Ta’limning milliy yo’naltirilganligi
Download 1.87 Mb.
|
Bazidiomitsetlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uy zamburug‘lari juda katta iqtisodiy zarar yetkazganligi uchun katta ahamiyat kasb etadi.
- E’TIBORINGIZ
Zamburug‘larning vegetativ qismi to‘la tuproqqa yashiringan yumshoq mitseliydan iborat bo‘lib, bir necha metrgacha tarqalgan bo‘ladi. Plastinkali zamburug‘larning meva tanasi oyoqchada joylashgan shlyapadan iborat, u esa zich taxlangan gifalardan tashkil topgan. Shlyapaning ostki tomonida radial plastinkalardan iborat va ularning har biri minglab bazidiya tutadi. Bazidiyalar havo bo‘shlotiga chiqariladi va shamol yordamida yerga tushadi. Shlyapali zamburug‘lar yetilganda bazidiyasporalarning juda katta miqdori ajraladi.
Dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida iste‘mol qilinadigan shampinyonlar, veshenoklar va boshqa zamburug‘larni sanoat miqyosida ko‘paytirish avj olmoqda. Fermentlarning chuqur sharoitida zamburug‘lar mitseliysini olish usullari ishlab chiqilmoqda.
Ko‘pchilik bo‘qoq zamburug‘lar binolarning yog‘ochli qismini tuproqqa yakin joylashgan yerlarini, omborlarni, bino yerto‘lalarini yog‘och qismlarini, bochkalarni va boshqa predmetlarni zararlaganligi uchun uy zamburug‘lari deb ham ataladi. Ularning orasida kuchli zarar yetkazgani uy zamburug‘idir. Yog‘och tez yumshaydi va chiriydi. Yuqori namlikda bu jarayon tez o‘tadi, chunki zamburug‘ mitseliysini daraxtning qismiga o‘tkazishga amalga oshiradigan uzun qayishlar hosil qiladi.
Uy zamburug‘lari juda katta iqtisodiy zarar yetkazganligi uchun katta ahamiyat kasb etadi.
E’TIBORINGIZE’TIBORINGIZUCHUNRAHMAT !Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling