Kosonsoy, Angor, Muzrabot, Qiziriq, Sherobod,
Quyichirchiq, Qo‘shtepa
tumanlarida paxta sotish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari 60-65 foiz
darajasida qolib ketgan. Zarbdor, Paxtakor, Arnasoy, Mirzaobod, Xovos,
Sardoba, Guliston, Chust va Bekobod tumanlarida davlat zaxirasi uchun g‘alla
yetkazib
berish
majburiyatlari
bajarilmagan.
Ana shu faktlarning har biri bo‘yicha majlis bayonida prinsipial va qat’iy
baho
berish
zarur.
2017-yilda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, kompaniyalar va boshqa
idoralar, shuningdek, barcha bo‘g‘indagi hokimliklar quyidagi strategik
muhim
vazifalarni
amalga
oshirishi
shart:
birinchi – ekin maydonlari va ekinlar tarkibini optimallashtirish, ilg‘or
agrotexnologiyalarni joriy etish
va hosildorlikni oshirish, meva-sabzavot va
uzum
yetishtirishni
ko‘paytirish;
ikkinchi –
fermer
xo‘jaliklarining
moliyaviy-iqtisodiy
holatini
mustahkamlash. Oxirgi 10-yil mobaynida mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash
materiallari va urug‘lik narxining o‘sishi bilan paxta xomashyosi va g‘allani
xarid qilish narxlari o‘sishi o‘rtasida keskin farq borligi kuzatilmoqda;
uchinchi –
o‘tgan yillarda Moliya vazirligi va uning huzuridagi
Do'stlaringiz bilan baham: