Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Moliyaviy salohiyat o‘sishining omillari
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
8.2. Moliyaviy salohiyat o‘sishining omillari
Mamlakat moliyaviy va investitsion tizimining asosini iqtisodiyot real sektori moliyasi tashkil etadi. Moddiy boylik ishlab chiqarish sohasida ishlab chiqarish samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi moliyaviy munosabatlar shakllanadi. 206 8-BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLAR 58 MOLIYASI – DAVLAT MOLIYAVIY SALOHIYATINING ASOSI 8.1. Davlatning moliyaviy salohiyati va uning xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi bilan o‘zaro bog‘liqligi Davlatning moliyaviy salohiyati bozor iqtisodiyoti subyektlari va aholining pul daromadlari va jamg‘armalari asosida shakllanib, bir-birlari bilan o‘zaro bog‘langan quyidagi bo‘g‘inlardan tashkil topadi: • respublika va mahalliy byudjetlar, byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlari byudjetlari; davlat kredit resurslari; davlat (unitar) xo‘jalik yurituvchi subyektlari (XYuSlari) va davlatning ishtirokidagi XYuSlar moliyasi. Davlatning moliyaviy salohiyati tarkibiga asosiy fondlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy aylanma mablag‘lar, uy-ro‘zg‘or mulklari, nomoddiy aktivlar qiymati – inson kapitali kiradigan moddiy kapital ko‘rinishidagi milliy boylik hajmini kiritish mumkin; • xususiy XYuSlar moliyaviy salohiyati. U aylanmadan tashqari aktivlar va aylanma aktivlarining yig‘indisidan tashkil topadi. Bu yerda aylanmadan tashqari aktivlar nomoddiy aktivlar, asosiy vositalar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy boyliklarga daromadli investitsiyalar, uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar (qo‘yilmalar), aylanmadan tashqaridagi boshqa aktivlardan iboratdir. Shuningdek, bu yerda aylanma aktivlarning tarkibiga zaxiralar, debitorlik qarzlari, qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar, pul mablag‘lari va boshqa aylanma aktivlar kiradi. XYuSlarning moliyaviy salohiyati ularning yangi qiymat yaratishdagi qobiliyatiga bog‘liq. Bir xil moliyaviy-iqtisodiy qudratga ega bo‘lgan XYuSlar bir-biridan tubdan farq qiluvchi moliyaviy natijalarga erishishi mumkin. Bu mol-mulkdan, ishlab chiqarish-texnologik jarayonlar va kadrlarni boshqarish samaradorligiga, menejment 58 Ushbu darslikda xo‘jalik yurituvchi subyektlar deyilganda, eng avvalo, korxonalar va xo‘jalik yuritishning qolgan barcha shakllari nazarda tutiladi. 195 • moliya sohasidagi qarashlar tizimi umumiqtisodiy nazariyaning ma’lum bir qismi hisoblanadi, ular moliya fanini boyitadi va rivojlantiradi; • moliyaviy konsepsiyalarning vujudga kelishi mamlakat makro- va mikroiqtisodiyotining talablariga javob reaksiyasidir yoki ma’lum hukmron ijtimoiy guruhlar buyurtmasining bajarilishidir (ijro etilishidir); • xorijiy olimlarning progressiv moliyaviy g‘oyalari iqtisodiy o‘sishning yetarli yuqori darajasini ta’minlab, insonning turli-tuman ehtiyojlarini qondirishda jamiyatga yordam beradi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling