Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
-BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
10-BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING MOLIYAVIY RESURSLARI 10.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslari va kapitali XYuSlarning moliyaviy resurslari ular umumiy resurslarining pul shaklida harakat qiladigan bir qismi hisoblanadi. Resurslarning pul shaklida amal qilishi moliyaviy resurslar mohiyatan tavsifining ajralmas qismi hisoblanib, bu narsa ularni XYuSning boshqa resurslari ko‘rinishlaridan, xususan, ishlab chiqarish vositalari (dastgohlar, mashinalar, xomashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan binolar va shunga o‘xshashlar)dan farq qiladi. Buni inobatga olgan holda XYuS vositalarining “pul shakli” va “pul qiymati” tushunchalarini farqlamoq lozim. “XYuS vositalarining pul qiymati” tushunchasi, odatda, pul mablag‘larining o‘zini emas, balki turli maqsadlar uchun mo‘ljallangan vositalar va fondlar (masalan, asosiy fondlar)ning qiymat jihatidan baholanishini anglatadi. Pulga sotib olinganligiga qaramasdan ishlab chiqarish vositalari (yuqorida qayd etilgan dastgohlar, mashinalar, xomashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan binolar va shunga o‘xshashlar) haqiqatda pul emas va pul hisoblanmaydi. Ishlab chiqarish fondlarini qaytadan pul shakliga aylantirish uchun, avvalo, ularni sotish kerak. Bu holda esa, o‘z navbatida, mol-mulkning balansda aks ettirilgan qiymat jihatidan baholari emas, balki amaldagi bozor baholari harakat (ish)ga tushadi. Moliyaviy qiyinchiliklar va bankrotlik xavfi ostida vujudga keladigan bunday vaziyatlar XYuSni yomon oqibatlarga, xususan, mablag‘lar va resurslarni yo‘qotib qo‘yishiga olib kelishi mumkin. Holbuki, xalqaro amaliyotdagi ma’lumotlarga ko‘ra, bankrotga uchragan XYuS tugatilayotgan paytda unga tegishli bo‘lgan aktivlar qiymatining 40%dan ortiq bo‘lmagan qismini olishga muvaffaq bo‘lish mumkin, xolos. Shu munosabat bilan hatto, sog‘lom bozor aylanmasida, ya’ni talabga ega bo‘lgan tayyor mahsulot realizatsiya qilinganda ham u faqat sotilganidan so‘ng pul mablag‘iga aylanadi. 233 Ishlab chiqarish jarayonini yangidan boshlash va rivoj- lantirishga mo‘ljallangan XYuSning moliyaviy resurslari bu pul shaklidagi uning kapitalidir. Mehnat vositalari, predmetlari va natijalariga aylangan moddiy-buyumlashgan kapital, ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining jismoniy va intellektual qobiliyatlaridan iborat bo‘lgan inson kapitali kapital mavjudligi va harakatining boshqa pulsiz shakllari hisoblanadi. Prinsip jihatidan, takror ishlab chiqarish jarayonining doiraviy aylanishiga kiritilgan va uning egasiga daromad keltiruvchi har qanday mulkiy va intellektual boylik kapital bo‘lishi mumkin. Tijoriy XYuSlarning moliyaviy resurslari dastlab (birlamchi holda) ular ta’sis kapitalining bir qismini pul shaklida qo‘yish va, shuningdek, boshqa shaxslar va tashkilotlardan maqsadli moliyalashtirish va subsidiyalar ko‘rinishida kelib tushgan pul mablag‘lari qismi hisobidan shakllantiriladi. Ta’sis kapitalining pul shaklida bo‘lmagan qismi (sanoat va intellektual mulk obyektlari, ulardan foydalanish huquqlari va boshqalar) esa, xuddi maqsadli tushilmalar singari, agar ular pul ko‘rinishida qo‘yilmagan bo‘lsa, ularni XYuSning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq emas. Dastlabki (birlamchi) kapitalning ishlab chiqarishga investitsiya qilinishi tovar-pul doiraviy aylanishi jarayonining kengayishini boshlab beradi. Uning pul shaklidagi yakuni (natijasi) sifatida XYuSning tushumi maydonga chiqadi. O‘z navbatida, tushum xarajatlarni moliyalashtirish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini davom etttirishni ta’minlovchi bir necha pul mablag‘lari fondlariga bo‘linadi. Umumiy tarzda, formula orqali buni quyidagicha ifodalash mumkin: Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling