Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

F
их
- ish haqi fondi;
F
ф
 - tovarlarni sotishdan olingan foyda
(soliqlar to‘languncha va foydadan boshqa
to‘lanmalar amalga oshirilguncha).
Ayrim iqtisodchi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida moddiy 
xarajatlar va mehnat haqini moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan 
pul 
mablag‘lari 
XYuSning 
moliyaviy 
resurslari 
tarkibiga 
kiritilmaydi. Ularning ayrimlari tomonidan esa XYuSning moliyaviy 
resurslari tarkibiga hatto pulli tushum ham kiritilmayotir. Bunday 
yondashuvlarning noto‘g‘ri ekanligi shubhasiz. 
Xorijiy davlatlarda pul tushumi yalpi daromad tarzida talqil 
qilinadi. Bu narsa XYuS moliyaviy resurslari fondini shakllantirish 
va qayta yangilashda tushumning umumlashtirilgan ahamiyatini 
o‘zida aniqroq aks ettiradi. Moddiy xarajatlarni moliyalashtirish 
uchun mo‘ljallangan pul tushumlarining bir qismi, XYuSning real 
moliyaviy resursi mol yetkazib beruvchilar va kontragentlarning 
hisobvaraqlariga o‘tkazilmasdan uning aylanmasida bo‘lgan 
paytda, unga qo‘shimcha daromad keltiradi. 
O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning 
dastlabki yillarida XYuSlarnig bir-birlariga o‘zaro mol yetkazib 
berish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mablag‘larni o‘z vaqtida 
to‘lamaslik holatlari avj olib ketdi. Inflyatsiya darajasi o‘ta yuqori 
bo‘lganligi uchun o‘sha davrlarda bank kreditlari stavkasining 
100% dan ham baland bo‘lganligi holatida sotib olgan 
mahsulotning pulini o‘z vaqtida to‘lamaslik shu XYuS ga 
noqonuniy, lekin qo‘shimcha daromad manbai bo‘lib xizmat qildi. 
Shunday holatlar ish haqini o‘z vaqtida to‘lamaslik tufayli ham yuz 
berdi. Xodimlarga, ishchi va xizmatchilarga bir necha oylab oylik 
maoshlarni berishning kechiktirilganligi (orqaga surilganligi) ba’zi 
bir “tadbirkor” va “bankir”larning tekinga boyish manbalaridan 
biriga aylandi, chunki o‘z vaqtida to‘lanmagan ish haqi mablag‘lari 
ularning ixtiyorida bo‘lib, ulardan vaqtincha boshqa maqsadlarda 
foydalanishlari mumkin edi. 
Amortizatsiya 
ajratmalari 
fondi 
XYuSlar 
moliyaviy 
resurslarining tarkibiy tuzilmasida muhim rol o‘ynaydi. Chunki 
bunday ajratmalar pul tushumlaridan qancha ajratilganligi va 
ularning XYuS tegishli hisobvaraqlarida joylashganligiga qarab 
XYuSlarning real moliyaviy resurslari bo‘lib hisoblanadi. 
231 
• XYuSni moliyaviy isloh qilish dasturini tuzish jarayonida 
qanday tadbirlar belgilanadi va ulardan qanday samara olinishi 
ko‘zda tutiladi? 
• XYuSni moliyaviy isloh qilish rejasining barcha bo‘linmalari 
nimalarga muvofiqlashtirilishi kerak? 
• Ishlab chiqarish-iqtisodiy va moliyaviy faoliyatning rezerlari 
nimalardan iborat? 
• Moliyaviy rezervlarni qidirib topishning asosiy usulini ayting. 
• Moliyaviy rezervlarni shakllantirish omillari tizimi qanday 
guruhlarga bo‘linadi? 
• Moliyaviy, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalaridagi eng 
muhim rezerv nimadan iborat? 
• XYuS moliyaviy barqarorligining ichki va tashqi rezervlari 
qanday omillarga bog‘liq bo‘ladi? 
• Aktivlarning rentabelligi qanday aniqlanadi? 
• Fond qaytimi ko‘rsatkichining aniqlanish tartibi qanday va u 
nimaga tavsifnoma beradi? 
• Kapitalning faollik koeffitsiyenti qanday aniqlanadi? 
• Aylanma mablag‘larning nisbiy ozod bo‘lishi nimani 
xarakterlaydi va uni qanday aniqlash mumkin? 
• Moliyaviy leverij deb nimaga aytiladi va u qanday 
aniqlanadi?
• Moliyaviy leverij samarasini olish va uni taqsim 
• lashning umumiy ko‘rinishi qanday? 
• To‘lovga qobillik koeffitsiyentining aniqlanish tartibi qanday 
va u nimani xarakterlaydi? 
• XYuSni bankrot deb e’lon qilmaslik uchun qanday omillarga 
alohida e’tibor qaratmoq lozim?
• Har bir guruh omillari hisobidan foyda miqdori o‘zgarishining 
hisob-kitobi qanday tarzda amalga oshirilishi kerak? 
• Tannarx, baho, realizatsiya, realizatsiya qilingan mahsulot 
assortimenti omillarining ta’siri ostida foydaning o‘zgarishi qanday 
aniqlanadi? 
• Moliyaviy isloh qilish jarayonida XYuS faoliyat ko‘rsatishning 
qanday parametrlariga chiqishga harakat qilishi kerak? 


232 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling