Talis xalqaro baholash dasturi to‘g‘risida tushuncha. Talis xalqaro baholash dasturining tasnifi. Talis xalqaro baholash dasturining maqsadi


Download 70.5 Kb.
bet4/4
Sana08.11.2023
Hajmi70.5 Kb.
#1757945
1   2   3   4
Bog'liq
5.TALIS xalqaro baholash dasturi mazmun va mohiyati

Tadqiqotning maqsadi siyosiy qarorlar qabul qilish uchun foydali ma’lumotlar berish va maktab faoliyatining quyidagi asosiy jihatlarini tahlil qilishdir:
1. Maktab boshqaruvining roli va faoliyati.
2. O’qituvchilar ishini baholash va ularning fikr-mulohazalarini olish.__
3. O’qituvchilar malakasini oshirish.
4. Pedagogik amaliyotlar haqida o’qituvchilarning nuqtai nazari va munosabati.
Maktab samaradorligini ta’minlashda yetakchilik rolining ahamiyatiga qarab, TALIS maktab rahbariyatining rolini tahlil qilishni va direktorlarning o’qituvchilarga ko’rsatadigan yordamini o’z ichiga oladi. Samarali o’qituvchilarni ushlab turish, rag’batlantirish va takomillashtirish har qanday maktab tizimining ustuvor vazifalaridan biri bo’lgani uchun, loyiha o’qituvchilarning idrokini, o’qishini baholashni hamda ularning kasbiy talablarini, kasbiy rivojlanish ehtiyojlarini qondirish darajasini tahlil qilishga qaratilgan. Va nihoyat, TALIS o’qituvchilarning o’zaro pedagogik amaliyotlar haqida nuqtai nazarlari bilan tanishishga imkon beradi.
So’rovnomalar asosiy mavzulardan tashqari aloqador tahlil qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan boshqa mavzularni ham o’rganadi. Masalan, ―Maktab iqlimi, ―Ish vaqti, "Ish xursandchiligi" kabi so’rovnomalar bloklari mavjud.
TALIS tartibga soluvchi va ma’muriy ma’lumotlarni to’plamasligini unutmaslik kerak, lekin o’qituvchilar va maktab direktorlarining fikrlarini aks ettiradi, ular o’qituvchilar va maktab direktorlarining fikrlarini, nuqtai nazarlarini va maktablarning umumiy o’qitilishi va faoliyatiga oid o’z hisoblarini aks ettiradi. Bu esa TALIS orqali davlatlarda ta’lim sohasidagi zarur qarorlarni qabul qilish, o’qituvchilarni tayyorlash va ta’lim muassasalarini rivojlantirish uchun noyob va juda muhim axborot manbai bo’lib xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, mazkur Xalqaro baholash dasturlari Respublikamiz ta’lim tizimi mazmunini yangilash, innovatsion ta’lim muhitini yaratish, ta’lim sifatini oshirishni talab etadi va quyidagi qator vazifalarni amalga oshirishimiz zarur ekanligini ko’rsatadi
Birinchidan, Xalqaro baholash dasturlari PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS kabi talablari asosida o’qish, o’zbek tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar bo’yicha o’quv va nostandart adabtiv topshiriqlarni shakllantirish, o’quvchilarning mustaqil ish daftarlarini bosma shaklda va modulli-kredit texnologiyasi asosida elektron variantini tayyorlash, axborot texnologiyalari vositasida baholash mexanizmini takomillashtirishni taqazo etadi.
Ikkinchidan, xalqaro baholash tizimi TALIS talablari asosida pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligini aniqlash uchun kvalimetrik diagnostika anketa so’rovnomasini tayyorlash va online tizim vositasida aniqlash lozim bo’ladi. Uchinchidan, pedagog kadrlar tomonidan o’zining kasbiy kompetentligini mustaqil nazorat qilish va o’z o’zini baholash imkonini beradigan kvalimetrik diagnostika topshiriqlaridan iborat metodik va elektron resurslar ishlab chiqish zarurligini ko’rsatadi.
Download 70.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling