Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik


Nima sababdan plastik kartochkalarni muomalaga kiritishdan ilgari


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/23
Sana24.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1394486
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
Tanqidiy tahlil

Nima sababdan plastik kartochkalarni muomalaga kiritishdan ilgari 
barcha mexanizmlar puxta ishlab chiqilmagan? Nima uchun ko‘plab 
tashkilotlar, eng avvalo, byudjet tashkilotlari xodimlari – o‘qituvchilar, 
vrachlar, xizmatchilar va hatto pensionerlar, ayrim amaldorlarning 
qo‘shtirnoq 
ichidagi 
«yangilik»laridan 
qiynalishi 
kerak?
 
Albatta, Davlat byudjeti o‘lchovsiz emas, mablag‘larni qattiq tejash
belgilangan maqsad uchun va oqilona ishlatishni ta’minlash zarur. Bu – 
hammaga 
ravshan 
va 
rad 
etib 
bo‘lmaydigan 
haqiqat.  
Shunday ekan, nima uchun G‘aznachilik va Nazorat-taftish boshqarmasining 
apparatlari haddan tashqari kengayib ketgan? Ularda jami 4 ming nafar xodim 
ishlaydi va ularning xarajatiga yiliga 90 milliard so‘m davlat mablag‘i 
sarflanadi. Ana shu tuzilmalar rahbar va xodimlari shunday tasavvur bilan 
yashamoqdaki, ularning vazifasi go‘yo faqatgina nazorat qilish va 
boshqalarni 
jazolashdir.  
Lekin faqat qamchi va qilich bilan ijobiy natijalarga erishib 
bo‘ladimi? Bu – nafaqat xato fikr, balki chuqur yanglishish, deb hisoblayman. 
Bu 
borada 
profilaktika 
ishlarini 
kim 
samarali 
olib 
boradi?
O‘tgan yilning o‘zida 22 mingta tashkilotda jami 200 milliard so‘mlik 
o‘zlashtirish va mablag‘larni boshqa maqsadlar uchun sarflash holatlari 
aniqlangan. Ularning asosiy qismi ijtimoiy soha tashkilotlariga to‘g‘ri keladi. 
Ana shu kamchiliklarni bartaraf etish tegishli vazirliklar rahbarlari bilan birga 


moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan J.Qo‘chqorovning faol 
ish 
yo‘nalishi 
bo‘lib 
qolishi 
kerak.
Hisob palatasi (Q.Akmalov)dan bir oy muddatda Davlat byudjeti 
mablag‘larining nafaqat samarali va maqsadli ishlatilishini har taraflama 
o‘rganishni, balki, birinchidan, rahbarlarning shaxsiy javobgarligi choralari 
bo‘yicha, ikkinchidan, allaqachon vaqti kelgan masalalarni hal etishga doir 
takliflarni 
kiritishni 
so‘rayman.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling