Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni qo’l harakatlarini rivojlantirish. Qo’l panjalari va mayda muskullarni rivojlantirish, jismoniy qo’l harakati mashqlarini o’rgatish. TK5 orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiyena talablariga doimo rioya qilish.
Dars turi: Yangi tushuncha berish.
Metodi: Savol- javob, jamoa bilan ishlash,tushuntirish.
Jihozi: mavzuga oid rasmlar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) salomlashish
b) davomotni aniqlash
c) ma’naviyat daqiqasi
“ Kun tartibi” mavzusida suhbat o’tkazish.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O’quvchilar bilimlarini mustahkamlash maqsadida savol-javob o’tkazish. Yozuv daftarlarini nazorat qilish va rajbatlantirish.
III. Yangi mavzu bayoni
O’qituvchi; harflarni bosh shaklini yozishda belgilangan qiyalikda yozishga amal qiling. Har bir harfni yozishda qo’l harakatini burush yoki uzish kerakligini harflarni yozuv chizig;iga qanday jaylashishi va qanday yo’nalishini doskada tushuntirilishiga alohida e’tibor qarating.Harflarni strelka bo’ylab tasavvur oprqali mashq qiling. Bosh harflarni bir xil balandlikda yozishga harakat qiling. O’quvchilar topshiriqni yozuv daftarlariga mustaqil yozadilar. Ular ishlarini kuzatish. Pp tovushi va Pp harfiga oid bilimlarni takrorlash;
Yozuv daftarida berilgan shaklni strelka bo’ylab yozishni mashq qilish
Katta P harfi ikki unsurdan iborat bo’lib, qo’l harakatini uzib yozishni talab etadi. Bu harfning ikkinchi unsurning yozilishini ko’proq mashq qilish lozim. Katta P harfi kichik harflar bilan yordamchi ulash unsure orqali qo’l harakatini uzmasdan bog’lab yoziladi. Bosh P harfini bir necha qator yozib mashq qilish.
harflarni ulab yozishga tayyorlanish maqsadida o’rganilgan harflardan bo’g’in va so’z hosil qilib yozishni mashq qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |