Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Soliq to‘lovchilarni hisobga olish (qayddan o‘tkazish)


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Soliq to‘lovchilarni hisobga olish (qayddan o‘tkazish) - ularni 
xo‘jalik yurituvchi subyektning identifikatsiyalashuvini ta’minlaydigan soliq 
to‘lovchining Davlat reestriga kiritish orqali amalga oshiriladi. Soliq 
to‘lovchilar majburiy ravishda soliq organlarida hisobdan (qayddan) o‘tishi 
shart. Bunda bank va boshqa kredit tashkilotlari soliq to‘lovchilar tomonidan 
ularning soliq organlarida hisobdan (qayddan) o‘tganligini tasdiqlovchi 
ma’lumotnomani taqdim etganlaridan so‘nggina ularga hisob-kitob va 
boshqa hisob varaqlarini ochishi hamda belgilangan muddat ichida ularga 
(soliq to‘lovchilarga) xabar berishi kerak. Ko‘rsatilgan talablar bajarilmagan 
holda bank va boshqa kredit tashkilotlarining rahbarlari belgilangan tartibda 
ma’muriy jazoga tortiladilar.
Soliq asosi, negizi (bazasi) – umumiy holda belgilangan soliqqa 
tortish davri mobaynida ma’lum hududdagi soliq to‘lovchilar va soliqqa 
tortish obyektlarining yig‘indisi. 
Soliq og‘irligi (yuki, “zulmi”) - davlat va jamiyat hayotida 
soliqlarning rolini xarakterlab (ko‘rsatib) beradigan eng umumlashgan 
ko‘rsatkich. Ishlab chiqarishning umumiy hajmi va daromadlarda soliq 
ajratmalarining salmog‘ini (hissasini) ko‘rsatuvchi, bozor iqtisodiyotining 
amalga oshirilayotgan modelidan kelib chiqadigan o‘lcham. Soliq 
yig‘imlarining jami milliy mahsulotga (yalpi ichki mahsulotga) nisbati bilan 
aniqlanadi.
Soliq imtiyozi - soliq to‘lovchi soliq majburiyatlari hajmining to‘liq yoki 
qisman qisqarishi, to‘lov muddatining kechiktirilishi yoki orqaga surilishi. 
Soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasi soliq imtiyozlari tizimi orqali 
amalga oshiriladi. Soliq imtiyozi soliqqa tortish obyektining o‘zgarishida, 
781 
Uning summasi mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish 
xarajatlarining tarkibiga kiritiladi.
To‘g‘ri (bevosita) soliqlar – daromad solig‘i, foyda solig‘i, resurs 
to‘lovlari, mol-mulk solig‘i va boshqalardan iborat bo‘lib, ularga egalik qilish 
va ulardan foydalanish soliqqa tortish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling