Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Rossiyalik iqtisodchilarning moliyaviy nazariyalari
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oktyabr davlat to‘ntarilishiga qadar olimlarning ishlarida moliya masalalari
- “jamoa ehtiyojlarini qondirish” nazariyasi
7.2. Rossiyalik iqtisodchilarning moliyaviy nazariyalari
56 Rossiyada moliya fani mustaqil voqelik sifatida XIX asrning boshlarida shakllana boshladi. Shu davrda moliya sohasiga oid birinchi yirik ilmiy ishlar paydo bo‘ldi. Rus moliya fanining boshlanishiga N.I.Tergenevning “Soliqlar nazariyalari tajribasi” asari (bu asar 1818-yilda nashr etilgan) asos soldi. Unda Rossiyada ilk marta soliqlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning davlat xo‘jaligi va mamlakatning butun iqtisodiyoti uchun ahamiyati o‘rganildi. Oktyabr davlat to‘ntarilishiga qadar olimlarning ishlarida moliya masalalari. Rossiya moliya fanining gullab-yashnashi XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga to‘g‘ri kelib, bu davrda rossiyalik iqtisodchilar va yuristlardan I.Yanjul, I.Ozerov, I.Kulisher, L.Xodskiy, V.Lebedev, S.Ilovayskiy va boshqalarning eng mashhur asarlari e’lon qilindi. Rossiyalik iqtisodchi olimlar moliya fanining ham nazariy va ham amaliy masalalarini ishlab chiqishdi. Nazariyada ular pragmatik yondashuvning vakillari hisoblanib, “jamoa ehtiyojlarini qondirish” nazariyasining tarafdorlari edilar. Bu narsa I.Ozerovning “Moliya fani asoslari” deb nomlangan darsligida yaqqol namoyon bo‘lgan edi. 56 O‘zbekistonda tayyorlangan darslikda rossiyalik iqtisodchilarning moliyaviy nazariyalarini o‘rganish masalasi ayrimlarning e’tirozlariga sabab bo‘lishi mumkin. Lekin, bizning fikrimizcha, X1X asrning 60-yillarida O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan ishg‘ol etilganligi, bu erda Qo‘qon xonligi, Buxoro amirligi va Xiva xonligi kabi kapitalistik emas, balki feodal davlatlarning mavjud bo‘lganligi, undan keyingi yillarda O‘zbekistonning sobiq SSSR tarkibida bo‘lganligi va bu holatlarning barchasi tegishli masalalarga (shu jumladan, moliya sohasidagi nazariyalarning yaratilishiga ham) o‘z ta’sirini ko‘rsatganligini xolisona tan olishimiz kerak. Shu sabablarga ko‘ra, mazkur darslikda rossiyalik moliyachilarning fanga qo‘shgan hissalari haqida qisqacha ma’lumot berishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. 196 Davlat moliyasini tadqiq qilish shu davrdagi olimlarning ishlarida asosiy o‘rinni egallagan edi. Ta’kidlash joizki, bu davrda e’lon qilingan ishlarda xususiy xo‘jalik moliyasi to‘g‘risida masalalar, hatto biror marta ham, esga olinmagan. Bir vaqtning o‘zida, davlat daromadlariga oid masalalar: daromadlar tizimi, turli davlatlarda ularning rivojlanishi, soliqlarni byudjetga undirish shakllari va tartiblari, shu jarayonlar ustidan davlat tomonidan amalga oshirilgan nazorat, byudjet defitsitini qoplash manbalari, davlat kreditining rivojlanishi kabi masalalar tadqiq qilingan. Oktyabr davlat to‘ntarilishiga qadar moliyachilar tomonidan o‘rganilgan masalalarning boshqa bir yo‘nalishi byudjet va mahalliy byudjetlar bilan bog‘langan. Ularda markaziy byudjet va mahalliy byudjetlarning tuzilish masalalari va byudjet jarayoniga tegishli bo‘lgan boshqa masalalar ko‘rib chiqilgan. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling