Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
• Bozor iqtisodiyotida XYuSlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning umumiy modeli qanday ko‘rinishga ega? • Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida XYuSlarni moliyaviy isloh qilishning asosiy vazifalari nimalardan iborat? • XYuSlar, firmalar va korporatsiyalarni moliyaviy isloh qilishda kapitalizatsiya jarayoni qanday rol o‘ynaydi? • Kapitallashtirishning asosiy manbaini aytib bering. • Sof foydani kapitallashtirish koeffitsiyenti qanday aniqlanadi? • Aktivlarni kapitallashtirish koeffitsiyentining aniqlanish tartibi qanday? • Kapitallashtirish jarayoni nimalarga asoslanishi kerak? • Nega XYuSlar tomonidan moliyaviy isloh qilish dasturini ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq? • Moliyaviy isloh qilish dasturi nimalarni ko‘zda tutadi? • Moliyaviy boshqaruvning yaxlit samarali tizimini shakllantirish qanday shartlar asosida amalga oshirilishi mumkin? • XYuS, firma va korporatsiyalarni moliyaviy isloh qilinish samaradorligini baholashning asosiy ko‘rsatkichi nima va uni qanday aniqlash mumkin? • Dyupon formulasining ko‘rinishi qanday va uning yordamida nimani hisoblash mumkin? • Aktivlar qancha ko‘p aylansa, ularning rentabelligi qanday o‘zgaradi? • Bir so‘mlik o‘z kapitaliga to‘g‘ri keluvchi aktivlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, rentabellik darajasi shuncha yuqori bo‘ladi, degan tasdiq to‘g‘rimi? • Qanday ko‘rsatkich XYuSning moliyaviy faolligini, uning aylanma (aktivlar) kapitalning qo‘shimcha manbalarini jalb qilish borasidagi mahoratini aks ettiradi? • XYuS aktivlarining takror ishlab chiqarishdagi rolini baholash uchun qanday koeffitsiyentdan foydalanish maqsadga muvofiq? • Xo‘jalik faolligi koeffitsiyenti qanday aniqlanadi va u nimani ifodalaydi? • Kapitalning optimal (oqilona) tarkibiy tuzilishi koeffitsiyenti qanday aniqlanadi? 235 Ishlab chiqarishning rivojlanishi va tovar hamda moliya bozorlarida XYuS faoliyatining faollashuvi natijasida uning moliyaviy resurslari tarkibiy tuzilmasida foyda hal qiluvchi o‘rinni egallay boshlaydi. Foyda XYuS o‘z mablag‘larining asosiy manbai bo‘lib, ishlab chiqarish apparatining yangilanishini, sifatning yaxshilanishini, chiqarilayotgan mahsulot assortimentining kengayishini va h.k.larni ta’minlaydi. Foyda hisobidan XYuSning rezerv fondlari, maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan fondlar tashkil etiladi. Foyda massasi va normasi, uning xarajatlarga nisbati XYuSning kreditga layoqatligini va uning qarz mablag‘larni jalb qilish imkoniyatini, uzoq va qisqa muddatli kreditlarni olishni aniqlab beradigan muhim indikatorlardir. Qarz mablag‘larning XYuS o‘z mablag‘lariga nisbati 1/3 va undan katta darajaga etib, uning to‘lovga layoqatligiga kreditorlariga ham, hamkorlariga ham shubha tug‘dirmasligi mumkin. Tijorat XYuSlarning moliyaviy resurslari quyidagi manbalardan tashkil topadi: • mahsulot sotishdan tushum hisobidan shakllanadigan moliyaviy resurslar (foyda; amortizatsiya ajratmalari fondi; ish haqi fondi; moddiy xarajatlarni tiklash fondi); • ishlab chiqarilgan mahsulotga bog‘liq bo‘lmagan sotishdan keladigan tushumlar (mol-mulk; asosiy faoliyatga daxldor bo‘lmagan xizmatlar va boshqalar) hisobidan olinadigan moliyaviy resurslar; • moliyaviy bozorda shakllanadigan moliyaviy resurslar (kreditlar va zayomlar; o‘z aksiyalari va qimmatli qog‘ozlarning boshqa ko‘rinishlarini sotish; boshqa emitentlarning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha dividendlar va foizlar; sug‘urta qoplamalari va boshqalar); • kreditorlik qarzlari hisobidan tashkil topadigan moliyaviy resurslar (mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga; mehnat haqi bo‘yicha; sotsial sug‘urtaga doir; byudjet oldidagi va boshqalar); • badallar va maqsadli xarakterdagi tushilmalar hisobidan shakllantiriladigan moliyaviy resurslar (boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslardan tushilmalar, byudjet subsidiyalari va h.k.). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling