Ikkinchi – hamma sohada aniq tartib va qattiq intizomni ta’minlashimiz
darkor. Yana bir bor ta’kidlayman, ishni birgalikda bajaramiz, natija
uchun
esa
har
birimiz
shaxsan
javob
beramiz.
Uchinchi talab – qatorlarimiz va kadrlarimizning sofligini ta’minlash,
ishdagi har qanday salbiy holatlarning oldini olish va bunday illatlarning
ildizini
quritish.
O‘tgan yili ishdagi jiddiy kamchiliklar va shaxsiy mas’uliyatsizligi uchun oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vazirini, «O‘zstandart»
agentligi, «O‘zbekenergo»
aksiyadorlik
jamiyati,
«O‘zagrosanoatmash-xolding»
kompaniyasi,
«Asakabank» va boshqa bir qator boshqaruv organlari va tashkilotlar
rahbarlarini
lavozimidan
ozod
etdik.
Aynan ana shu sabablarga ko‘ra Buxoro, Jizzax,
Surxondaryo, Sirdaryo va
Toshkent
viloyatlari, shuningdek, bir qator
shahar va tuman hokimlari
lavozimidan
ozod
qilindi.
Bularning barchasi davr talabi. Bu talab iqtisodiyot va ayniqsa,
ijtimoiy
sohaning, shuningdek, aholining muhim muammolarini
bir oy yoki bir yildan
keyin emas, balki shu bugun, hozirning o‘zida yechish zaruratidan kelib
Do'stlaringiz bilan baham: