Tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda shaxsan o‘zim shunga
qattiq ishonch hosil qildimki, bunday savollarni berishga ularning to‘liq
va
qonuniy
huquqi
bor.
Bu huquqni ular turli ma’lumotnoma, ruxsatnoma va sertifikatlar, kredit
olishda necha kunlar navbatda turish, noqonuniy tekshiruvlar, boy
berilgan iqtisodiy va moliyaviy foyda hisobidan qo‘lga kiritgan.
Shu bilan birga, tadbirkorlarning ko‘pchiligi haqiqiy fuqarolik
pozitsiyasida turib, yetim bolalar va nochor oilalarga, mahallalar va
ijtimoiy
soha
muassasalariga
beg‘araz
yordam
bermoqda.
Buning evaziga ular nima olyapti? Birinchisi – faqat qo‘rquv, yana
tekshirishni va siquvga olishni boshlashadi, erkin mehnat qilishga,
oilamni, bola-chaqamni boqishga yana imkoniyat bermaydi, degan
qo‘rquv. Shu sababli ular o‘z ishida kamchiligi va qonunbuzarlik holati
bo‘lmasa ham turli darajadagi amaldorlar bilan «kelishib olishga»
majbur
bo‘lmoqda.
O‘ylaymanki, bularning barchasidan siz, Rustam Sodiqovich, tanqidiy
xulosa chiqarasiz va joriy yil yakuni bo‘yicha hukumat majlisida real
natijalar
bilan
hisobot
berasiz.
Hurmatli
do‘stlar!
2016-yilda qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni va tarkibiy
o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha tizimli ishlar davom
ettirildi.
Shu bilan birga, 2016-yil uchun belgilangan prognoz ko‘rsatkichlar va
ustuvor vazifalarni bajarishni ta’minlamagan ayrim rahbarlarga bugun
Do'stlaringiz bilan baham: |