Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Ortiqcha to‘lovlar – to‘lovning byudjetga tushgan ortiqcha summasi. 
Odatda soliq to‘lovchining boshqa to‘lovlar bo‘yicha mavjud bo‘lgan 
boqimandalarini uzish uchun hisobga olinadi va bu to‘g‘rida unga ma’lum 
qilinadi yoki soliq organining qarori nusxasi va bankning tegishli ko‘chirmasi 
asosida 
soliq 
to‘lovchiga 
qaytariladi. 
Boshqa 
to‘lovlar 
bo‘yicha 
boqimandalari bo‘lmagan holda korxonaning ortiqcha to‘lovlari summasi 
uning yozma arizasiga ko‘ra to‘lov muddati etib kelmagan to‘lovlarni 
to‘lashga yo‘naltirilishi yoki uning o‘ziga qaytarilishi mumkin. Ortiqcha 
to‘lovlarning qaytarilishi soliq organlari tomonidan byudjet hisobidan 
amalga oshiriladi.

Patent - ma’lum bir huquq yoki imtiyoz beruvchi hujjat. Masalan, 
savdo yoki hunarmandchilik bilan shug‘ullanish huquqi. Amaldagi soliq 
qonunchiligiga muvofiq doimiy savdo nuqtalarida (joylarida) savdoni 
amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar savdo qilish huquqiga ega 
bo‘lish uchun vaqtinchalik patentni sotib oladilar. Patentda uning berilish 
muddati (patent amal qiladigan davr), savdo amalga oshiriladigan 
mahsulotlar guruhi va savdo qilish joyi o‘z aksini topgan bo‘lishi lozim. 
Parij klubi – dunyoning asosiy (bosh) kreditor-davlatlari guruhi. Agar 
biror-bir qarzdor mamlakat o‘z to‘lov balansini balanslashtirishda 
qiyinchilikka duch kelib, XVF yordamida o‘z iqtisodiyotini sog‘lomlashtirish 
dasturini amalga oshirishga kirishsa, Parij klubi qarzdor mamlakatning 
moliyaviy muammolarini hal etishda o‘z hissasini qo‘shadi. Buning uchun 
hamkorlikda o‘sha mamlakat bilan (birgalikda) bitim ishlab chiqiladi. Unga 
ko‘ra, uning tashqi qarzlarini qaytarish muddatlari uzaytiriladi. Masalan, 
Rossiya Parij klubi davlatlariga qarzining hajmi 40 mlrd. AQSh dollariga 
teng bo‘lgan bir paytda, 1996 yil aprelining oxirida Parijda Rossiyaning Parij 
klubi kreditorlariga bo‘lgan qarzini uzoq muddatli restrukturizatsiya qilish 
to‘g‘risida bitim imzolandi. Unga muvofiq ravishda Rossiya tomonidan 
qarzning qaytarilishi 2002 yildan boshlanishi va 2020 yilga kelib tugashi 
kerak. Bu narsa iqtisodiy krizisdan chiqqandan, iqtisodiyotda real o‘sish 
sodir bo‘lgandan so‘ng Rossiyaga Parij klubi kreditorlarining tashqi 
qarzlarini qaytarishga kirishishga imkon beradi. 
Penya 
– 
fuqarolik 
huquqida 
jazo 
choralari 
(jarima)ning 
ko‘rinishlaridan biri, qonun yoki shartnomaga muvofiq to‘lovlar muddatini 
buzganlik uchun undiriladigan moliyaviy jazoning shakli. Uning miqdori 


770 
qonunga ko‘ra to‘lovning har bir kechiktirilgan kuni uchun to‘lanishi lozim 
bo‘lgan summaga nisbatan foizda belgilanadi. Korxona tomonidan 
to‘langan penya summasi noishlab chiqarish xarajatlarining tarkibiga 
kiritiladi. 
Pensiya – qarilik, nogironlik, xizmat qilgan yillari uchun va 
boquvchisini yuqotganda fuqarolarni moddiy jihatdan ta’minlash uchun pul 
summalarining kafolatlangan har oylik to‘lovi. Uning quyidagi turlari bo‘lishi 
mumkin: qarilik pensiyasi; nogironlik pensiyasi, xizmat qilgan yillari uchun 
pensiya; boquvchisini yuqotganligi uchun pensiya; sotsial pensiya. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling