushuntirish.



Rivojlantiruvchi; O'quvchilarni tafakkur, mantiq, ijodiy izlanish, fikran tajribalarini rivojlantirishga yo'naltirish.

  • Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

Televizordan ko‘rgan, radiodan eshitgan lavhalaridan ma’lumotlar tushunib aytib

bera olish.



  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

kun tartibiga rioya qilish;

kattalarni hurmat qilish;



  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish;

  • Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:

orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiyena talablariga doimo

rioya qilish.


Darsning usuli: Aralash, savol-javob.

Darsning jihozi: musiqaga oid ko'rgazmali qurollar, bukletlar, rasmlar. 4-sinf Odobnoma darsligi.

T/r

Dars bosqichlari, mazmuni

Vaqti

1

Salomlashuv. Mashg'ulotning borishi haqida tushuncha berish

2 minut

2

Kirish suhbati

20 minut

3

Sharq mutafakkirlarining hikmatli so'zlaridan hikoya qilib berish.

15 minut

4

Mavzu bo'yicha o'quvchilar bilimlarini, tushunchalarini aniqlash

5 minut

5

Mashg'ulotni yakunlash, mustaqil ish uchun topshiriq berish

3 minut

Tashkiiiy qism; O'quvchilarni darsga tayyorlash, davomatni aniqlash. Ularning darsda ishtirokini nazorat qilish.

O'tilgan mavzuni so'rash; O'quvchilar bilan birgalikda o'tilgan mavzu yuzasidan

savol-javob o'tkazish. O'tilganlarni mustahkamlash.



Yangi mavzuning bayoni;

          1. Ushbu rasmlarda qanday cholg'u asboblari tasvirlangan?

          2. O'zbek to'ylari qaysi musiqa asboblarisiz o'tmaydi?

Musiqa va qo'shiqqa muhabbat inson qalbiga ona allasi bilan singadi. Go'dak ona allasining ta'sirida orom oladi, tinchlanadi.Yaxshi musiqa insonning ruhiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatib, tuyg'ularini tarbiyalaydi, ko'tarinki kayfiyat bag'ishlaydi. Musiqa ohanglari insonni o'ylashga chorlaydi, ezgulikka da'vat etadi. Alisher Navoiy shunday yozadi: «Fahm-farosatli sozandaningyoqimli ijrosi hatto toshko'ngil odamni ham maftun qiladi». O'zbekistonda musiqa san'ati juda qadimdan rivojlangan. Samarqand yaqinidagi Mo'minobod qishlog'idan 3 ming 300 yil awal suyakdan yasalgan nay cholg'usi topilgani buning isbotidir. О z davrida Amir Tennur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur sozanda va xonandalarga homiylik qilgan, o'z asarlarida musiqa to'g'risida qiziqarli fikrlarni yozgan. O'zbek mumtoz musiqalari dastlab Feruz, Komil Xorazmiy tomonidan notaga ko'chirilgan. Yunus Rajabiy esa «Shashmaqom» («Olti maqom») kuylarini to'plab, notaga ko'chirdi.

Y. Rajabiy, M. Ashrafiy, Volfgang Amadey Motsart, logann Sebastyan Bax, Lyudvig van Betxoven, Frederik Shopen, Juzeppe Verdi, Frans Shubert kabi jahon musiqa madaniyati rivojiga katta hissa qo'shgan kompozitorlar asarlari dunyo xalqlari tomonidan sevib tinglanadi. Ular insoniyat madaniyatida o'chmas iz qoldirgan iste'dodlardir.To'yu tantanalar, bayram va ko'ngilochar tadbirlar milliy cholg'u asboblari sadosi bilan yanada qiziqarli bo'ladi. Doira, chang, dutor, tanbur, rubob, g'ijjak, nay, karnay, surnay singari milliy cholg'u asboblari orqali taraladigan ohanglar insonning yurak- yuragiga borib yetadi.Pianino, organ, skripka, akkordeon, violonchel, fleyta, klarnet kabi jahon xalqlari musiqa asboblaridan taralgan yoqimli kuylar ham inson ruhiyatiga orom bag'ishlab, qalbini go'zalliklarga oshno qiladi.Mamlakatimizda musiqa san'atini rivojiantirish uchun turli ko'rik- tanlovlar, musiqiy anjumanlar o'tkazilmoqda. «Yangi avlod» bolalar festival!, «Nihol» ko'rik- tanlovi, «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festival! shular jumlasidandir. Shuningdek, bolalar musiqa va san'at maktablari ta'mirlanib, musiqa asboblari va jihozlar bilan ta'minlanmoqda. Yangi mavzuni mustahkamlash; Topishmoqlarni toping. Ikki tola sochi bor,

Bo'yni bilan barobar.

Boshsizu bor qulog'i, shodlikning o'rtog'i.

Qo'lda o'ynar ikki cho'p, Sim torlari juda ko'p.

O'zi mitti,

Ovozi olamga yetdi.

Bo'yi pastak tayog'im, Yengil qushdek tayog'im,

Teshigidan puflasam, Chalar hushtak tayog'im.

Uyga vazifa;

1. O'zbekiston hududida musiqa madaniyati qachondan rivojlana boshlagan?

2. Dunyoga mashhur kompozitorlardan kimlarni bilasiz?


3. Milliy cholg'u asboblari nomini aytib bering.
4. Jahon xalqlari musiqa asboblarida
5. Yaxshi musiqa insonga qanday ta'sir ko'rsatadi?
6. Ota- onangiz yordamida o'zbek milliy musiqalari nomlarini daftaringizga yozing. nay qaysilarini bilasiz? Ular ishtirokidagi kuylarni tinglaganmisiz?
7. Siz qanday musiqalarni yoqtirasiz?
Fan:Odobnoma
Sana:_______________
13-. MAVZU:MEROSIMIZ FAXRIMIZ

DARSNING MAVZUSI;. QO'SHIQCHILIK SANA’TINING O'ZIGA XOSLIGI

MUMTOZ SAN'AT FAXRIMIZ (DIN TARIXI)

Darsning maqsadi; ta limiy;Tarbiyaviy: Milliy istiqlol g'oyasi asosiy tushuncha va tamoyillari dasturi doirasida o'quvchilar qalbida mustaqillik g'oyasiga sadoqat hissini tarbiyalash

Rivojlantiruvchi; O'zlashtirilgan bilimlar silsilasining kamchiliklarini aniqlashga, chuqurroq o'zlashtirishga erishish.


  • Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

Televizordan ko‘rgan, radiodan eshitgan lavhalaridan ma’lumotlar tushunib aytib

bera olish.



  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

kun tartibiga rioya qilish;

kattalarni hurmat qilish;



  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish;

  • Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:

orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiyena talablariga doimo

rioya qilish.


Darsning usuli: savol-javob.

Darsning jihozi: mavzuga oid, rasmlar, odobnoma darsligi.

T/r Dars bosqichlari, mazmuni Vaqti

1 Salomlashuv. Mashg'ulotning borishi haqida tushuncha berish 2 minut

2 Kirish suhbati 20 minut

3 Sharq mutafakkirlarining hikmatli so'zlaridan hikoya qilib berish. 15 minut

4 Mavzu bo'yicha o'quvchilar bilimlarini, tushunchalarini aniqlash 5 minut

5 Mashg'ulotniyakunlash, mustaqil ish uchun topshiriq berish 3 minut


Tashkiliy qism; O'quvchilarni darsga tayyorlash, davomatni aniqlash. Ularning darsda ishtirokini nazorat qilish.

II..O'tilgan mavzuni so"rash; O'tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o'tkazish. Yangi mavzuning bayoni;

Yurtimizda qo'shiqchilik san'ati ham uzoq tarixga ega. Qadimgi odamlar mehnat qilish jarayonida bajarayO'tilgan ish turlariga monand qo'shiqilar to'qib, kuylashgan. Shu orqali ular o'zlariga ruhiy madad berishgan, ko'tarinki kayfiyat bag'ishlashgan. Eng qadimgi qo'shiqiar Mahmud Qoshg'ariyning «Devonu lug'otit- turk» asarida keltirilgan. Qadimda qo'shiqiar «ir» yoki «jir» deb nomlangan.,

Ota- bobolarimiz o'lan, lapar, yor-yor, terma, aytishuvlarni sevib kuylashgan, miriqib tinglashgan. Baxshilar esa «Alpomish», «Go'ro'g'li» singari dostonlarni to'y va marosimlarda qo'biz yoki do'mbira chertib, yoddan ijro etishgan. Ayrim qo'shiqiar doira, dutor yoki tanbur singari cholg'u asboblari jo'rligida kuylangan.Yaxshi qo'shiq va musiqa inson ruhiyatiga ko'tarinkilik baxsh etadi, asabni tinchlantirib, xotirani mustahkamlaydi. Shuning uchun Ibn Sino ayrim kasalliklarni musiqa yordamida davolagan. Vatan va vatanparvarlik mavzusidagi qo'shiqiar esa insonni to'lqinlantiradi, yuksak maqsadlar sari chorlaydi, yurt ravnaqi uchun xizmat qilishga da'vat etadi. O'zbekistonning har bir hududida qo'shiqchilik san'ati o'ziga xos tarzda rivojlangan. Xorazm vohasida yaratilgan qo'shiqiar o'ynoqiligi, serzavqligi bilan ajralib turadi.. «Lazgi» kuylanganda raqsga tushmagan odam deyarli qolmaydi. Farg'ona vodiysida esa «Omon yor», «Tanovar» singari qo'shiq va kuylar urf bo'lgan. Likop yordamida ijro etiladigan katta qo'shiqlarni kuylash uchun esa kuchli ovoz va alohida iqtidor talab qilingan. Mamlakatimizda qo'shiqchilik va musiqaning rang- barangligi o'zbek san'atining boyligidan dalolat beradi. Xorijiy mamlakatlarda o'zbek milliy kuylari, qo'shiq va raqslariga qiziqish kuchli.

O'zbek musiqa va qo'shiqchilik san'atini rivojlantirishda Yunus Rajabiy, To'xtasin Jalilov, G'anijon Toshmatov, Mutal Burhonov, Sulaymon Yudakov, Avaz Mansurov, Dilorom Omonullayeva kabi bastakor va kompozitorlarning xizmatlari katta,Bugungi kunda shovqin-suron va baqirchaqirlardan iborat sayoz kuy va qo'shiqiar ham paydo bo'lmoqda. Ular insonga, ayniqsa, yoshlar ma'naviyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, salomatlik uchun zararli. Mutaxassislar shunday musiqalarni tinglagan bolalarning xotirasi susayib, zehni asta-sekin pasayib borishini isbotlaganlar.

«Agar insonning qulog'i vengil-yelpi, tumtaroq ohanglarga o'rganib qolsa, bora-bora uning badiiy didi, musiqa madaniyati pasayib ketishi, uning ma'naviy

olamini soxta tushunchalar egallab olishi ham hech gap emas.»__

Musiqa tanlash va uni tinglash odobi ham insonning madaniyatini belgilaydi. Yangi mavzuni mustahkamlash;



KUY SEHRI

Sharqning buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy musiqa ilmi rivojiga ham katta hissa qo'shgan. Bir kuni u Damashq amiri Sayfuddavlaning huzuriga keladi. Amir mutribu mashshoqlarni chaqirtiradi. Chorlangan mashshoqlar qaysi kuyni chalsa, Abu Nasr ularning xatosini aytib turardi. Buni ko'rib amir:

— Musiqa san'atidan ham xabaringiz bormi? — deb so'radi.

— Ha, dedi Abu Nasr va to'rvasini ochib, undan bir necha cho'p oldi. Cho'plarni bir-biriga ulab chala boshlagan edi, davrada o'tirganlar o'zlarini tutolmay kula boshlashdi. Keyin olim o'sha cho'plarni boshqacha qilib biriktirib chalgan edi, yig'ilganlar piq-piq yig'lashga tushishdi. Olim cho'plarni boshqacha tartibga solib chalgan edi, amirdan tortib darvozabongacha hamma dong qotib uxlab qoldi. Abu Nasr esa fursatdan foydalanib saroydan chiqib ketdi.

Rivoyatlarga ko'ra qonun degan musiqa asbobini Abu Nasr Forobiy ixtiro qilgan ekan. Lug'at ishi_

Mutrib-u mashshoqlar — cholg'uchi va sozandalar.

Qonun (chang) — Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan torli cholg'u asbobi.

VI.Uyga vazifa;


1. Eng qadimgi qo'shiqiar haqidagi ma'lumotlar qaysi asarda keltirilgan?
2. Yaxshi qo'shiq va musiqa insonga qanday ta'sir ko'rsatadi?
3. Siz qanday qo'shiqlarni sevib tinglaysiz?
4. O'zbek xonandalaridan kimlarni bilasiz?
5. «Kuy sehri» matnini diqqat bilan o'qing. Bitta asbob yordamida ijro etilgan kuylar nima uchun insonlarga har xil ta'sir ko'rsatdi?
6. Qo'shiq va musiqa tinglash odobi haqida mulohaza yuriting

Fan:Odobnoma

Sana:_______________

14. MAVZU:KONSTITUTSIYAMIZ BAXTIMIZ QOMUSI

Darsning maqsadi; ta limiy; Konstitutsiya-baxtimiz qomusi, Konstitutsiya — davlatning asosiy qonuni, bolalar huquqlarining davlat tomonidan ta'minlanishi Konstitutsiya moddalari asosida o'quvchilarga tushuntiriladi.

Tarbiyaviy; Barkamol avlodga xos odoblilik san'ati va madaniyatini o'rgatish. Rivojlantiruvchi; Dars yo'llarini topishga, o'quvchilami esa mustaqil izlanishga, fikrlashga, o'z fikrini isbotlash va turli vaziyatlardan chiqishga o'rgatish.jarayonida turli muammolarni hal etishga, ularning kelib chiqish sabablari, tuzatish



  • Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

Televizordan ko‘rgan, radiodan eshitgan lavhalaridan ma’lumotlar tushunib aytib

bera olish.



  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

kun tartibiga rioya qilish;

kattalarni hurmat qilish;



  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish;

  • Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:

orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiyena talablariga doimo

rioya qilish.


Darsning usuli: mustahkamlovchi.

Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 4-sinf Odobnoma darsligi.

T/r Dars bosqichlari, mazmuni Vaqti

1 Salomlashuv. Mashg'ulotning borishi haqida tushuncha berish 2 minut

2 Kirish suhbati 20 minut

3 Sharq mutafakkirlarining hikmatli so'zlaridan hikoya qilib berish. 15 minut

4 Mavzu bo'yicha o'quvchilar bilimlarini, tushunchalarini aniqlash 5 minut

5 Mashg'ulotniyakunlash, mustaqil ish uchun topshiriq berish 3 minut

I.Tashkiliy qism; О quvchilarni darsga tayyorlash, davomatni aniqlash. Ularning darsda ishtirokini nazorat qilish.

II.O'tilgan mavzuni so'rash; O'quvchilardan o'tilgan mavzuni savol-javob shaklida so'rash. Olingan bilimlami mustahkamlash. Yangi mavzuning bayoni;

Konstitutsiya davlatning ijtimoiy va siyosiy tizimini, davlat organlarining tashkil etilishi va faoliyatini, fuqarolarning huquq va burchlarini belgilab beruvchi Asosiy qonunidir. Bir so'z bilan aytganda, konstitutsiya hayotimizni huquqiy jihatdan tartibga solib turadi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992- yil 8- dekabrda qabul qilingan. U 6 bo'lim 26 bob 128 moddadan iborat.Fuqarolar, shu jumladan, bolalarning huquq va erkinliklari Konstitutsiyamizning ikkinchi bo'limida qayd etilgan.

Konstitutsiya — lotincha «konstitutio» — «tuzilish»,«tartib» so'zlaridan olingan bo'lib, «belgilayman», «tasdiqlayman» degan ma'nolarni bildiradi.

Konstitutsiyada bolalarning bilim olish huquqi ham kafolatlangan. 41- moddada «Наг kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanadu Maktab ishlari davlat nazoratidadir», deyilgan. Davlatimiz yosh avlodning chuqur bilim olishi uchun doimo g'amxo'rlik qiladi. Buni keyingi yillarda yangi qurilgan va ta'mirlangan zamonaviy maktablar misolida ko'rishimiz mumkin. Bugun biz ta'lim olayO'tilgan maskanlar har jihatdan qulay, shinam va yorug', barcha zarur o'quv jihozlari va kompyuterlar bilan ta'minlangan. Bizning Konstitutsiyamiz eng insonparvar va adolatparvar qonundir. Unda o'z huquqini himoya qila olmaydigan kishilarning manfaatlari ham tola kafolatlangan. 45- moddada «Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg'iz keksalarning liuquqlari davlat himoyasidadir», deb yozib qo'yilgan. 2008- yil 8- yanvarda O'zbekiston Respublikasining «Bola huquqiarining kafolatlari to'g'risida»gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunda ham bolalarning huquqlari to'la kafolatlangan. Yangi mavzuni mustahkamlash; ВАХТ QOMUSI Qambar Ota

Vatanimni yashnatar Hammaning haq-huquqi

Istiqlolning ziyosi. Aniq bayon etilgan.

Xalqni baxtiyor etar Halol yashash yo'llari

Erk, adolat dunyosi. Qonun qilib bitilgan.

Ozod mamlakatimda Doim himoyasida

Konstitutsiyam baxtim Inson faxr, nomusi.

Vatanga sodiq bo'lib Yashasin mustaqillik

O'sish yurakda ahdim. Yaratgan baxt qomusi.

VI.Uyga vazifa; Qambar Otaning «Baxt qomusi» she'rini yod oling

1. Konstitutsiya so'zi qanday ma'nolarni anglatadi?

2. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?

3. Konstitutsiyada belgilangan qanday huquqlaringizdan foydalanmoqdasiz?

4. Bugun yurtimizda bolalarning baxtli yashashi, bilim olishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida so'zlab bering.

Fan:Odobnoma
Sana:_______________
15. MAVZU:KONSTITUTSIYAMIZ BAXTIMIZ QOMUSI

Darsning mavzusi;.Bizning huquq va burchlarimiz. qonun-qoida, tartib tushunchalar. O'zbekiston respublikasining fuqarosiman. (konstttutslya aljfbosi)

Darsning maqsadi; ta limiy; DTS talablari asosida dars o'tish. Fuqarolarning huquq va burchlari nimalardan iboratligini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalari orqali sharxlash.

Tarbiyaviy; Ota-ona, Vatan oldidagi burchni anglash va unga sodiqlik nima ekanligini tushuntirish.

Rivojlantiruvchi; Darsda o'quvchilarning faol ishtirok etishlarini ta'minlash.


  • Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

Televizordan ko‘rgan, radiodan eshitgan lavhalaridan ma’lumotlar tushunib aytib

bera olish.



  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

kun tartibiga rioya qilish;

kattalarni hurmat qilish;



  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish;

  • Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:

orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiyena talablariga doimo

rioya qilish.


Darsning usuli: savol-javob.

Darsning jihozi: mavzuga oid, rasmlar, tarqatmalar, bukletlar, 4-sinf Odobnoma darsligi

Т/т Dars bosqichlari, mazmuni Vaqti

1 Salomlashuv. Mashg'ulotning borishi haqida tushuncha berish 2 minut

2 Kirish suhbati 20 minut

3 Sharq rnutafakkirlarining hikmatliso'zlaridan hikoya qilib berish. 15 minut

4 Mavzu bo'yicha o'quvchilar bilimlarini, tushunchalarini aniqlash 5 minut

5 Mashg'ulotniyakunlash, mustaqil ish uchun topshiriq berish 3 minut

I.Tashkiliy qism; Oquvchilarni darsga tayyorlash, davomatni aniqlash. Ularning darsda ishtirokini nazorat qilish.

Rasmlarda bolalar qanday huquqlaridan foydalanmoqdalar?

O'zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari qonun oldida tengdirlar. Har birimiz o'zimizga berilgan huquq va erkinliklardan foydalanayO'tilganimizda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning manfaatlariga, huquq va erkinliklariga putur yetkazmasligimiz shart. Masalan, har bir fuqaro dam olish huquqiga ega. Hamma dam olayO'tilgan vaqtda shovqin-suron solish, baland ovozda musiqa eshitish o'zgalarning dam olish huquqini buzish hisoblanadi.O'zbekiston Respublikasi fuqarolari yashash, bir joydan ikkinchi joyga ko'chish, erkin fikrlash, so'zlash va xohlagan diniga e'tiqod qilish huquqiga ega. Har bir inson mehnat qilish, erkin kasb tanlash, dam olish huquqiga ega. Yurtimiz fuqarolarining malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, bepul ta'lim olish huquqi qonun yo'li bilan belgilangan.

III.Yangi mavzuning bayoni;

Наг birimiz berilgan huquq va erkinliklardan foydalanish bilan birga, burch va majburiyatlarimizni ham bilib olishimiz kerak. Konstitutsiyaning 11- bobida fuqarolarning burchlari bayon etilgan. Unda har bir kishi boshqa insonlarning huquqlari, erkinliklarini, qadr-qimmatini hurmat qilishga majburligi qayd etilgan.Xalqimizning tarixiy, ma'naviy va madaniy yodgorliklarini avaylab-asrash har bir O'zbekiston fuqarosining burchidir, Shuningdek, atrof-muhitni ifloslantirmasligimiz, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishimiz lozim. Ona-Vatanni himoya qilish, tinchligini ta'minlashga hissa qo'shish har birimizning sharafli vazifamiz va burchimizdir.Dunyoda hamma narsa tartib asosiga qurilgan. Masalan, katta ko'chada ketayO'tilgan avtoulovlar harakatini ko'z oldingizga keltiring. Yo'l ikkiga ajratilgan va ulovlarning o'z yo'nalishi bo'yicha harakat qilishi qat'iy belgilab qo'yilgan. Agar ulovlar tartibsiz harakat qilsa, halokat sodir bo'ladi. Jamiyat ham xuddi shunday tartib-qoidalar asosida yashaydi, rivojlanadi. Qayerda tartib bo'lmasa, o'sha yerda buzilish, notinchlik bo'ladi. Shunday ekan, insonlar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solib turish uchun ham mustahkam qonun-qoidalar kerak. Shu jihatdan olib qarasak, konstitutsiyani jamiyatni tartibga solib

O'zbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklari O'zbekiston fuqarolarining burchlari

Mehnat qilish, erkin kasb tanlash Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish

Dam olish Boshqa kishilarni hurmat qilish

Fikrlash, so'z va e'tiqod erkinligi Tarixiy, ma'naviy va madaniy meroslarni asrash

Bepul ta'lim olish Atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish

Malakali tibbiy xizmatdan foydalanish Ona-Vatanni himoya qilish, harbiy xizmatni o'tash

VI.Uyga vazifa;

1. Respublikasi fuqarolari qanday huquq va erkinliklarga ega?

2. O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining burchlari nimalardan iborat?

3 Tartib nima? Tartib-intizom bo'lmagan joyda qanday vaziyat yuzaga keladi?

4. Siz tabiatni va atrof-muhitni asrash uchun nima qilishim kerak, deb o'ylaysiz?

Fan:Odobnoma

Sana:_______________

16. MAVZU:KONSTITUTSIYAMIZ BAXTIMIZ QOMUSI

DARSNING MA VZUSI;.DAVLATNI KIM BOSHQARADI?

Darsning maqsadi; ta'limiy; DTS talablari asosida dars o'tish. O'zbekiston Respublikasidagi Qonunu chiqaruvchi, Ijro etuvchi va Sud hokimyatlari haqida o'quvchilarga ma'lumot berish.

Tarbiyaviy: O'quvchilarni bilim olish bilan birga yuksak insoniy komillik mohiyatini tushunib amal qilishga o'rgatish.

Rivojlantiruvchi;o'quvchilarni mustaqil va jadal fikrlashga, hozirjavoblikka, aytilgan flkrning to'g'ri yoki noto'g'riligi haqida o'ylashga va o'z fikrini mustaqil va izchil isbotlashga o'rgatish.

1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling