Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar • Siyosiy iqtisod mumtoz olimlari konsepsiyalarining asosiy mazmuni nimalardan iborat? • Siyosiy iqtisod mumtoz olimlari qatoriga kimlar kiradi? • A.Smit soliqqa tortishni maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilishning qanday to‘rt asosiy tamoyillarini ifodalagan? • A.Smit mashhur asarining nomini bilasizmi? U qanday nomlangan? • A.Smitning soliq konsepsiyasi qanday maqsadga qaratilgan edi? • J.S.Mill “xizmatlarning soliq nazariyasi”ning asosiy g‘oyasini tushuntirib bering. • Yangi tarixiy maktab konsepsiyalarining vakillari kimlar? • A.Vagner tomonidan ishlab chiqilgan soliqqa tortishning to‘qqiz tamoyillari qanday guruhlarga birlashtirilgan? • Moliyaviy muammolar markschilar asarlarida qanday talqin qilingan? • Foydalilikning cheklanganligi nazariyasining moliyaviy jihatlari nimalardan iborat? • J.M.Keyns moliyaviy konsepsiyasining asosida qanday g‘oya yotadi va uning asosiy jihatlariga nimalar kiradi? • “Samarali talab”ga erishishning muhim omillarini aytib bering. • 1936-yilda nashr etilgan J.M.Keynsning mashhur asari qanday nomlangan? • J.M.Keynsning yetmayotgan talabni to‘ldirish formulasi nimalardan iborat va u qanday ko‘rinishga ega? • Neokeynschilarning qanday nazariyalari mavjud? • Iqtisodiy o‘sish nazariyasining asosiy mazmuni nimalardan iborat va uning ijodkorlari kimlar? • Fiskal antisiklik nazariyaning asosiy g‘oyasini aytib bering. • “Defitsitli moliyalashtirish” va “byudjetni siklik balanslashtirish” nazariyalarining asosiy xarakterli belgilari. 197 daromadlari ustidan haqiqiy nazoratni o‘rnatish, zebi-ziynat buyumlariga yuqori egri (bilvosita) soliqlarni joriy etish orqali soliq tizimini o‘zgartirish ko‘zda tutilgan edi. Amalda ana shu tadbirlarning barchasi, pul muomalasini barqarorlashtirish va soliq tizimini isloh qilishdan tashqari, Oktyabr davlat to‘ntarilishini amalga oshirish jarayonida va undan keyingi dastlabki yillarda sodir etildi. Keyingi yillarda V.I.Lenin tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy muammolarning tadqiqi, asosan, davlat oldida vujudga kelgan taktik vazifalar bilan bog‘liq edi. Moliyaviy nazorat, yangi moliyaviy apparatni yaratish, davlatning moliyaviy ahvolini mustahkamlash, pul islohotini o‘tkazish va keyingi bosqichlarda davlatning moliyaviy siyosatini amalga oshirish masalalari u tomonidan nisbatan faolroq ravishda ishlab chiqilgan. V.I.Lenin va XX asrning boshlaridagi boshqa markschi- olimlarning ishlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, ular tomonidan moliya hamda asosiy moliyaviy kategoriyalarning (soliqlar, byudjet, davlat krediti va boshqalar) roli va mazmuni yaxlit tarzda tadqiq etilmagan. Bu o‘rinda faqat davlatning moliyaviy xo‘jaligini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha xususiy masalalarning o‘rganilganligini qayd etib o‘tish kerak, xolos. Bularning barchasi Oktyabr davlat to‘ntarilishining dastlabki davrlarida moliyaviy masalalarni o‘rganish undan oldingi davrning iqtisodchilari (I. Yanjul, I. Ozerov, L. Xodskiy) va ularning izdoshlari (Ya. Torgulov, I. Kulisher, F. Menkov) asarlariga asoslanishiga olib keldi. Moliya fanining bunday ahvoli 1920- yillarning o‘rtalarigacha davom etdi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling