Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
F
р - realizatsiya omilining ta’siri ostida foydaning o‘zgarishi; ∆
ас - realizatsiya qilingan mahsulot assorti- mentining o‘zgarishi natijasida foydaning o‘zgarishi. Albatta, foydaning miqdoriga XYuSning soliq siyosati ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, chunki odatda, barcha soliqlar tovar bahosining tarkibiga kiritiladi. Soliqlarning miqdori, ayrim hollarda, bahoning darajasini aniqlashga va demak, talabga ham hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, soliqlar XYuSning sof foydasiga ham bevosita ta’sir qiladi, chunki sof foyda balans (umumiy) foyda va uning byudjetga to‘langan qismi o‘rtasidagi farq sifatida hisoblanadi. Hozirgi sharoitda iloji boricha XYuSlar foydasining asosiy qismi byudjetga olinmasligi va XYuSning ixtiyoriga qoladigan sof foyda uning rivojlanishini moliyalashtirish uchun yetarli bo‘lmog‘i lozim. Bu, eng avvalo, investitsiyalarga tegishli bo‘lib, amal (harakat)dagi XYuSlarda ularning manbai sof foydadir. XYuSlarda sof foyda bo‘yicha sotuvning rentabelligi (sof foydaning realizatsiya hajmiga nisbati) yuqori bo‘lib, ularning sog‘lom faoliyatini ta’minlashga yetarli bo‘lishi kerak. Moliyaviy isloh qilish jarayonida XYuS faoliyat ko‘rsatishning quyidagi parametrlariga chiqishga harakat qilmog‘i lozimki, ular XYuS ishining moliyaviy barqarorligi va balansi tarkibiy tuzilmasining ijobiyligidan darak beradi: - to‘lovga qobillik koeffitsiyenti - ≥ 1; - joriy likvidlik koeffitsiyenti - ≥ 2; - aylanma aktivlarning o‘z aylanma mablag‘- lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti - ≥ 0,1; - absolyut likvidlik koeffitsiyenti - ≥ 0,2; - zaxira va xarajatlarning hajmi (o‘lchami) ularni qoplash manbalaridan kichik yoki ularga teng ( ≤ ) bo‘lishi kerak. XYuS faoliyatini zarar (ziyon)siz va tanazzulsiz bo‘lishini ta’minlash uchun kompaniya ishtirokchilari va moliyaviy menejment tomonidan bu ko‘rsatkichlar doimiy ravishda monitoring qilib borilishi va zarur bo‘lgan hollarda ularning darajasi o‘z vaqtida o‘zgartirilishi lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling