Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
QQ - likvidli qimmatli qog‘ozlar; DQ
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
QQ - likvidli qimmatli qog‘ozlar;
DQ - mobilizatsiya qilingan debitorlik qarzlari; M км - XYuSning qisqa muddatli majburiyatlari. XYuSning pul mablag‘lari va moddiy resurslarining pulli (qiymatiy) bahosi aralashadigan ko‘rsatkich joriy likvidlik koeffitsiyentidir (qoplash koeffitsiyenti). U quyidagicha hisoblanadi: K жл = (PM + MAM) : M км Bu yerda: K жл – joriy liklidlik koeffitsiyenti; PM – pullar va ularga tenglashtirilgan mablag‘lar (likvidli qimmatli qog‘ozlar va jalb qilingan debitorlik qarzlari); MAM – XYuS moddiy aylanma mablag‘larining qiymatiy bahosi; M км – XYuSning qisqa muddatli majburiyatlari. 238 ko‘rsatkichi (foydaning mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushumga nisbati) javob beradi. Bu nisbatdagi surat va maxraj pul mablag‘laridan iborat bo‘lganligi uchun sotuv rentabelligini, ayrim holatlarni istisno qilgan tarzda, sof moliyaviy ko‘rsatkich sifatida e’tirof etish mumkin. Shunday bo‘lishiga qaramasdan bu yerda yana bir narsani inobatga olmoq lozim, ya’ni samaradorlikning o‘lchovi sifatida yuqoridagi ko‘rsatkichning haqqoniylik darajasi juda ko‘p omillarga, xususan, tushum va foydani shakllantiruvchi bozor baholari monopol baholarni shakllantirishning salbiy ta’sirlaridan qanchalik ozod ekanligiga bog‘liq. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan barcha moliyaviy ko‘rsatkichlarda mazmun va shakl o‘rtasida dialektik qarama-qarshilikning mavjudligi namoyon bo‘ladiki, bu narsa bizning holat (vaziyat)da XYuSlar moliyasining (iqtisodiyot yaxlit moliyaviy sektorining ham) o‘z iqtisodiy asosidan, ishlab chiqarishdan ajralib chiqish (uzilish)ga va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mustaqil hayot kechirish imkoniyatini qo‘lga kiritishga intilishi orqali ifodalanadi. XYuSlar moliya-xo‘jalik faoliyatining samaradorligini tahlil qilish va baholashda moliyaviy ko‘rsatkichlar (masalan, tushum va foyda) moddiy aylanma mablag‘larning aylanuvchanligi, asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlarning fond qaytimi (sig‘imi) kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan birgalikda qaralsa, bu qarama- qarshilik, ma’lum darajada, pasayadi (kamayadi). Ana shu munosabat bilan eng umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlardan biri quyidagi formulaga muvofiq ravishda hisoblanadigan XYuSning iqtisodiy rentabelligi (biznesning rentabelligi) ko‘rsatkichidir: Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling