Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/23
Sana24.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1394486
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Tanqidiy tahlil

chiqadi.  
Hisobot beruvchi Bosh vazir o‘rinbosarlari, tarmoqlar rahbarlari va 
hokimlardan, shuningdek, majlisda ishtirok etayotgan barcha mutasaddi 
shaxslardan asosiy e’tiborni quyidagi savollarga qaratishni so‘rayman:
birinchi – har biringiz kamchilik va muammolarni bartaraf etish uchun qanday 
aniq 
choralarni 
ko‘rasiz?
ikkinchi – iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, 
mamlakatimiz hududlarini rivojlantirish bo‘yicha qaysi eng muhim 
ko‘rsatkichlarni joriy yil birinchi choragi va birinchi yarim yilligida bajarish 
uchun 
nima 
qilish 
kerak?
Yana bir bor ta’kidlamoqchiman: bizga nazariy va umumiy fikrlar emas, ana 
shu 
ikkita 
savolga 
aniq 
va 
lo‘nda 
javob 
kerak.
* * * 
Bo‘lib o‘tgan muhokamalardan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev majlisga yakun yasab, quyidagi fikrlarni ta’kidladi.


– Aziz do‘stlar, hozir sizlar bilan belgilab olgan maqsad va vazifalarga erishish 
uchun ishimizni yangicha asosda tashkil etib, har birimiz o‘z joyimizda 
mas’uliyatni chuqur his qilib, qattiq ish olib borishimiz kerak. Bugungi 
majlisda bildirilgan barcha tahliliy va tanqidiy fikrlar ertangi kun uchun, yangi 
marralarni egallashimiz uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Hammamizga bir haqiqat ravshan bo‘lishi lozim: biz mavjud rivojlanish 
sur’atlari bilan o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak maqsadlarga erisha olmaymiz. 
Bugun zamon o‘zgarmoqda, uning talabi, oldimizga qo‘yayotgan vazifalari 
tobora ortib bormoqda. Mana shunday murakkab sharoitda “Sen – menga 
tegma, men – senga tegmayman” degan kayfiyat bilan ishlashning vaqti o‘tdi. 
Biz “vaziyat yomon, vaziyat og‘ir” deb bahona qidirishga o‘rganib qolganmiz. 
Lekin shu vaziyatni kim o‘zgartiradi, kim izga soladi, degan savolni, keling, 
o‘zimizga beraylik. Vaziyatni o‘zimiz, o‘z aql-zakovatimiz, mehnatimiz bilan 
o‘zgartirmasak, hech kim chetdan kelib bu ishni biz uchun qilib bermaydi.
Bugun bu majlisda hamma narsa o‘z nomi bilan aytilib, iqtisodiyotimizdagi 
mavjud ahvol xolis tahlil qilindi, kelgusi rejalar belgilab olindi.
Eng muhim vazifamiz – mamlakatimizda tinchlik va farovonlikni 
mustahkamlash, odamlarni, xalqimizni hayotdan rozi qilishdan iborat. Buning 
uchun el-yurtimiz avvalo biz – rahbarlarning faoliyatidan rozi bo‘lishi kerak. 
Buning uchun har bir rahbar o‘z aravasini o‘zi tortishi, o‘z sohasidagi 
ishlarning ahvoli uchun o‘zi shaxsan javob berishi kerak. Shundan keyin 
jamiyatimizda 
o‘zgarish 
bo‘ladi, 
rivojlanish 
bo‘ladi.
O‘tgan yili dekabr oyida bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi xalqimizning ertangi 
kunga, kelajakka bo‘lgan ishonchini ko‘rsatdi. Endi biz ana shu yuksak 
ishonchni amaliy ishlar bilan oqlashimiz shart. Shuning uchun ham hammamiz 
xulosa qilaylik: jonajon Vatanimiz, olijanob xalqimizning ishonchini 
qozonish, uning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish uchun faqat tinimsiz 
mehnat, izlanish va tashabbus ko‘rsatib yashash kerak. Odamlar buni kundalik 
hayotda 
sezishi, 
ko‘rishi 
zarur.
Xalqimizda “Do‘st achitib gapiradi” degan maqol bor. Biz bir-birimizga 
nisbatan aytilgan tanqidiy gaplarni albatta to‘g‘ri tushunamiz, deb o‘ylayman.
Hammamizga ma’lum, o‘tgan yil biz uchun oson bo‘lmadi. Juda og‘ir 
qiyinchilik va musibatlarni boshimizdan o‘tkazdik. Lekin bu sinovlardan 
munosib 
o‘tdik.


Xudoga shukr, mana, 2017-yil yomon kelmayapti. Tog‘larda qor mo‘l, “obi 
rahmat” – yomg‘irlar yog‘ib turibdi. Bu – qishloq xo‘jaligi, dehqon va 
fermerlarimiz 
uchun 
qut-baraka, 
mo‘l 
hosil 
degani.
Mana shunday imkoniyatlardan samarali foydalanib, zamon talabini his 
etmasdan, eskicha ishlashga endi hech birimizning haqqimiz yo‘q. Xalqimiz 
bugun katta orzu-umidlar bilan yashayapti. Bu orzu-umidlarni kim amalga 
oshiradi? Avvalo, mana shu zalda o‘tirgan rahbarlar, mutasaddi va 
mutaxassislar, navqiron yoshlarimiz. Buning uchun bizda kuch va imkoniyat, 
bilim va salohiyat ham, qat’iy iroda, intilish va azmu shijoat ham yetarli.
Shu yo‘lda barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, yangi yutuqlar 
tilayman. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling